O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim



Yüklə 1,48 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə22/48
tarix24.10.2023
ölçüsü1,48 Mb.
#160072
1   ...   18   19   20   21   22   23   24   25   ...   48
8-y-JAHON-IQTISODIYOTI-VA-XALQARO-IQTISODIY-MUNOSABATLAR-2008-O‘quv-qo‘llanma-X.-M.-MAMATQULOV

hamjamiyati
tashkiloti (ATES) janubiy Osiyoda iqtisodiy integratsiya taraqqiyotini rivojlantirdi. 
Uning tarkibiga 21 ta Osiyo va Janubiy 
hamda
Shimoliy Amerika mamlakatlari 
kiradi. 1997 yilda esa, ular 
qatoriga
Rossiya 
ham qo‘shildi
. ATES rejasiga ko‘ra 
dunyo erkin savdo 
hududida
bu mamlakatlar boj va ichki barerlar to‘lovidan ozod 
etilgandir. 
Integratsion jarayonlar yer sharining turli 
hududlarida
, turli kontinentlarda 
jadal 
holda 
rivojlanmokda. Ya’ni, Afrika, Yakin Sharq, Lotin Amerikasi, 
Avstraliya va Okeaniya, Markaziy Osiyoda, 1989 yilda Afrika kontinentining 
shimoliy 
qismida
Jazoir, Liviya, Mavritaniya, Marakko, Tunislardan iborat 
Mag‘rib arab ittifoqi tuziladi. 1981 yilda esa Fors ko‘rfazi atrofidagi arab davlatlari 
(Saudiya Arabistoni, Quvayt, Qatar, Bahreyn, BAA, O‘mmon)dan iborat 
hamjamiyat
kengashi (soveti) tashkil etilgandi. Sobiq
Sovet Ittifoqi resuplikalari 
1991-1993 yillar mobaynida Mustaqil davlatlar hamdo‘stligi (MDH) doirasida 
Iqtisodiy ittifoqni shakllantirishga harakat qildilar. 
1992 yilda esa Eron, Pokiston, 
Turkiya, Ozarbayjon, Qozog‘iston va O‘rta Osiyo mamlakatlaridan iborat 
Markaziy Osiyo iqtisodiy 
hamjamiyat
tashkiloti tuzilganligi e’lon 
qilindi

1996 yilda Rossiya va Belorussiya 
hamkorligi, biroz o‘tgach 1997 yili 
Belorussiya va Rossiya ittifoqi davtlari, 1995 yilda esa Yevroosiyo iqtisodiy 
hamkorligi (Rossiya, Belorussiya, Qozog‘iston, Qirg‘iziston, Tojikiston davtlari) 
bojxona ittifoqi va yagona iqtisodiy makon to‘g‘risida, 1998 yilda Markaziy Osiyo 
iqtisodiy hamkorligi (Qozog‘iston, O‘zbekiston, Qirg‘iziston va Tojikiston 
davlatlari) tashkilotini tuzdilar. Xitoy, Rossiya, Qozog‘iston, O‘zbekiston 
Tojikiston va Qirg‘iziston davlatlari Shanxay iqtisodiy hamkorligini keyinchalik 


169 
esa uning negizida Yevroosiyo iqtisodiy hamkorligi tashkilotini barpo etdilar. 
Kelajakda ushbu tashkilotga a’zo bo‘lib kirish uchun Mo‘g‘iliston, Hindiston, 
Pokiston, Afg‘oniston, Eron kabi mamlakatlar o‘z xohish-istaklarini bildirishdilar. 
Nazorat savollari 
1.
Xalqaro iqtisodiy integratsiyaga umumiy ta’rif bering. Uning sabablari, 
maqsadi nimalardan iborat? 
2.
Integratsion birlashmalar bosqichlarini ayting va ularni ta’riflang. 
3.
Jahon iqtisodiyotidagi asosiy rivoj topgan iqtisodiy markazlarni ayting. Bu 
markazlar 
qaysi
integratsion guruhlarga mansub? 
4.
Xalqaro integratsion birlashmalarda ko‘proq 
qaysi
integratsiya jarayonlari 
shakllari rivoj topadi. Bu jarayon 
haqida
qisqacha
gapirib o‘ting. 
5.
Yevropa Ittifoqi (YEI) ga a’zo mamlakatlarni sanab o‘ting. 
6.
MDH davlatlari integratsion taraqqiyotida kanday imkoniyatlar mavjud? 
7.
Osiyo-Tinch okeani 
hududi
(ATR) integratsiya jarayonlarining o‘ziga xos 
tomonlari nimalarda aks etadi? 
8.
Xalqaro integratsiya birlashmalarida O‘zbekiston imkoniyatlari 
qanday
kuchga ega deb o‘ylaysiz? 


170 
XVII Bob. XALQARO ISHCHI KUCHLARI MIGRATSIYASI 
1.§. Xalqaro ishchi kuchlari migratsiyasining tushunchasi 
Aholi migratsiyasi – bu doimiy yashaydigan joyiga 
qaytib
kelish sharti bilan 
boshqa chegara 
hududlariga
ko‘chib o‘tish va vaqtincha ishlash tushuniladi. 
Xalqaro migratsiya mehnat, oilaviy, sayyohlik kabi shaklarga bo‘linadi. Bu 
borada asosiy e’tibor xalqaro mehnat migratsiyasi va xalqaro ishchi kuchlari 
bozori muammosiga ko‘proq 
qaratiladi
. Xalqaro ishchi kuchi bozori mehnat 
resurslari 
hamda
milliy chegaralardan o‘tishda turli yo‘nalish bo‘yicha shakllanadi. 
Xalqaro mehnat bozori esa mehnat migratsiyasi shakliga bo‘ysinadi. 
So‘nggi yillarda migrantlar faoliyati ancha pasaygani kuzatilmokda. 
Masalan, 90-yillar o‘tralarida (aniqrog‘i 1995 yil boshlarida) mamlakatdan 
mamlakatga ko‘chib yuruvchi aholi 125 mln. atrofida edi. Keyingi paytlarda jahon 
bo‘yicha bu 
holat
20-30 mln. kishini tashkil etmoqda. Bugungi kunda AQSH da 
chet ellik ishchilar soni 7 mln. ni tashkil etsa, bu ko‘rsatkich G‘arbiy Yevropada 
6,5 mln. ni, Lotin Amerikasida 4 mln., Yaqin Sharq va Shimoliy Afrikada 3 mln. 
odamni tashkil etadi. Xorijlik ishchilar ko‘plab sanoat mahsulotlari ishlab 
chiqarishda faol sanalishadi. Masalan, Fransiyaning 
qurilish
sohasida 25 %, 
avtomobilsozlik sohasida esa 33 % ishchi immigrant sanalishadi. Shuningdek, 
Belgiya konchilarining teng yarmi, Shveysariya 
qurilish
tarmog‘ida ishlayotgan 
ishchilarning 40% i xorij immigrantlaridir. 
Xalqaro ishchi kuchi migratsiyasi ikki xil shakl (forma)dan iborat bo‘ladi, 
ya’ni immigratsiya va emigratsiya. 
Immigratsiya – bu ishlash uchun aholining
boshqa bir mamlakatdan ikkinchi 
bir mamlakat 
hududga
ko‘chib kelishi. Emigratsiya esa aholining ishlash va 
yashash uchun boshqa birorta mamlakatga ko‘chib ketishi tushuniladi. Bu ikki 
holat
o‘rtasidagi farq esa iqtisodiy tilda migratsiya saldosi deb nomlanadi. 
Emigrantning o‘z yurtiga kaytib kelishi reemigratsiya deb ataladi. Xalqaro
migratsiyada yuqori malakali migrantlarni «aqlli muhojirlar» deyishadi. 
Ishchi kuchi migratsiyasi iqtisodiy harakterga ega bo‘lmagan omillarda 
ham 
o‘z aksini topadi. Iqtisodiy maqsadni ko‘zlovchi migratsiyada esa arzon ishchi 
kuchi tufayli mamlakatning iqtisodiy rivojlanishi kuzatiladi. Sir emaski, biror 
mamlakatga ish izlab borgan kishi o‘sha yerlik tub aholi olayotgan maoshdan 
albatta kam oylik oladi. Shu bilan birga davlat yoki korxonadan shu yerlik 
ishchidan ko‘ra ancha kam bo‘lgan ijtimoiy 
himoya
talab 
qiladi

Iqtisodiy tahlillar shuni ko‘rsatadiki, ko‘proq ishchi kuchlari chiqib 
ketayotgan mamlakatlarning iqtisodiy taraqqiyoti sustlashadi, o‘z o‘rnida ishchi 
kuchlari kirib kelayotgan davlatlar boyiydi. Xalqaro mehnat migratsiyasining 
asosiy omillar-kapital yuritilishining tezlashishida o‘z aksini topadi. Transmilliy 
korporatsiya (TMK)lar ishchi kuchlari 
qo‘shilishi
natijasida davlatga kapital oqib 
kelishi jadallashgani bilan alohida ahamiyat kasb etadi. 


171 
2.§. Xalqaro ishchi kuchlari migratsiyasining sabablari 
Xalqaro mehnat migratsiyasi darstlab guyo bir xilli ko‘rinishdek namoyon 
bo‘ladi. Aslida bu doimo davlat boshqaruviga ta’sir etib turadi. O‘z o‘rnida so‘nggi 
paytlarda migratsiya oqimi bozorining asosiy boshqaruv elementlaridan bir bo‘lib 
qoladi

O‘tmishga nazar tashlaydigan bo‘lsak, XIX asr o‘rtalarida aholi migratsiyasi 
tarixida juda ahamiyatli voqealar sodir bo‘ldi. O‘sha asrning 40-yillarida 
Irlandiyalik emigrantlar AQShga kelmay ko‘yishdi.
Keng masshtabli migratsiya okimining pasayishi XIX asrning 80-yillariga 
to‘g‘ri keladi. Bunga sabab AQShda Italiya va sharqiy Yevropadan keltirilayotgan 
bo‘g‘doyning narxi juda kamayganida aks etadi. G‘alla narxi tushgach mehnatga 
hak
to‘lash 
ham
keskin pasaydi va bu jarayon AQSH iqtisodiyotiga sezilarli salbiy 
ta’sir ko‘rsatdi.
AQSH mamlakati migrantlar kuchidan umidvor va iqtisodiy foyda ko‘rishni 
yaxshi bilishadi. Shu bois endi u agrar soha uchun immigrantlarga sharoit yaratadi 
va natijada Yevropa mamlakatlarining keng masshtabli ishchi kuchlari AQSH ga 
oqib kela boshladi. Bu yangi migratsiya okimi AQShda XX asrning 20-yillaridan 
rivojlandi. Endi Yevropada 1-jahon urushidan keyin bu yer aholisi ko‘proq 
Amerikada ishlashni lozim ko‘rishdi. 
Ikkinchi jahon urushidan keyin AQShda mavjud ishchi kuchlari migratsiyasi 
uch xil oqimga bo‘lindi. Birinchisi, bu – aqlli muhojirlar. Ular ko‘proq shimoliy 
Amerikadan ish topishdi. Chunki bu migratsiyalar yuqori malakaga ega edilar. 
Ikkinchi oqim – bu Vengriyada antikommunistik 
qo‘zg‘olon
sodir etilgan 1956 
yilgi voqealardan keyin mamlakatdan chiqib ketgan 
qochoqlar
, shuningdek 
Vetnamda (1974-75 yillar) kechgan «janublik» va «shimollik»lar o‘rtasidagi 
kelishmovchiliklardan keyingi paydo bo‘lgan 
qochoqlar
tashkil etadi. Uchinchi 
oqim esa Karib 
havzasi
davlatlaridan ish izlab kelgan muhojirlar sanaladi. 
Agar birinchi va ikkinchi oqimlar sababi siyosiy va ko‘chishga majbur 
bo‘lish bo‘lgan bo‘lsa, uchinchi 
holatda
esa to‘g‘ridan-to‘g‘ri iqtisodiy maqsad 
sabab bo‘lingan. 
XIX va XX asr mehnat migratsiyasi jarayonida Xitoydan Janubi-Sharqiy 
Osiyo va Shimoliy Amerikaga aholi migratsiyasi sodir bo‘lgani asosiy rol 
o‘ynaydi. U asosan ko‘chishga majburlik jihatidan ahamiyatli va bu paytda 70 mln. 
dan 100 mln. xitoylikgacha aholi shu mamlakatlarga ko‘chgan va ko‘chirilgan. 
G‘arbiy Yevropa mamlakatlarida II jahon urushidan keyin, aniqrog‘i o‘tgan 
asrning 60-yilarida yetarlicha ishchi kuchlari migratsiyasi jarayoni avj oldi. 
Ispaniya, Portugaliya, Gresiya, Yugoslaviya ishchi kuchlari Yevropa mamlakatlari 
iqtisodiy ishlab chiqarish rivojida faol ishtirok etdi. Bugungi kunda 
ham
xorijlik 
ishchi kuchlari dunyo xo‘jaligi 
harakatining
asosiy me’yoriy elementlaridan biri 
hisoblanadi

Xalqaro ishchi kuchlari migratsiyasi boshqaruvini 
quyidagi
holatlarda
ko‘rish mumkin: 

rivojlanayotgan mamlakatlardan rivojlangan davlatlarga ko‘chish; 


172 

sanoati rivojlangan mamlakatlarga migratsiya; 

rivojlanayotgan mamlakatlar o‘rtasida o‘zaro ishchi kuchi migratsiyasi 
almashish; 

sobiq sotsialistik mamlakatlardan rivojlangan mamlakatlarga ishchi 
kuchi migratsiyasi; 

sanoati taraqqiy etgan rivojlangan mamlakatlarga ilmli ishchilar, yuqori 
malakali mutaxassislar migratsiyasi. 
Xalqaro ishchi kuchlari migratsiyasi sanoati rivojlangan mamlakatlarda 
ba’zan noiqtisodiy maqsadlarni ko‘zlaganlikda 
ham
aks etadi. Masalan, 
Yevropadan AQShga ko‘chib kelgan «aqlli muhojirlar» o‘zlari uchun iqtisodiy 
foyda ko‘rish uchun emas, balki shu mamlakat taklifi bilan mahalliy aholidek 
yashayapti va ishlayapti. 
Xalqaro ishchi kuchlari migratsiyasida Yevropa Ittifoqiga a’zo 
mamlakatlardagi ko‘chish 
holatlari
ham
ahamiyat kasb etadi. YEIda 1989 yil 9 
dekabrda Hartiya, deb nomlangan Yevropa iqtisodiy 
hamjamiyati
(YEIH) ga a’zo 
mamlakatlar ishchilarining ijtimoiy 
huquqi
imzolandi. Unda yozilishicha, «
har
bir 
Yevropa iqtisodiy 
hamjamiyatga
ahzo mamlakat ishchisi 
hamjamiyat
hududida
mavjud 
qonun
-
qoida
va chegara intizomi, jamoa tartibini saqlash, jamoatchilik 
xavfsizligini ta’minlash va sog‘ligini asrash 
huquqlariga
ega»; «EIH 
hududida
ishga kirishini 
hoxlovchi
fuqaro kasbi va 
qo‘lidan
keladigan 
hunariga
qarab

har
qanday
ishni bajarishi va mehnat sharoitlari 
hamda
ijtimoiy 
himoya
imkoniyatlaridan to‘laligicha foydalanish 
huquqiga
ega». 
So‘nggi yillarda ishchi kuchlari migratsiyasi rivojalanayotgan mamlakatlar 
o‘rtasida ancha o‘sdi. Asosiy ko‘rsatkich yangi sanoatlashgan mamlakatlar 
(YASM), jumladan arab mamlakatlari, OPEKka a’zo mamlakatlar, 
hamda
u yoki 
bu sohalarda keskin rivojlanish bosqichida bo‘lgan mamlakatlarda yuqori 
bo‘lmoqda. 
Ishchi kuchlari migratsiyasining «aqlli muhojir» lik okimi 
hozirda
ko‘proq 
harakatda
va ular asosan Yevropa mamlakatlari va Shimoliy Amerikadan OPEKka 
a’zo bo‘lgan rivojlanayotgan mamlakatlarga borishmoqda. 
Sobiq sotsialistik mamlakatlar, xususan MDH davlatlarida kechayotgan 
ishchi kuchlari migratsiyasi 
haqida
ham
alohida to‘xtalib o‘tish zarur. Bugungi 
kunda asosiy ishchi kuchlari oqimi Rossiyada kuchaymoqda. Masalan, birgina 
Rossiya Federatsiyasi poytaxti Moskva shahrida 
hozirgi
paytda dunyoning 78 
mamlakatidan xorijlik ishchilar va immigrantlar poytaxtdagi 
qurilishlarning
46 % 
ish o‘rnini tashkil 
qiladi

So‘nggi yillarda Rossiyaga yaqin bo‘lgan Ukraina, Belorus, Moldova, 
Armaniston, O‘zbekiston, Tojikiston, Qirg‘iziston va boshqa mamlakatlardan juda 
ko‘pgina ishchi kuchlari kirib kelmoqda. Bu migratsiyaning sabablari-iqtisodiy 
maqsad bo‘lib, ular pul topish uchun bu yerga ish izlab kelayotir. Shuningdek, 
Rossiyada 
qochoqlar
va turli 
qo‘zg‘olonlar
oqibatida jabr ko‘rganlar va ko‘chishga 
majbur bo‘lganlar 
ham
bor. Bularning umumiy soni salkam 5 mln. kishidan ortiq 
bo‘lib, ular asosan MDH davlatlari fuqarolaridir. 


173 
3.§. Ishchi kuchlarini o‘ziga jalb etuvchi zamonaviy markazlar 
Boshqa davlatlardan ishchi kuchlarini o‘ziga jalb 
qiluvchi
mamlakatlar va 
hududlar
quyidagilar

AQSH, Kanada. 
Har
yili AQSH ga dunyoning boshqa mamlakatlariga 
qaraganda
eng ko‘p immigrantlar tashrif buyurishdi. G‘arbiy Yevropa, Rossiya, 
Lotin Amerikasi va boshqa mamlakatlarning yuqori malakali immigrantlari 
AQShda ishlashni ko‘proq xush ko‘rishadi. Unchalik malakaga ega bo‘lmagan 
ishchilar esa asosan bu yerga Lotin Amerikasi va Karib 
havzasi
mamlakatlaridan 
ishlash va yashashga kelishadi. AQShga 
qonuniy
yo‘l bilan 
har
yili 740 ming 
atrofida aholi ishlash uchun ko‘chib kelgan bo‘lsa, shu maqsadda 160 ming kishi 
esa ko‘chib ketishadi. Yillik migratsiya saldosi 580 ming kishini tashkil etadi. 
Yillik immigrantlar oqimi birgina Kanada va AQSH o‘rtasida (90-yillar o‘rtasida)
100 ming aholini tashkil etgan. 
G‘arbiy Yevropa. Ko‘pgina rivojlangan mamlakatlarga, asosan YEIga 
Malta 
hamda
sharqiy Yevropa va MDH davlatlaridan tortib, shuningdek, Shimoliy 
Afrika va Yaqin Sharqdagi arab mamlakatlari 
hamda
, Afrikaning Saharagacha 
bo‘lgan mamlakatlaridan 
har
yili bir necha yuz minglab immigrantlar kelishadi. 
G‘arbiy Yevropa integratsiyalashuvining natijasida ishchi kuchlari migratsiyasi 
YEIga a’zo mamlakatlarda erkin va mehnat 
qonunchiliklari
huquqlaridan
to‘la 
foydalangan 
holda
faoliyat yuritadilar. 
Yakin Sharq. Neft 
qazib
oluvchi mamlakatlar 
hududida
og‘ir ishlarni 
bajarishga asosan arzon bo‘lgan xorijlik ishchi kuchlari jalb etilgan. Bu yerda 
mavjud ishchi kuchlarining 50 % ini 
qo‘shni
arab mamlakatlari, ya’ni Saudiya 
Arabistoni, Birlashgan Arab amirligi (BAA), Bahrayn, Quvayt va Ummon 
davlatlarining fuqarolari tashkil etadi. 
Boshqa rivojlanayotgan mamlakatlar. 1990-yillarda endi rivojlanayotgan 
mamlakatlar o‘rtasida mehnat migratsiyasi borasida favqulodda 
hodisa
yuz berdi. 
Odatda ishchilar oqimi sanoati jadal rivojlanayotgan iqtisodiy islohatlar izchil 
kechayotgan mamlakatlarga yo‘l olishadi. Masalan, mavsumiy ishchilar va biror 
korxona ishchi-jamoasi Lotin Amerikasidan Argentina va Meksikaga boradi. 
Shuningdek, Nigeriya, Janubiy Afrika resupublikasi (JAR), Fil suyagi 
qirg‘og‘i
kabi mamlakatlariga mavsum chog‘i paytida barcha immigrantlarning 50% i 
ko‘chib kelishadi. Ammo, siyosiy «o‘yin»lar kechayotgan ayrim mamlakatlarda 
buning aksi vujudga keladi. Masalan, 1991 yilgi Fors ko‘rfazida bo‘lgan urush 
oqibatida salkam 1 mln. dan ortiq
misrlik aholi Iroqdan, 800 mingga yaqin 
yamanlik aholi Saudiya Arabistonidan, 500 ming atrofida falastin va iordaniyalik 
aholilar Quvaytdan ko‘chib ketishadi. Keyinchalik ularning o‘rnini 
Hindiston
va 
Misrdan kelgan immigrantlar egalladi. 
Yangi sanoatlashayotgan mamlakatlar. Ishchi kuchlar migratsiyasi asosan 
Janubi-sharqiy Osiyo (Malayziya, Janubiy Koreya va boshq
.
) da ko‘pchilikni 
tashkil etadi. Asosan ish mavsumi paytlarida bu yerga Meksikadan va 
rivojlanayotgan Osiyo mamlakatlaridan 
ham 
ish izlab keluvchilarning soni ortib 
boradi.


174 
Jahonda ishchi kuchlarini o‘ziga jalb 
qiluvchi
markazlardan biri-Avstraliya 
sanaladi. 
Har
yili bu yerga 200 mingdan ziyod immigrantlar ishlash uchun 
kelishadi. 
Hozirgi kunda Yevrosiyoda ishchi
kuchlarini o‘ziga tortuvchi yangi 
markaz-Rossiya Federatsiyasi bo‘lib kolmokda. Bu yerda 
qonuniy
mehnat 
qilayotgan
immigrantlarning umumiy soni 
qariyib bir million kishidan 
ziyodni 
tashkil etadi. 
4.§. Xalqaro ishchi kuchlarini boshqarish 
Albatta, xalqaro ishchi kuchlari migratsiyasi ko‘p 
hollarda
davlat va 
davlatlararo boshqaruvida ma’lum muammolarni keltirib chiqaradi. Bu masalaga 
davlat aralashuvi xalqaro savdoni boshqarishdan ancha ilgari xalqaro mehnat 
bozori tashkil etilgandayoq amalga oshgan edi. Chunki u mamlakatdan bu 
mamlakatga o‘tgan fuqarolar albatta biror tushunmovchiliklar oqibatida 
muammoni yuzaga keltiradi. Shu bois, XVIII asrdayok davlat chegaralaridan 
immigrantlarni o‘tkazmaslik bo‘yicha 
qat’iy
qonun
ishlab chiqilgan. Bunga yaqin 
o‘xshash 
qonunlar
XIX asrda 
ham
ko‘pgina Yevropa mamlakatlarida amal 
qilingan
. Ammo 
hozirgi
kunda dunyoning barcha yirik mamlakatlari o‘z ichki 
mehnat
bozorlarini to‘ldirish, iqtisodini mustaxkamlash uchun immigrant va 
emigrantlar uchun 
hamda
ularni 
qonuniy
boshqarish uchun tartib-
qoidalar
ishlab 
chiqib, yo‘llarni ochganlar.
Ko‘pgina mamlakatlarda milliy 
hokimiyatlar
migratsiya jarayoniga faol 
nazar solayotirlar. Ular boshqarayotgan tartiblarga ko‘ra nafaqat immigrantlarning 
umumiy soni, kasb-kori, yoshi etiborga olinayotir, balki ularni shu yerga doimiy 
kelib ishlashlarini taminlovchi 
qonun
-
qoidalarga
ham 
amal 
qilinmokda

Ishchi kuchlari import 
qilinayotgin
mamlakatlarda davlat migratsiyasi 
boshqaruvi tizimida 
qo‘yidagi
elementlar e’tiborda bo‘ladi: 

immigrantlar uchun yuridik, siyosiy va kasbiy 
qonunchiliklarni
joriy 
etish; 

milliy immigratsiya xizmati; 

migratsiya mavjud bo‘lgan davlatlar o‘rtasida kelishuvni amalga 
oshirish.
Odatda davlvt boshqaruvi byudjet bo‘yicha moliyalashtirilgan 
holatda
xorij 
ishchi kuchlarini jalb etishga kirishiladi. Shuningdek, immigrantning shartnoma 
vaqti tugagach o‘z uyiga 
qaytishi
kafolatlanadi.
Yirik ishchi kuchlari migratsiyasidan foydalanayotgan mamlakatlarda 
immigrantlar bilan yaxshi munosabatda bo‘lishadilar. 
Birinchidan, ishchining mutaxassisligi, bilimi, yoshi, salomatligi inobatga 
olinib, ularga erkin ishlashlari uchun 
qulay
shart-sharoitlar yaratib berishdilar. 
Yuqorida ta’kidlaganimizdek, ish bo‘yicha tuzilgan ikki tomonlama shartnoma 
(kontraktlar) muddati tugagach, unga maoshidan tashqari moddiy konpensatsiya va 
uning mamlakatiga 
ham
immigratsiya yordami sifatida pul mablag‘i o‘tkazadi. 


175 
Immigratsion siyosat bevosita immigratsiya milliy xizmati, ya’ni mehnat 
vazirligi, adliya yoki ichki ishlar 
hodimlaridan
tashkil topgan nufuzli xizmat orqali 
nazorat 
qilinadi
. Bu organ 
ham
federal migratsiyasi xizmati singari faoliyat 
yuritadi. 
Nazorat savollari 
1.
«Ishchi 
kuchi 
migratsiyasi», 
«Emigratsiya», 
«Immigratsiya», 
«Reemigratsiya», «Migratsiya-saldosi», «Aqlli muhojir» tushunchalarini 
izohlab bering. 
2.
Xalqaro ishchi kuchlari migratsiyasining iqtisodiy maqsadli va noiqtisodiy 
sabablarni aytib bering. 
3.
Jahon iqtisodiyoti uchun migratsiyaning 
qanday
iqtisodiy samaralari 
mavjud? Ular to‘g‘risida
gapirib bering.
4.
Ishchi kuchlari eksportining mamlakat iqtisodiyotiga ta’siri 
qanday

5.
Ishchi kuchlari importining mamlakat iqtisodiyotiga ta’sirichi? 
6.
Ishchi kuchlarini o‘ziga jalb etuvchi asosiy markazlar nomini ayting va izoh
bering

7.
Davlat tomonidan boshqariladigan immigrantlikning asosiy xususiyatlarini 
ayting. 
8.
Reemigratsiya davlat boshqaruvi 
qanday
imkoniyatlar beradi? 


176 
XVIII Bob. JAHON XO‘JALIGIDA XALQARO KORPORATSIYALAR 
(MONOPOLIYALAR) 
1.§. Transmilliy korporatsiya (TMK) larning mohiyati,
turlari va vujudga kelish sabablari 
Transmilliy korporatsiyalar (TMK) BMT ekspertlari fikricha «Jahon 
iqtisodiyotining dvigateli» 
hisoblanadi
. Ayni paytda jahonda 40 mingdan ziyod 
TMK lar faoliyat ko‘rsatadi. Ular taxminan 250 ming xorij korxonalariga ega. 
Transmilliy korporatsiyalarning asosiy 
qismi
AQSH, Yevropa Ittofoqi va 
Yaponiyada tashkil topgan. Transmilliy korporatsiyalar dunyo sanoat 
mahsulotlariining 40 % ini, xalqaro savdo 
hajmining
teng yarmini ishlab 
chiqaradi. Umumiy ishlab chiqariladigan mahsulotlar 
hajmida
TMK korxonalari 
ulushi 
har
yili 1 trln. dollarga teng. Ularda 75 mln.ga yaqin ishchi-xodimlar 
faoliyat yuritadi. Bu degani dunyodagi ishga yaroqli aholining 
har
o‘ntasidan biri 
TMK korxonalarida ishlaydi, deganidir. 
Xo‘sh, transmilliy korporatsiyalar o‘zida nimalarni aks ettiradi, ularning 
tarkibiga 
qaysi
korxonalar kiradi? BMT mana bir necha yildirki xalqaro
korporatsiyalar faoliyati bilan 
qiziqib
keladi. Shu bois unga tovar aylanmasi yillik 
100 mln. dollarni tashkil etadigan ko‘plab korxona va firmalar murojaat etadi. 
Ularning filiallari bugungi kunda 6 mamlakatda tashkil etilgan. Dastlabki BMT 
yirik korporatsiyalar faoliyati bilan 
qiziqib
, ularni o‘z a’zoligiga olgan bo‘lsa, 
endilikda bunday korxonalar bu nufuzli uyushmaga a’zo bo‘lish uchun yelib-
yugurayotirlar. Bunda transmilliy korporatsiyalar orasida Shvesariyaning «Nestle» 
firmasi yetakchilik 
qilmokda

BMT metodologiyasidan bilish mumkinki, xalqaro korporatsiyalar o‘z 
aktivlarini 
ham
TMK ga yo‘naltirayotirlar. 
Hozirda
TMK lar o‘rtasida yuqori 
aktivga ega muassasa, bu – transmilliy banklar sanaladi, ya’ni bular – «Royal-
Datch shell» ingliz-golland konserni, 
hamda
AQShdagi «Ford», «Jeneral-Motors», 
«Ekson» va «IBM» lardir.
Xalqaro monopoliyalar ta’rifi. G‘arb iqtisodiyoti adabiyotlarida ko‘pgina 
xalqaro monopoliyalar mavjud, degan iboraga ko‘zingiz tushadi. Bular-transmilliy 
korporatsiyalar, baynalminal korporatsiyalar, transmilliy kompaniyalar, global 
kompaniyalar va boshqalar. Taniqli amerikalik marketing fani bilimdoni F.Kotlyar, 
xalqaro kompaniyalar tashkil topishi jihatidan to‘rt turga bo‘linadi, degan edi: 
ular-global kompaniya, trans milliy kompaniya, ko‘p millatli kompaniya va 
baynalminal kompaniya. 
Rossiyalik iqtisodchilar 
ham
ularni odatdagicha tasnif etadilar. Transmilliy 
korporatsiyalar-bu xorij aktivlaridan tashkil topgan milliy monopoliyalar bo‘lib, 
ularning mahsulot ishlab chiqarishi va savdo faoliyati bir mamlakatdan tashqarida 
amalga oshiriladi.
AQSH korporatsiyalari aksiyadorlik jamiyat deb yuritiladi. Aksariyat 
qo‘shma
TMK larning Amerika kompaniyalari bilan 
qo‘shilganiga
xalqaro
maydonda shu nom bilan yoyilishi kuzatilmokda. 


177 
Bu tuzilmalar rivojlanayotgan mamlakatlarda arzon ishchi kuchlari, kapital 
va zamonaviy texnologiyalar bilan ta’minlash umumlashtirish uchun asosiy vosita 
bo‘ldi. Uning tarkibidagi kompaniyalar alohida, mustaqil ravishda mahsulot ishlab 
chiqaradilar, ilmiy-tadqiqot ishlari olib boradilar, ista’molchilarga xizmatlar 
ko‘rsatadilar va 
hakazo

Ular bir butun bo‘lib yoxud yagona yirik ishlab chiqarish, sotish majmuasi 
sifatida va mulkdorlarning aksiya kapitallari yig‘ilmasi bilan yagona TMK ga 
birlashishlari mumkin. Bunday paytda 
ham
kompaniya filiallari va sho‘’balari 
qo‘shma
korxonalar tashkil etishlari mumkin bo‘ladi. 
Ko‘p millatli korporatsiyalar (KMK) – bu xususiy bo‘lgan Xalqaro
korporatsiyalardir. Bunda ikki mamlakatning umumiy strategik maqsadlarga 
erishishini ko‘zlagan 
qo‘shma
milliy kompaniyalar mavjud. Masalan, 1907 yilda 
tashkil topgan ingliz-golland konserni – «Royal-Datch shelll». Bu ikki millatning 
bu korporatsiyadagi kapitali 60 ga 40 sanaladi. Ko‘pmillatli korporatsiyalar 
tarkibiga mashhur va yirik Yevropaning Shveysar-shved «AVV» (Asia Bromn 
Bovary) kompaniyasini 
ham
qo‘shish
mumkin. Bu 
qo‘shma
korporatsiya 
mashinasozlik va elektr-muhandislik xizmatlarini amalga oshiradi va uning filail 
va 
qo‘shma
korxonalari MDH davlatlarida 
ham
mavjud. Yevropadagi yana bir 
yirik ko‘pmillatli korporatsiya ingliz-golland konserni 
hisoblangan
«Yunilever» 
dir. 
Ko‘pmillatli korporatsiyalar o‘zida 
quyidagi
xususiyatlarni aks ettiradi: 

naqd bo‘lgan ko‘p millatli aksiyadorlik kapitalini; 

mavjud ko‘pmillatli markazlar boshqaruvini; 

mahalliy shart-sharoitlar ma’muriyatining jamlashni. 
Oxirgisi, ko‘pgina transmilliy korporatsiyalarga xos bo‘lmagan tomonlari 
mavjud. Umuman olganda ko‘pmillatli korporatsiyalar o‘rtasida chegara amal 
qilinadi
, faqatgina u firmaga ish yoki mahsulot eltish yuzasidan borilganda chegra 
bo‘lmaydi, xolos. 
Transmilliy korporatsiyani xalqaro kompaniyalar orasida keng tarqalgan 
global korporatsiyalar to‘ldiradi. Ular XX asrning 80-yillarida ancha kuchaydi. 
Global korporatsiyalar o‘zlarida dunyo moliya kapitalining barcha 
qudratlarini
aks 
ettirgan. U ko‘pgina sohalarni, ya’ni ximiyaviy, elektrotexnika, elektronika, neft, 
avtomobil, axborot, bank tarmoqlarini globallashtirmoqda, ya’ni dunyo miqyosida 
ko‘paymoqda. 
Transmilliy korporatsiyalarning vujudga kelish sabablari milliy davlat 
chegaralarida mahsulotlar ayirboshlash va sotish, o‘tkazishda baynalminallik 
an’analarini ro‘yobga chiqarishda ko‘riladi.
Mahsulotlarning erkinlashuvi va baynalminallashuvi chegaralarda yirik 
kompaniyalarni tashkil etilishiga va transmilliy korporatsiyalarning tobora 
iqtisoddan baquvvat va rivojlanishiga sabab bo‘lmoqda. Kapitallarning 
almashinuvi esa xalqaro korporatsiyalar taraqqiyotida alohida vosita bo‘lib xizmat 
qilmoqda

TMK ning vujudga kelishini aniq sababi – yuqori daromad ko‘rishlikda, 
desak bo‘ladi. Shuningdek, mustahkam raqobat, mahsulot va pul mablag‘ 
TMKning vujudga kelishini ta’minladi. 


178 
2.§. Transmilliy korporatsiyalarning o‘ziga xos xususiyatlari 
Transmilliy korporatsiyalar o‘ziga xos xususiyatlarga ega bo‘lib, ular 
xalqaro mehnat taqsimoti va uning rivojlanishida faol rol o‘ynaydi. TMK xalqaro
mahsulot tizimida dunyoning ko‘plab mamlakatlarida mahsulot ishlab chiqarishni 
va xizmat ko‘rsatuvchi sho‘’ba kompaniyalar tashkil etishni amalga oshiradi.
TMK yuqori texnologiyali tarmoqlar, yuqori ilmiy salohiyat natijasida 
vujudga keladigan mahsulotlarni ko‘proq ishlab chiqaradiki, bunga bo‘lgan 
mijozlar 
ham
ixtisoslashgan shaxslar bo‘ladi. Buning natijasida bu sohalardagi 
xalqaro korporatsiyalarda monopollik ruhi 
hukm
suradi. 
XX asr oxirlarida jahondagi rivojlangan mamlakatlar ishlab chiqargan 
sanoat mahsulotlarining to‘rtdan uch 
qismi
2000 ta yirik korporatsiya ulushiga 
to‘g‘ri keldi. Ularning yuzdan ortig‘i 50-80 % mahsulot turlarini ishlab chikardi. 
Bu transmilliy korporatsiyalar ichki va tashqi savdoda 
ham
katta nufuzga egadir. 
Eng baquvvat sanalgan 500 ta TMKlar xorij investitsiyasi ulushining 4 dan 3 
qismiga
egalik 
qiladi
. Bu gigant TMK lar dunyodagi mavjud elektronika va ximiya 
mahsulotlarining 5 dan 4 
qismini
, farmatsevtika mahsulotlarining 10 dan 9, 
mashinasozlik mahsulotlarining 10 dan 8 
qismini
ishlab chiqaradi. 
2004 yil ma’lumotlariga 
qaraganda
, dunyo xo‘jaligida 600 tadan ortiq
TMKlar 
hukmronlik
qilgan
. Ularning 300 tasi dunyo yalpi mahsulotining 4 dan 3 
qismini
ishlab chiqargan va o‘z mahsulotlari va xizmatlari – nurini keskin 
ko‘paytirgan. Masalan, «Volvo» nomli shved avtomobil konserni 
hozirgi
kunda 
nafaqat jahonda mashhur bo‘lgan avtomobil ishlab chiqarish bilan kifoyalanayapti, 
balki u Shvesiyaning o‘zida 30 dan ortiq yirik sho‘’ba kompaniyalari va o‘ndan 
ortiq
davlatlardagi korporatsiyalari katerlar uchun dvigatellar, aviatsiya motorlari, 
hatto
pivo mahsulotlari ishlab chiqarmoqda. Shu bilan birga, AQShdagi 500 ta eng 
yirik TMKlar 11 xil o‘rta tadbirkorlik sohalarida va 30-50 ta kuchli sohalarda 
faoliyat ko‘rsatmoqda. Yoki 100 xil sanoat guruhlarida ish yuritayotgan firmalar 
Angliyada jami 96 sohada, Germaniyada – 28, Fransiyada – 84, Italiyada esa 90 xil 
soahalarda mahsulot tayyorlash bo‘yicha yetakchi sanalishadi. Muhimi, ularning 
soni va harakteri iqtisodiy jihatdan maqsadga muvofiqdir. 
TNKlarning kuchli mahsulot bazasi mo‘ljali yuqori samara beruvchi 
mahsulot bozorini vujudga keltirib, ana shunday mahsulot ishlab chiqarish - savdo 
siyosati yurgizishni ko‘zlaydi. Shuningdek uning rejasida kompaniyalar tuzish va 
firmalar tashkil etish masalasi 
ham
bor. 
Transmilliy korporatsiyalar xalqaro maydonda ilmiy-tadqiqot ishlari va 
kapitallar rivoji bo‘yicha siyosiy dinamika vazifasini o‘taydi. Masalan, 
«Elektrolyuks» transmilliy korporatsiyasini olaylik. U ayni paytda dunyo 
bozoridagi maishiy elektro mahsulotlar va sanoat texnologiyasining 25 %ini o‘z 
qo‘lida
ushlab turibdi. 1912 yilda tashkil etilgan bu shved kompaniyasi XX asrning 
20–yillardayoq Astraliya va Yangi Zelandiya bozorini o‘z mahsuloti bilan egallab 
olgandi. So‘nggi o‘n yilda esa «Elektrolyuks» «Uayt Konsolideyted» 
kompaniyasini, AQShda esa maishiy texnika ishlab chiqaradigan «Vestingauz», 
«Gibson» kompaniyasini, shuningdek, yirik elektr tovarlari ishlab chiqaradigan 


179 
«Zanussi» (Italiya va barcha janubiy Yevropada mavjud) 
hamda
elektr tovarlari 
ishlab chiqaradigan «AEG» (Germaniyada) kompaniyalarini o‘ziga 
qo‘shib
oldi. 
Bu firmalarning 
qo‘shilishi
natijasida «Elektrolyuks» dunyoda o‘zi ishlab 
chiqarayotgan mahsulotlar tarmog‘i bo‘yicha lider bo‘ldi. 75 mamlakatni 
elektrotexnika mahsulotlari va xizmatlari bilan ta’minlab kelmoqda. 90 yillar 
oxirida bu TMKlarning barcha korxonalarida 110 ming dan ziyod kishi mehnat 
qilib
va uning yillik mahsulot 
hajmi
16 mlrd. AQSH dollarini tashkil etadi. 
3.§. Jahon xo‘jaligida TMKlarning tutgan o‘rni va roli 
Ma’lumki, TMKlar o‘z faoliyatini kengaytirish orqali jahon bozorida yangi 
shakllarni o‘zlashtiradi. Bu shakllar TMKlarga a’zo bo‘lmagan firmalar bilan 
aloqallar o‘rnatish, shartnomalar imzolash munosabatlari bilan amalga oshiriladi. 
Endi bunday firmalar TMKlarning odatdagi iqtisodiy variantlariga tanlashlari 
mumkin bo‘ladi: 

litsenziyalash; 

franchayzing; 

boshqariladigan kontraktlar; 

texnik va marketing xizmatlarga e’tibor 
qaratish


«kaliti bilan» sanalgan korxonalar o‘rtasida aloqalar o‘rnatish; 

ko‘shma korxona tashkil etish bo‘yicha kelishuvlar va alohida amalga 
oshiriladigan operatsiyalardagi cheklovga rioya 
qilish

Litsenziya bitimi yuridik shartnoma bo‘lib, litsenziya egasi o‘ziga tegishli 
hududda
bemolol faoliyat yuritish imkoniyatiga ega bo‘ladi. Litsenziya 
munosabatlari soddalashtirilgan bo‘lib, bu 
hujjat
ichki firma shartnomasidagi kabi, 
tashqi texnologik yo‘nalishlarda 
ham
to‘la-to‘kis kuchga ega 
hisoblanadi

Litsenziya bitimining asosiy ko‘rinishi franchayzing (franshiza) deb 
yuritiladi. 
Franchayzing – bu litsenziyaviy bitim, davomiylik asosidagi muddatga ega. 
U ishlab chiqaruvchining o‘z mahsulotini biron-bir firma yoki korxonaga sotish 
huquqini
berishi va mahsulotni sotish 
huquqiga
ega bo‘lgan savdo firmasi yoki 
korxonasi. Franchayzing biznesni tashkil etish va amalga oshirish usuli sifatida 
1990 yillar oxirida ko‘plab rivojlangan va rivojlanayotgan TMKlarning bu shakli 
boshqaruv va marketing xizmatlariga e’tiborni kuchaytirishni talab etgan. 
Texnik ko‘maklashish 
haqidagi
shartnomaga ko‘ra TMKlar mavjud
firmalarga texnik xizmatlar ko‘rsatish va ular faoliyati nuqtai nazaridan zarur 
yordamni beradi. Aksariyat bitimlar mashina va texnologiyalarni profilaktik 
ta’mirlash, «nou-xou» ni amalga oshirishga maslahat berish, xavf-xatarlarning 
oldini olish va sifatli nazorat o‘rnatish borasida tuziladi. 
Eng yirik bitimlar zavodlarning «kaliti bilan» deb nomlangan iqtisodiy 
aloqallari bo‘yicha tuzilishi kuzatilmoqda. Bu 
holatda
TMKlar o‘z zimmasiga 
firmaning barcha faoliyatini yuzaga chiqarish, rejalashtirish yoki kurish uchun 
zarur bo‘lgan ob’ektlarning saqlanish javobgarligini oladi. 


180 
Transmilliy korporatsiyalar xalqaro iqtisodiy munosabatlar tizimida 
mehnatni yuqori baholash bo‘yicha jahon xo‘jaligi taomiliga mos bo‘lgan tarzda 
asosiy rol o‘ynaydi. Barcha TMK lardagi yirik xorij investitsiyalari 
hozirgi
vaqtda 
savdodan ko‘ra bandlik masalalariga ko‘proq jalb etiladi. TMKlar 
hozirda
dunyodagi barcha xususiy sektorga tegishli investitsiyalarning 90% dan ko‘proq 
ulushini o‘z nazoratiga olgan. 
TMKlar mahsulotlari tizimi sohasi yetarlicha keltirilgan. Dunyodagi 60 % 
xalqaro kompaniyalar mahsulot ishlab chiqarish bilan, 37 % i xizmatlar ko‘rsatish 
bilan, 3% i esa 
qazib
olish sanoati va 
qishloq
xo‘jaligi sohasi bilan band. 
Amerikada chiqadigan «Fortun» jurnali ma’lumotlariga ko‘ra, dunyodagi 
500 ta yirik TMKlar o‘rtasida to‘rtta kompleks asosiy rol o‘ynaydi. Bular: 
elektronika, neftni 
qayta
ishlash, ximiya va avtomobilsozlik. Ular 500 ta TMKlar 
ichida bu mahsulotlarni sotish bo‘yicha 80 % ulushga ega. 
TMKlarning xalqaro iqtisodiy munosabatlardagi rolida 
hududiy
– 
sohalarga investitsiya kiritish bilan 
ham
alohida harakterlanadi. 
Qoidadagidek
, ular 
asosan «yangi sanoati rivojlanayotgan mamlakatlar» 
hamda
taraqqiy etayotgan 
davlatlarga sanoat sohasida 
qayta
qurishni
jadallashtirish uchun kapital ajratmoqda. 
O‘z-o‘zidan bu 
holatda
kapital oluvchi mamlakatlar o‘rtasida investitsion rakobat 
yuzaga kelmoqda. 
Qashshoq mamlakatlar uchun transmilliy korporatsiyalar ko‘proq 
qazilma
sanoat tarmoqlari va mahsulot eksporti yo‘nalishiga mablag‘ kiritadi. Bu 
holatda
ham
jadal raqobat yuzaga keladi. Fakat bu raqobat mahalliy bozorlarni mahsulotlar 
bilan to‘ldirish uchun TMK larning o‘zlarida vujudga keladi. 
TMKlar barcha jabhalarda xalqaro iqtisodiy aloqallar tizimida u yoki bu 
mamlakat uchun ular takdirini belgilovchi faktor sifatida gavdalanadi. Faol ishlab 
chiqarish, investitsiya, savdo yo‘nalishida TMKlar ular uchun katta ko‘mak 
bo‘luvchi dastak rolini bajaradi. BMT ekspertlari ta’kidlashicha, dunyo iqtisodiy 
integratsiyasiga ko‘shilishda bu mamlakatlar uchun TMK larning ahamiyati 
bekiyos. 
TMKlar ayrim davlatlar an’analariga buysunmay u sohaga bostirib kiradi – 
degan edi BMT eksperti YUNKTAD ya’ni, BMTning savdo va taraqqiyot 
bo‘yicha konferensiyasida. Darhakikat, TMKlarning faoliyati integratsiyalashuv, 
chegaralararo baynalminallik va shular orqali yuqori foydaga ega bo‘lishdan 
iborat. 
O‘z o‘rnida TMKlar 
harakatining
jahon xo‘jaligi va xalqaro iqtisodiy 
munosabatlarda 
ham
ijobiy, 
ham
salbiy ta’sirlari mavjud. Bu borada mutaxassislar 
quyidagicha
fikrlaydilar: 

davlatning siyosiy – iqtisodiy munosabatiga TMKlar o‘z faoliyati bilan 
zid yuradi; 

davlat 
qonunlari
buzuladi, 
qo‘l
kuchi transferter bahosini 
nomutanosiblashtiradi. Qator mamlakatlarda tashkil etilgan TMKlar 
sho‘’ba kompaniyalari milliy 
qonunchiliklarni
pisand etmaydi, aksincha 
mamlakat ichidagi soliq muammolariga 
ham
salbiy ta’sir ko‘rsatadi; 

rivojlanayotgan mamlakatlarda monopolistik baho joriy etadi, 
diktaturaga xos sharoit vujudga keltiradi. 


181 
Xullas, trasmilliy korporatsiyalar – bu ancha murakkab va doimo xalqaro
xo‘jalik aloqalari tizimida rivojlanib boruvchi xususiyatni talab etuvchi 
hamda
doimiy ravishda xalqaro nazoratni, o‘zlashtirib borishni va e’tiborni 
qaratishni
talab 
qiladigan
uyushma, birlashma 
hisoblanadi

4.§. Erkin iqtisodiy zonalar (

Yüklə 1,48 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   18   19   20   21   22   23   24   25   ...   48




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin