O’zbеkiston Rеspublikasi Oliy va O’rta maxsus ta’lim



Yüklə 8,09 Mb.
səhifə4/17
tarix04.10.2023
ölçüsü8,09 Mb.
#151993
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   17
Metrologiya AMALIYOT Mva S (TVA)

3 - AMALIY MASHG’ULOT


INDIKATOR BILAN DETAL YUZALARINING SHAKL OG’ISHLARINI ANIQLASH VA DETALLARNI YAROQLILIGI TO’G’RISIDA XULOSA CHIQARISH


ISHDAN MAQSAD
Detal yuzalarining shaql og’ishlarini aniqlash va richagli mexanik asbob, indikator bilan ishlashda amaliy ko’nikmalar hosil qilish.
ISHNING MAZMUNI
Indikatorning metrologik tavsiyanomalarini aniqlash.
Detal yuzalarining radial tepishini o’lchash va uning yaroqligi tug’ri­sida xulosa chiqarish.
Talabaga beriladi: soat turidagi indikator, ustun va o’lchashga mo’ljallangan detallar.


ISHNI BAJARISH TARTIBI
Indikatorning metrologik tavsifnomalarini aniqlang va son qiymatlarini hisobot shaklidagi 1-jadvalga kiriting.
Radial tepishni soat turidagi indikator bilan o’lchash.
Soat turidagi indikatorlar o’lchovining nisbiy va absolyut uslublarida detallarning radial va yon tepish, turtish, balandlik va diametrlarni o’lchashda keng ko’llaniladi.
Indikatordagi o’lchov sterjenning (1) harakati katta va kichik strelkalarnnng shkalalar bo’yicha siljishga olib keladi (5 - rasm). Bunda 4 strelkaga mos bo’lgan shkala burilishlar ko’rsatkichi bo’lib, undan katta strelkaning aylanishlar sonini butun qiymati olinadi. Bo’lim miqdori 0,01 mm bo’l­gan indikatorlarda o’lchov sterjenining 0,01 mm ilgarilama harakati katta strelkani (2) shkala (3) bo’yicha bitta bug’inga olib keladi.
Indikator shkalasi yuz bo’g’indan iborat bo’lgani uchun katta strelkaning bir marta to’lik aylanishi strelkani 1 mm siljishiga mos keladi. Bu esa kichik strelkani ko’rsatkich shkalasi bo’yicha bir bo’yinga siljitadi va shu shkalaning bo’lim mikdori 1 mm bo’lganidan dalolat beradi.
Indikatorning shkalasi (3) halka (5) bilan asbobning konusi korpusiga nisbatan burilish xususiyatiga ega bo’lgani uchun katta strelkaning qarshisiga shkalaning istalgan shtrixini o’rnatish mumkin.
Detal shakl otsishlarini o’lchashdan oldin indikatorni nol holatga keltirish kerak. Buning uchun o’lchov sterjeni (1) detal yuzasiga 1-2 mm taranglik holatida tekkiziladi va korpusdagi halkani aylantirib katta strelka nol holatiga keltiriladi. Taranglik holati o’lchash jarayonida ham manfiy, ham musbat qiymatlar olish uchun kerak.
O’lchash jarayonida katta va kichik sterjenlar o’z holatini o’zgartiradi. Bunda og’ish indikator va aylanishlar ko’rsatkichi shkalalari bo’yicha aniqla­nadi. Aylanishlar ko’rsatkichi shkalasi millimetrni butun va indikator shkalasi esa yuzdan bir ulushini ko’rsatadi.
Detal yuzasining (val turidagi) radial tepishini o’lchash uchun uni o’lchov moslamada (2) markazlashtiriladi (6 rasm). Indikator (3) vint (5) yordamida ushlagichga qotiriladi va vint (6) yordamida kerakli balandlikka (o’lchov sterjenli detal yuzasiga tekkan holatda) o’rnatiladi. Moslama tarkibiga kiruvchi vintni (7) bo’shatib, asbob ustunini (8) markazlashtirish o’qiga perpendikulyar siljitiladi. Bu erda asbob kursatkichning eng katta qiymati o’lchov sterje­nining o’qi markazlashtirish chizig’iga perpendikulyar bo’lganidan dalolat beradi.
SHu holatda indikator nolga o’rnatiladi. So’ngra detalni markazlarda sekin aylantirib asbobning eng katta va eng kichik kiymatlari aniqlanadi. Olingan natijalarni hisobot shaklidagi jadvalga kiritiladi. Bunda asbobning eng katta va eng kichik ko’rsatkichlarining absolyut ayirmasi radial tepishini beradi. Radial tepish detalning berilgan uch yuzasi bo’yicha ularning umumiy o’qiga nisbatan o’lchanadi. Olingan qiymatlarni ruxsat etilgan qiymatlar bilan taqqoslab detalni yaroqligi to’g’risida xulosa chiqariladi.


QIRRALIK QIYMATINI O’LCHASH
Qirralik - doiraviylikdan og’ish bo’lib, bunda detal yuzasining haqiqiy profili ko’pqirralik shaklida bo’ladi. Qirralik uch nuqtalik o’lchov yo’li bilan aniqlanadi. Buning uchun detal o’lchanayotgan yuza bo’yicha prizmaga o’rnatiladi va uni aylantirib, indikator yordamida og’ishlar aniqlanadi. Eng katta va eng kichik ko’rsatkichlarni ayirmasi va prizmaning burchagini inobatga olgan holda qirralik miqdori aniqlanadi.
Δ=h/2
bu erda h - asbob ko’rsatkichlarning ayirmasi a=900 prizma). Olingan natijalarni hisobot shaklidagi jadvalga kiriting.

5 – rasm



6 – rasm



Asbobning metrologik tavsiyanomalarini aniqlang Hisobot shakli
1-topshiriq 1-jadval

Asbobning
Nomi

Yüklə 8,09 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   17




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin