Takror hosil qilinadigan resurslarga o‘rmonlar kesilgan daraxtalr o‘rniga yangilarini o‘tqazish mumkin, tuproq qoplami misol bo‘la oladi.
Takror hosil qilinmaydigan resurslarga tabiiy sharoitlarda ularni hosil qilish uchun minglab va hatto millionlab yillar talab qilinadigan neft, ko‘mir, temir rudasi va hokazolar kiradi.
Tabiiy resurslarning zahiralari iqtisodiy taraqqiy etishning juda muhim xususiyati bo‘lishiga qaramasdan ularning mavjudligi yuqori o‘sish sur’atlari va iqtisodiyotning yuqori samaradorligini ta’minlaydigan asosiy omil bo‘la olmaydi.
TABIIY RЕSURSLAR
Yoqilg‘i rеsurslari
Rudalar
Noruda minеrallar
Nеft, tabiiy gaz,
ko‘mir, torf, yonuvchi slanеts va
boshqalar
Qora mеtall rudalari
(tеmir, marganеts,
xrom)
Rangli mеtall rudalari (mis, qo‘rg‘oshin, rux, alyuminiy va b.)
Kimiyoviy xomashyo Kaliy tuzi, fosforitlar, oltingugurt, pirit, apatit
Qurilish matеriallari
qum, tuproq, ohak va granit
Qimmatbaho va yarim qimmatbaho toshlar Olmos, rubin, sapfir, agat, gavhar, yashma va b.
17.4-rasm. Foydalanilishiga ko‘ra tabiiy resurslar turlari1
1 П.С.Лопух, Н.Л.Стреха, О.В.Сарычева, А.Г.Шандроха. География. Страны и народы. – Минск : НИО, 2019.
– 221 с.
Insonlar xo‘jalik yuritish davomida yer qaridan ko‘mir, neft, gaz, qora va rangli metallar hamda boshqa foydali qazilmalarni qazib olishadi. Mineral resurslar ishlatilishiga qarab yoqilg‘i, rudalar (metalli), norudalar (metall bo‘lmagan) 17.4- rasm.
Tabiat in’omlari o‘zlarining dastlabki ko‘rinishida tabiiy boylik bo‘lib, shu holatida inson faoliyatining natijasi hisoblangan ijtimoiy boylik tarkibiga kirmaydi. Buning ma’nosi shuki, tabiiy boyliklar jamiyat uchun faqatgina potensial boylik hisoblanadi. Ular inson mehnatining ta’siri oqibatida real boylikka aylanadi.
Jamiyatning nomoddiy boyliklarida madaniyat va san’atning rivojlanish darajasi, jamiyat a’zolarining to‘plagan ilmiy bilimlari va intellektual darajasi, ishlovchilarning ixtisosligi va malakaviy bilim darajasi, sog‘liqni saqlash, ta’lim va sportning rivojlanish darajasi o‘z ifodasini topadi. Shunday qilib, milliy boylik moddiy buyumlashgan va tabiiy boyliklardan ancha keng tushuncha bo‘lib, o‘z tarkibiga jamiyatning nomoddiy tavsifdagi boyliklarini ham oladi. Har bir mamlakat ixtiyorida bo‘lgan milliy boylikdan oqilona va unumli foydalanish va uni ko‘paytirib borish shu mamlakat aholisining burchi hisoblanadi.
Dostları ilə paylaş: |