O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim



Yüklə 11,04 Mb.
səhifə322/450
tarix25.09.2023
ölçüsü11,04 Mb.
#148395
1   ...   318   319   320   321   322   323   324   325   ...   450
IQTISODIYOT NAZARIYASI darslik

Aholining tabiiy o‘sishi bu tabiiy o‘sish koeffitsienti bilan belgilanadi:

  • tug‘ilish koeffitsienti (yil davomida tirik tug‘ilgan chaqaloqlarning mavjud aholi o‘rtacha yillik soniga nisbati);

  • o‘lish koeffitsienti (yil davomida o‘lganlarning mavjud aholi o‘rtacha yillik soniga nisbati);

  • tabiiy o‘sish koeffitsienti (tug‘ilish va o‘lish umumiy koeffitsientlari o‘rtasidagi farq). Odatda bu koeffitsientlar mamlakatdagi o‘rtacha aholi soniga to‘g‘ri keluvchi miqdor sifatida baholanadi.

Mamlakatimizdagi doimiy aholi soni 2019 yil holatiga 33,9 mln. kishini tashkil etib, u o‘tgan yilga nisbatan 660,9 ming kishiga yoki 2,0% ga o‘sgan. O‘zbekistonda aholining tabiiy harakati quyidagi ma’lumotlar bilan tavsiflanadi (20.1-jadval).
Ishchi kuchi resurslarining soni va sifati mamlakat aholisi soni, jinsi va yoshi jihatidan tarkibi bilan belgilanadi. Bular esa o‘z navbatida aholining tabiiy o‘sishiga bog‘liq bo‘ladi.
20.1-jadval
Respublikada aholining tabiiy o‘sishi (ming kishi hisobida)1



Yillar

Ko‘rsatkichlar

Tug‘ilish

O‘lish

Tabiiy o‘sish

2010

651,3

133,6

517,7

2011

669,6

138,4

531,2

2012

625,1

146,0

479,1

2013

679,5

145,7

533,8

2014

718,0

149,8

568,2

2015

734,1

152,0

582,1

2016

726,2

154,8

571,4

2017

715,5

161,5

554,0

2018

768,5

154,9

613,6

2019

815,9

155,0

660,9

Respublikada 2010 yilda iqtisodiyotda band bo‘lganlar soni 12286,6 ming kishini tashkil etgan bo‘lsa, 2018 yilga kelib bu ko‘rsatkich 14641,7 ming kishini (116,9 foiz o‘sish) tashkil qildi (20.2-jadval).


20.2-jadval O‘zbekiston Respublikasi bo‘yicha ishchi kuchi resurslarining ish bilan
bandligi holati (ming kishi hisobida)2

Yil

Aholi soni,
(mln.kishi)

Iqtisodiy faol
ishchi kuchi soni

Iqtisodiyotda band
bo‘lganlar soni

Ishsizlar soni

2010

28,5

12286,6

11628,4

658,2

2011

29,1

12541,5

11919,1

622,4

2012

29,5

12844,1

12223,8

620,3

2013

30,5

13163,0

12523,3

639,7

2014

31,0

13606,3

12818,4

653,8

2015

31,5

13767,7

13058,3

709,4

2016

32,1

14022,4

13298,4

724,0

2017

32,7

14357,3

13520,3

837,0

2018

33,3

14641,7

13273,1

1368,6

2018 yilda 2010 yilga
nisbatan %

116,8


119,2


114,1


207,9




1 Manba: O‘zbеkiston Rеspublikasi Davlat statistika qo‘mitasi ma'lumotlari.
2 O‘zbekiston Respublikasi Bandlik va mеhnat munosabatlari vazirligi ma'lumotlari asosida tuzilgan.
Jadvaldan ko‘rinadiki, 2010 yilda O‘zbekiston aholisi soni 27,1 mln. kishini tashkil etgan bo‘lsa, 2018 yilda 33,3 mln. kishiga etgan, ya’ni 116,8% o‘sgan.
Aholining tabiiy o‘sishi, uni takror ishlab chiqarish xususiyati ko‘pgina holatlar bilan mamlakatning industrial taraqqiyoti va urbanizatsiya darajasi, ijtimoiy shart-sharoitlar, madaniyat va maishiy turmush an’analari, aniq tarixiy omillar bilan belgilanadi.
Ular jumlasiga demografiya omilini hisobga olgan holda uy-joy sharoitlarini yaxshilash, bolalarga nafaqalar berish, ularni bolalar muassasalari bilan ta’minlash, xomiladorlik va bola tug‘ilgandan keyingi ta’tillarni uzaytirish, oilani mustahkamlash, shuningdek, jamoada ma’naviy muhitni yaxshilash kiradi.
Mamlakatdagi yoki ayrim hududlardagi ishchi kuchi resurslari miqdoriga aholining tabiiy o‘sishidan tashqari ishchi kuchi migratsiyasi ham ta’sir qiladi. Ishchi kuchi migratsiyasi murakkab jarayon bo‘lib, turli omillar ta’siri ostida (masalan, ish haqi darajasidagi o‘zgarishlar, ishsizlik va h.k.) ishchi kuchining bir hududdan boshqa bir hududga ko‘chib o‘tishini bildiradi. Migratsiya ikki darajada, ya’ni xalqaro darajada va mamlakat ichida ro‘y berishi mumkin. Davlatlar o‘rtasida ro‘y bergan migratsiya tashqi migratsiya deyiladi. Bir mamlakat ichida ro‘y bergan migratsiya ichki migratsiya deb atalib, u quyidagi shakllarda bo‘lishi mumkin:

  1. tugal migratsiya – aholining doimiy yashash joyini o‘zgartirishi bilan bog‘liq migratsiya;

  2. tebranuvchi migratsiya – ishchi kuchining bir hududdan boshqa hududga muntazam davriy ravishda qatnab ishlashi bilan bog‘liq migratsiya;

  3. mavsumiy migratsiya – mavsumiy ish faoliyati bilan bog‘liq migratsiya;

  4. tasodifiy migratsiya – ishchi kuchining ba’zi hollarda boshqa hududlarga borib kelishi bilan bog‘liq migratsiya.

Ishchi kuchi migratsiyasi shunchaki ro‘y bermay, uning negizida ma’lum ijtimoiy-iqtisodiy sabablar yotadi. Ishchi kuchi migratsiyasining iqtisodiy vazifasi sifatida mamlakat bo‘ylab ishchi kuchi resurslari samarali taqsimlanishini ta’minlash, ishchi kuchiga bo‘lgan talab va taklif nisbatini muvofiqlashtirish
hisoblanadi. Bu vazifaning amalga oshishi natijasida ishchi kuchidan foydalanish samaradorligi oshadi.
Ishchi kuchi migratsiyasining ijtimoiy vazifasi aholi turmush darajasini oshirish, inson omilining ijtimoiy hayotdagi roli va mavqeini yanada yuksaltirishdan iborat.
Ishchi kuchini takror hosil qilish uning to‘la va samarali ish bilan band bo‘lish muammosini ham o‘z ichiga oladi. Ish bilan to‘la band bo‘lishni mutlaq ma’noda tushunmaslik kerak. Birinchidan, ishsizlikning ma’lum darajasi iqtisodiyot uchun me’yordagi hol hisoblanadi. Ikkinchidan, ish bilan to‘la band bo‘lish mehnatga layoqatli barcha kishilar albatta umumlashgan (davlat va jamoa korxonalarida) ishlab chiqarishga jalb etilishi zarurligini anglatmaydi. Ularning bir qismi o‘zini oilada xizmat ko‘rsatishga, bolalar tarbiyasiga, shuningdek, xususiy korxonalar va shaxsiy tomorqa va yordamchi xo‘jalikda mehnat qilishga, yakka tartibdagi mehnat faoliyati bilan shug‘ullanishga bag‘ishlashi mumkin. Uchinchidan, ish bilan to‘la band bo‘lish uning samaradorligi bilan, ishchi kuchi resurslaridan g‘oyat oqilona foydalanish bilan qo‘shib olib borilishi kerak.




    1. Yüklə 11,04 Mb.

      Dostları ilə paylaş:
1   ...   318   319   320   321   322   323   324   325   ...   450




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin