O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim


Kimyoviy tahlilda organik reagentlar



Yüklə 0,81 Mb.
səhifə9/10
tarix01.06.2022
ölçüsü0,81 Mb.
#60272
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
0206. t (2)

Kimyoviy tahlilda organik reagentlar

Organik reagentlar organik va noorganik ionlar yoki molekulalarni aniqlash, ajratish va aniqlash uchun ishlatiladigan organik birikmalardir. Organik reagentlar va organik birikmalar turli tushunchalardir. Organik reagentlar kengroq tushunchadir. Birinchi bo‘lib organik reagentlar 1879-yilda Griss tomonidan (sulfonilik kislota va α- naftilamin aralashmasi) taklif etiladi. Keyin esa 1886-yilda Ilinskiy α -nitroso-β-naftolni kobalt reagenti sifatida ishlatgan. Chugaev1905-yilda nikelni aniqlash uchun dimetilglioksimni qo‘llagan. Chugaev nafaqat yangi organik reaktivlarni taklif qildi, balki ularning harakatlarining nazariy asoslarini ham ishlab chiqdi. Organik moddalarning noorganik moddalardan afzalliklari: yuqori sezuvchanlik va selektivlik, organik moddalarda reaksiya mahsulotlarini jadal bo‘yash va boshqalar. Organik analitik reagentlarning effektlari. Bunday effeklar jumlasiga quydagilar kiradi: eritmaning ranglanishi, rangni o’zgarishi yoki yo’qolishi, rangli yoki rangsiz cho’kmalar hosil bo’lishi, aniqlanuvchi ionlar erkin konsentratsiyasining o’zgarishi (kamayishi) (bu effektga bog’liq emas, o’lchov asboblari yordamida signal sifatida qayd qilinadi). Reagentlarning asosiy tavsiflari. Organik analitik reagentlar afzalligi va analiotik xossalarining asosiy mezonlari sifatida anorganik ionlar bilan ular reaksiyalari saralovchanligi va sezuvchanligining yuqoriligi qabul qilingan. OARlarning saralovchanligi deganda, muayyan sharoitda ma’lum, cheklangan sondagi ionlar bilan ta’siri tushuniladi. Saralovchanlikning o’lchovi sifatida reaksiyaga kirishishi mumkin bo’lgan ionlarning soni qabul qilinishi mumkin. OAR qanchalik kam sonli ionlar bilan ta’sirlashsa, u shuncha saralovchi bo’ladi. Organik analitik reagentlarning saralovchanligi haqiqiy va shartli saralovchanlikka bo’lish mumkin. Haqiqiy saralovchan reaksiyalarga begona ionlar xalaqit bermaydi. Shartli saralovchan reaksiyalarda xalaqit bermaydigan ionlar organik analitik reagentlar bilan ta’sirlashadi, aniqlanuvchi va begona ionlar analitik shakllarining xossalari turlicha bo’ladi, uni tegishli asbob yordamida farqlash mumkin. Taxlilda qo’llanadigan organik reagentlarga qo’yilgan quydagi talablarga javob berishi kerak: -oz eruvchan kompleks birikma hosil qilishi. -xosil bo’ladigan kompleksning barqarorlik doimiysi katta bo’lishi kerak -organik reagent suvda eruvchan bo’lishi kerak . Masalan: Ni2+kationini ochishga halaqit beradigan Co2+ va Fe2+ kationlari uzum kistlotaning tuzlari bilan barqaror tartarat kopmleksiga bog’lanadi. Tartarat anioni bilan niqoblangan Co2+ va Fe2+ kationlari Ni2+ ochilishiga xalaqit bermaydi. -organik reagentlar ionlarni ochishdagina emas balki xalaqit beruvchi ionlarni niqoblashda ham ishlatiladi. Organik reagentlarning ishlatilish sohalari. Hozirgi zamonda analitik kimyosida organik reagetlarning ro’li beqiyos kattadir. Ular selektiv reagenlar sifatida ajratish, aniqlash, miqdoriy aniqlash metodlaridan keng ko’lamda ishlatiladi. Organik moddalar ekstragentlar, indikatorlar, kislota-asosli, oksidlanish-qaytarilish, adsorbsion, metalloxrom indikatorlar sifatida ishlatiladi. Organik reagentlar ta’sirini nazariy asoslash, ularni ma’lum maqsadga yo’naltirilgan sintez olib borishga, reagentlarning xossalarini ular ma’lum holatlariga o’rinbosarlar kiritish bilan o’zgartirishga imkon beradi.

Xulosa:
1. Organik reagentlar organik va noorganik ionlar yoki molekulalarni aniqlash, ajratish va aniqlash uchun ishlatiladigan organik birikmalardir. Organik reagentlar va organik birikmalar turli tushunchalardir. Organik reagentlar kengroq tushunchadir. 2. Birinchi bo‘lib organik reagentlar 1879-yilda Griss tomonidan (sulfonilik kislota va α- naftilamin aralashmasi) taklif etiladi. Keyin esa 1886-yilda Ilinskiy α -nitroso-β-naftolni kobalt reagenti sifatida ishlatgan. Chugaev1905-yilda nikelni aniqlash uchun dimetilglioksimni qo‘llagan. Chugaev nafaqat yangi organik reaktivlarni taklif qildi, balki ularning harakatlarining nazariy asoslarini ham ishlab chiqdi. 3. Organik reagentlarni anorganik ionlarga ta’siri qonuniyatlarini L. A. Chugaev ishlab chiqgan, shu sababdan bu ikki rus olimlari organik reagentlarni tahlilda qo‘llash asoschilari hisoblanadi. Fanning mazkur sohasini rivojlantirish uchun I. P. Alimarin, A. K. Babko, Yu. A. Zolotovlar bilan bir qatorda o‘zbek olimlari Sh. T. Tolipov, Sh. T. G‘aniev, K. Raxmatullayevlar ham hissa qo‘shganlar. 4. Organik analitik reagentlarning saralovchanligi haqiqiy va shartli saralovchanlikka bo’lish mumkin. Haqiqiy saralovchan reaksiyalarga begona ionlar xalaqit bermaydi. Shartli saralovchan reaksiyalarda xalaqit bermaydigan ionlar organik analitik reagentlar bilan ta’sirlashadi, aniqlanuvchi va begona ionlar analitik shakllarining xossalari turlicha bo’ladi, uni tegishli asbob yordamida farqlash mumkin.

Yüklə 0,81 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin