mehnat unumdorligi (Y/L) – mahsulot ishlab chiqarish hajmining ishlab turgan ishchilar soniga yoki ular tomonidan sarflangan jonli mehnat miqdoriga ish kuni, ish soati va h.k. nisbati;
mehnat sig‘imi (L/Y) – jonli mehnat sarflarining mahsulot ishlab chiqarish hajmiga nisbati;
kapital samaradorligi (Y/K) –ishlab chiqarilgan mahsulot hajmining unga sarflangan kapital xarajatlariga nisbati;
kapital sig‘imi (K/Y) – kapital xarajatlarining mahsulot ishlab chiqarish hajmiga nisbati;
tabiiyresurslarsamaradorligi(Y/N) – mahsulot ishlab chiqarish hajmining qo‘llanilgan tabiiy resurslar miqdoriga nisbati;
mahsulotningresurslarsig‘imi(N/Y) – tabiiy resurslar sarfining mahsulot ishlab chiqarish hajmiga nisbati;
ishchi kuchining kapital bilan qurollanganlik darajasi (K/L) – ishlab chiqarish jarayonida qo‘llanilayotgan kapital hajmining ishchi kuchi miqdoriga nisbati.
Iqtisodiy o‘sishni tahlil qilishda yuqorida ko‘rib chiqilgan ko‘rsatkichlardan tashqari yana keyingiqo‘shilganishlabchiqarishomillariunumdorligi ko‘rsatkichlari ham muhim ahamiyat kasb etadi. Bu ko‘rsatkichlar, boshqa omillar sarfi o‘zgarmagani holda, har bir alohida omil sarfining qo‘shimcha o‘sishi ta’sirida mahsulot ishlab chiqarish hajmining qo‘shimcha o‘sishi hajmini belgilab beradi:
keyingi qo‘shilgan mehnat unumdorligi (∆Y/∆L);
keyingi qo‘shilgan kapital unumdorligi (∆Y/∆K);
keyingi qo‘shilgan tabiiy resurslar unumdorligi (∆Y/∆N).
Bu ko‘rsatkichlar yalpi mahsulot ishlab chiqarish umumiy hajmining o‘sishida har bir omilning hissasini namoyon etib, u quyidagicha aniqlanadi:
Y (Y/ L)L (Y/ K)K (Y/ N)N. Iqtisodiy o‘sishga taqsimlashomillari ham ta’sir qiladi. Ishlab chiqarish salohiyatidan maqsadga muvofiq foydalanish uchun nafaqat resurslar iqtisodiy jarayonga to‘liq jalb qilingan bo‘lishi, balki juda samarali ishlatilishi ham zarur. Resurslarning o‘sib boruvchi hajmidan real foydalanish va ularni kerakli mahsulotning yuqori miqdorini oladigan qilib taqsimlash ham zarur bo‘ladi.
Real mahsulot ikki asosiy usulda ko‘paytirilishi mumkin: 1) resurslarning ko‘proq hajmining jalb etilishi; 2) ulardan ancha unumli foydalanish yo‘li bilan (17.3-rasm).