Milliy iqtisodiyotda iqtisodiy rivojlanish qiyin aniqlanadigan jarayon bo‘lganligi sababli uning mezonlaridan biri bo‘lgan iqtisodiy o‘sish ko‘proq tahlil qilinadi.
Iqtisodiy o‘sish bevosita yalpi ichki mahsulot mutlaq hajmining va aholijon boshiga to‘g‘ri keladigan miqdorining o‘sishi, sifatining yaxshilanishi vatarkibining takomillashuvidaifodalanadi. Iqtisodiy o‘sishni YaIM mutlaq hajmining ortishi orqali yoki aholi jon boshiga real YaIM miqdorining ortishi orqali o‘lchash buning qanday maqsadda amalga oshirilayotganiga bog‘liq bo‘ladi. Odatda biron bir mamlakat iqtisodiy o‘sishini YaIM mutlaq hajmining ortishi orqali o‘lchash uning iqtisodiy salohiyatini baholashda, aholi jon boshiga real YaIM miqdorining ortishi orqali o‘lchash esa mamlakatdagi aholi turmush darajasini taqqoslashda qo‘llaniladi.
Mamlakatning iqtisodiy o‘sish sur’atini tavsiflaydigan mazkur ko‘rsatkichlar (real YaIM va aholi jon boshiga real YaIMning o‘sishi) miqdoriy ko‘rsatkichlar bo‘lib, ular birinchidan, mahsulot sifatining oshishini to‘liq hisobga olmaydi va shu sababli farovonlikning haqiqiy o‘sishini to‘liq tavsiflab bera olmaydi; ikkinchidan, real YaIM va aholi jon boshiga YaIMning o‘sishi bo‘sh vaqtning sezilarli ko‘payishini aks ettirmaydi va farovonlik real darajasining pasaytirib ko‘rsatilishiga olib keladi; uchinchidan, iqtisodiy o‘sishni miqdoriy hisoblash boshqa tomondan uning atrof-muhitga va inson hayotiga salbiy ta’sirini hisobga olmaydi. Shunga ko‘ra, iqtisodiy o‘sishning barcha tavsifi yillik o‘sish sur’atlarining foizdagi o‘lchovida to‘liq o‘z ifodasini topadi:
O'SYaIMjoriydavrYaIMbazisdavr100%
bu yerda:
YaIM ,
bazisdavr
O‘S – iqtisodiy o‘sish sur’ati, foizda;
YaIMbazisdavr – taqqoslanayotgan davr (yil)dagi real YaIM hajmi;
YaIMjoriydavr – joriy davr (yil)dagi real YaIM hajmi.