O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim


Ekstensiv iqtisodiy o‘sishga ishlab chiqarishning avvalgi texnikaviy asosi



Yüklə 11,04 Mb.
səhifə287/450
tarix25.09.2023
ölçüsü11,04 Mb.
#148395
1   ...   283   284   285   286   287   288   289   290   ...   450
IQTISODIYOT NAZARIYASI darslik

Ekstensiv iqtisodiy o‘sishga ishlab chiqarishning avvalgi texnikaviy asosi saqlanib qolgan holda ishlab chiqarish omillari miqdorining ko‘payishi tufayli erishiladi. Aytaylik, mahsulot ishlab chiqarishni ikki hissa ko‘paytirish uchun ishlab chiqarish omillari miqdori ikki barobar ko‘paytirilishi lozim, sodda qilib aytganda mavjud korxonalar bilan bir qatorda o‘rnatilgan uskunalarning quvvati, miqdori va sifati, ishchi kuchining soni va malaka tarkibi bo‘yicha huddi o‘shanday yana korxonalar qurilishi lozim. Ekstensiv rivojlanishda, agar u sof holda amalga oshirilsa, ishlab chiqarish samaradorligi o‘zgarmay qoladi.
Iqtisodiy o‘sishning intensiv turi sharoitida mahsulot ishlab chiqarish miqyoslarini kengaytirishga ishlab chiqarish omillarini sifat jihatidan takomillashtirish, yanada ilg‘or ishlab chiqarish vositalarini va yangi texnikani qo‘llash, ishchi kuchi malakasini oshirish, shuningdek, mavjud ishlab chiqarish potensialidan yaxshiroq foydalanish yo‘li bilan erishiladi. Intensiv yo‘l ishlab chiqarishga jalb etilgan resurslarning har bir birligidan olinadigan samaraning, pirovard mahsulot miqdorining o‘sishida, mahsulot sifatining oshishida o‘z ifodasini topadi.
Real hayotda ekstensiv va intensiv omillar sof holda, alohida-alohida mavjud bo‘lmaydi, balki muayyan uyg‘unlikda, bir-biri bilan qo‘shilgan tarzda bo‘ladi. Shu sababli ko‘proq ustuvor ekstensiv va ustuvor intensiv iqtisodiy o‘sish turlari haqida so‘z yuritiladi.
Iqtisodiy o‘sishning alohida tomonlarini tavsiflovchi ko‘rsatkichlari ham mavjud bo‘lib, ulardan asosiylari ishlab chiqaruvchi kuchlar rivojlanish darajasi, mehnat unumdorligining o‘sishi va ish vaqtini tejash, shaxsiy daromad va foyda massasi, milliy iqtisodiyotning tarmoq tuzilishi kabilar hisoblanadi.
Ishlab chiqaruvchi kuchlar darajasi quyidagi ko‘rsatkichlar bilan tavsiflanadi:

  1. ishlab chiqarish vositalarining rivojlanganlik darajasi;

  2. xodimning malakasi va tayyorgarlik darajasi;

v) ishlab chiqarishning moddiy va shaxsiy omili o‘rtasidagi nisbat;
g) mehnat taqsimoti, ishlab chiqarishning tashkil etilishi, ixtisoslashtirilishi va kooperatsiyasi.
Iqtisodiy o‘sishning jahon amaliyotida keng qo‘llaniladigan boshqa ko‘rsatkichi iqtisodiyotning tarmoq tuzilishi hisoblanadi. U tarmoqlar bo‘yicha hisoblab chiqilgan YaIM ko‘rsatkichi asosida tahlil qilinadi. Bunda iqtisodiyotning yirik sohalari, moddiy va nomoddiy ishlab chiqarish tarmoqlari o‘rtasidagi nisbat ham o‘rganiladi.
Iqtisodiy o‘sishga ta’sir ko‘rsatuvchi omillarni shartli ravishda ikki guruhga ajratish mumkin. Birinchi guruh omillar taklif omillari deb ham atalib, iqtisodiyotning o‘sish layoqatini belgilab beradi:

  1. tabiiy resurslarning miqdori va sifati;

  2. ishchi kuchi resurslari miqdori va sifati;

  3. asosiy kapital (asosiy fondlar) ning hajmi;

  4. texnologiya va fan-texnika taraqqiyoti.

Bu omillar har birining yalpi mahsulot hajmiga ta’sirini baholash orqali iqtisodiy o‘sishni tavsiflash mumkin.
Ma’lumki, yalpi ichki mahsulot ishchi kuchi, kapital va tabiiy resurslar sarflarining funksiyasi hisoblanadi, ya’ni:

bu yerda:
Y – yalpi ichki mahsulot;
Y f
(L, K , N ) ,

L – ishchi kuchi sarflari; K – kapital sarflari;
N – tabiiy resurslar sarflari.
Bu funksional bog‘lanishdan kelib chiqqan holda iqtisodiy o‘sishni belgilab beruvchi har bir omilning samaradorligini ifodalovchi xususiy ko‘rsatkichlarni keltirib chiqarish mumkin:


  1. Yüklə 11,04 Mb.

    Dostları ilə paylaş:
1   ...   283   284   285   286   287   288   289   290   ...   450




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin