ISHI TUGALLANGAN TEKISPARALLEL UZUNLIK ME’YORLARI BILAN O’LCHOV ASBOBLARINI XATOLIKLARINI ANIQLASH VA ULARNI SOZLASH
ISHDAN MAQSAD Tugallangan tekisparallel uzunlik meyorlari (TUM) bilan tanishib amaliy ko’nikmalar hosil qilish, hamda mikrometrning, ko’rsatish xatosini aniqlash.
ISHNING MAZMUNI
Berilgan o’lchamga hisob yo’li bilan TUM blokini tuzish va eskizini chizish.
Mikromexrni ko’rsatish xatosini aniqlash va uning yaroqliligi to’g’risida xulosa berish.
Talabaga beriladi: tekisparallel TUM, mikrometr va ustun.
ISHNI BAJARISH TARTIBI BERILGAN O’LCHAMGA TUM BLOKINI TUZISH
Tekisparallel TUM ikkita o’zaro parallel o’lchov yuzalari bo’lgan to’rg’i burchakli parallelepiped shakliga ega (4-rasm). Ular o’lchov yuzalariga yuqori aniqlikda ishlov berilgan plitkalar ko’rinishda bo’lib, uzunlik birligini saqlash va uni uzatish, asboblarni tekshirish va sozlash, hamda detal o’lchamlarini o’lchashda ishlatiladi.
TUM plitkalarining o’lchov yuzalarini (toza holatida) bir biriga bir chekadan ko’l bosimi ostida siljitish natijasida yopishqoqlik xususiyati hosil qilinadi. Bu hol kerakli o’lchamlar TUM bloklarini tuzish imkoniyatini beradi. Bu erda har bir me’yor bir o’lchamni ifodalaydi.
O’lcham bloki tuzishdan oldin homaki hisob amalga oshiriladi, bunda blokka birinchi navbatda millimetrnnng mingdan bir ulushiga ega bo’lgan, so’ngra millimetrning yuzdan biri va hokazo TUMlar tanlanadi.
Misol: 25, 795 mm o’lchamga TUMdan blok tuzilsin
blokka kiruvchi birinchi me’yor -1,005mm
qoldiq - 24, 79 mm
blokka kiruvchi ikkinchi me’yor -1,29mm
qoldiq - 23, 5 mm
blokka kiruvchi ikkinchi me’yor -3,5mm
qoldiq - 20 mm
blokka kiruvchi uchinchi me’yor - 20 mmm
Hisob natijasini hisobot shakdidagi jadvalga yozing.
TUM blok eskizini bajaring va blokka kiruvchi me’yorlarning o’lchamlarini ko’rsating.
MIKROMETRNING KO’RSATISH XATOSINI ANIQLASH
Mikrometrning ko’rsatish xatosini, tekshirish uchun uni tekshirish xonasida kamida uch soat davomida ushlash shart. Xonadagi haroratning normal haroratdan (20 °S) ruxsat etilgan og’ishi (5°S). Tekshirish 2-klassdagi TUM bilan bajariladi. Tekshirish o’lchov sterjenning har 5 mm oraliqda (birinchisi 0,12 mm ga surilgan holatda), oltita nuqtasida amalga oshiriladi. Misol: 0-25 mm o’lchov oraliqdagi mikrometr uchun uning ko’rsatish xatosini aniqlash qo’yidagi o’lchamlar bo’yicha bajariladi 0,12; 5,12; 10,24; 15,36; 20,48; 25 mm.
Hisobot shaklidagi jadvalga oltita tekshirish o’lchamini yozing. Ularning TUM bloklariga tegishli homaki hisobogini bajaring va natijalarini hisobot jadvaliga kiriting.
TUM bloklarini yozing. Buning uchun tanlangan TUM plitkalarni spirt bilan tozalang va kuruq qilib arting. So’ngra kichik o’lchamga mansub bo’lgan plitkani olib, undan kattaroq bo’lgan o’lcham plitkasining uchdan bir qismiga ilashtirib, uni barmok bosimi ostida plitkalarni bir birini to’lik qoplaguncha harakatga keltiring. SHu yo’sinda o’lcham blokining qolgan shkalalarini ketma-ket umumiy blokka ilashtiring. Hosil bo’lgan o’lcham blokini mikrometr bilan o’lchang. Bu o’lchashdan oldin mikrometr albatta nol holatiga keltirilgan bo’lishi shart. O’lchov natijalarini hisobot shaklidagi jadvalga kiriting. O’lchov ishlari tugagandan so’ng yig’ilgan bloklar ajratilib spirt bilan tozalanib, futlyarga joylansin.
Mikrometrning ko’rsatish xatosi ko’rsatgan qiymatdan tekshiruvchi o’lchamning ayirmasi orqali aniqlanadi. O’lchov natijasida olingan xatolikni ruxsat etilgan xatolik bilan taqqoslab mikrometrni yaroqliligi to’g’risida xulosa beriladi.
4 - rasm
Hisobot shakli
1-topshiriq
Blok o’lcham
Berilgan o’lchamga xisob yo’li bilan
tugallangan me’yor bloki tuzing
Birinchi me’yor
qoldiq
ikkinchi me’r
qoldiq
uchinchi me’yor
qoldiq
to’rtinchi me’yor