O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim



Yüklə 1,48 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə21/48
tarix24.10.2023
ölçüsü1,48 Mb.
#160072
1   ...   17   18   19   20   21   22   23   24   ...   48
8-y-JAHON-IQTISODIYOTI-VA-XALQARO-IQTISODIY-MUNOSABATLAR-2008-O‘quv-qo‘llanma-X.-M.-MAMATQULOV

hamkorligi
(1981y) – Bahrayn, Quvayt, Ummon, Qatar, Saudiya 
Arabistoni, BAA; And umumiy bozori (1990) – Boliviya, Kolumbiya, Ekvador, 
Peru, Venesuela; Lotin Amerikasi integratsion assotsiatsiyasi – LAIA (1990y) – 
Argentina, Boliviya, Braziliya, Chili, Kolumbiya, Ekvador, Meksika, Peru, 
Urugvay, Venesuela; Janubiy konusning MERKOSUR umumiy bozori (1991y) – 
Argentina, Braziliya, Paragvay, Urugvay; Karib 
hamjamiyati
va KARIKOM bilan 
Karib mumiy bozori (1993y) – Antigua va Barbuda, Bagam orollari, Barbados, 
Beliz, Dominika, Grenada, Gayana, Yamayka, Monserrat, Sent-kits va Navis, 
Sent-Lyusiya, Sent-Vinsent va Grenadinalar, Trinidad va Tobago. 
Iqtisodiy ittifoq – integratsiyaning oliy formasi bo‘lib, bunda 
qatnashuvchi
mamlakatlar o‘z iqtisodiy siyosatlarini, shu jumladan pul, soliq va ijtimoiy 
siyosatlarini, shuningdek savdoga 
hamda
ishchi kuchi va sarmoya ko‘chib 
yurishiga nisbatan siyosatni muvofiqlashtiradilar. Unda bojxona tariflari, tovar va 
ishlab chiqarish faktorlari, mikroiqtisodiy siyosat koordinatsiyalari, valyuta, 
byudjet, pul sohalarida 
qonunchilikning
unifikatsiyasi ko‘rib chiqiladi. 
Dunyoning iqtisodiy ittifoqiga – Yevropa 
hamjamiyati
(YES), keyinroq 
Yevropa itifoqi (1993y) a’zo bo‘ldi. 
Hozirgi kunda Yevropa ittifoqqiga
27 ta 
mamlakatlar 
qo‘shilgan
. Ular 
quyidagilar
hisoblanadi
: Avstriya, Belgiya, 
Bolgariya, Vengriya, Germaniya, Gresiya, Daniya, Irlandiya, Ispaniya, Italiya, 
Lyuksemburg, Litva, Latviya, Kipr, Niderlandiya, Portugaliya, Polsha, Ruminiya, 
Sloveniya, Slovakiya, Serbiya, Fransiya, Finlyandiya, Shvesiya, Chexiya, 
Estoniya, Harvatiya. Benilyuks iqtisodiy ittifoqi (1948y) - Belgiya, Niderlandiya, 
Lyuksemburg. Mustaqil Davlatlar 
hamdo‘stligi
(MDH) 1992 y. - Armaniston, 
Ozarbayjon, Belorus, Ukraina, Gruziya, Qozog‘iston, Qirg‘iziston, Moldova, 


165 
Rossiya, Tojikiston, Turkmaniston, O‘zbekiston. Mag‘rib arab ittifoqi (1989y) – 
Jazoir, Liviya, Mavritaniya, Marakko, Tunis. Lagos 
harakat
rejasi (1973) – Afrika 
janubidan Saharagacha bo‘lgan mamlakatlar. Manu daryosi itifoqi (1973)-Gvineya, 
Liberiya, Sverra-Leone. G‘arbiy Afrika iqtisodiy va valyuta ittifoqi (1994y) – 
Benin, Burkina-Faso, Kot-d Ivuar, Mali, Niger, Senegal, Togo. 
To‘liq iqtisodiy integratsiya – a’zo mamlakatlar guruhlari yagona iqtisodiy 
siyosatini o‘tkazilishida 
qarab
chiqilgan tiplari aralashadi. Ular integratsion ittifoq 
chegarasida 
huquqiy
qonunchilikning
unifikatsiyasini talab 
qiladi
. To‘liq iqtisodiy 
integratsiya barcha a’zo mamlakatlar uchun valyuta siyosatini talab 
qiladi
. Yagona 
valyuta munosabatlarida yagona valyuta tizimi va yagona valyuta mexanizmi 
mavjud. Yagona valyuta, valyuta nazoratining yagona 
qoidalari
, umumiy markaziy 
bank va boshqalar kiradi. Shuni ta’kidlash kerakki, integratsion jarayonlar 
makroiqtisodiy darajada 
ham
, mikro iqtisodiy darajada 
ham
muhim harakterga ega. 
Shuning uchun bu integratsiyaning ikki darajasi parallel ravishda o‘tadi. Ular ko‘p 
kesishmaydi, bir-biri bilan yaqinlashadi va bir-birini to‘ldiradi. Integratsiyaning 
makroiqtisodiy darajasini egallash an’anasi aniq integratsion guruhga a’zo 
mamlakatlar davlatlararo iqtisodiy munosabatlarini nazorat 
qilishni
ko‘chaytirishga 
to‘la mos keladi. Yo‘nalishlarning turli shakllari, makro va mikro integratsiyaning 
mos kelishi iqtisodiy jihatdan 
ham
, integratsion birlashuv jihatdan 
ham
harakter
kasb etadi. U yoki bu iqtisodiy integratsiya tiplarining yaratilishi va amal 
qilishida
siyosiy faktorlar 
ham
katta ta’sir ko‘rsatadi.
3.§.Xalqaro integratsiya taraqqiyotining asosiy bosqichlari 
Dunyo xujaligi tizimida iqtisodiy integratsiyalar jarayonlari G‘arbiy 
Yevropada ancha yuqori darajada taraqqiy etdi. Bu boradagi rivojlanish va 
madaniyat Yevropa Ittifoqida 1951 yilda boshlandi. Shu yilning aprelida 6 ta 
mamlakat, ya’ni-Fransiya, Germaniya, Italiya, Lyuksemburg, Belgiya va 
Niderlandiya o‘rtasida ko‘mir va po‘lat ishlab chiqaruvchi Yevropa 
hamkorligi
(YEOUS) shartnomasi imzolandi. Bu G‘arbiy Yevropa integratsiyasi 
tarixida o‘ziga xos ma’no kasb etdi. To‘g‘ri, bu 
hududning
integratsiyalashuv 
munosabatlari rivoji 1957 yilda, ya’niki ushbu mamlakatlar o‘rtasida Yevropa 
iqtisodiy 
hamkorligi
(YEIH) 
hamda
Yevropa atom energiyasi 
hamkorligi
(Yevrotom)ni tuzish bo‘yicha shartnoma imzolangandan keyin avj oldi. Shundan 
keyin, ya’ni 1960 yilda bu shartnomaga zid bo‘lgan Buyuk Britaniya, Avstriya, 
Daniya, Norvegiya, Portugaliya, Shvesiya, Shvesariya mamlakatlari o‘rtasida 
imzolangan Yevropa erkin savdo assotsiatsiyasi (YEESA) bitimi bekor 
qilinadi

G‘arbiy Yevropa iqtisodiy integratsiyasi taraqqiyoti jarayonini to‘rt 
bosqichga bo‘lib o‘rganish mumkin. 
Birinchi bosqich (XX asrning 50 yillar oxiri va 70 yillar boshi) Yevropa 
iqtisodiy 
hamkorligiga
a’zo mamlakatlar o‘rtasida ayrim savdo mahsulotlaridan 
olinadigan poshlinalarning doimiy ravishda o‘zgarib turishi, bojxona ittifoqining 
tashkil topishi, 
hamda
yagona boj siyosatini yurgizish va savdo borasida yagona 
boj tariflarini amaliyotga tadbiq etish bilan harakterlanadi. Uchinchi mamlakat 


166 
bilan 
ham
savdo munosabatlari yaxshilangan. Boj to‘lovlari borasida erkin 
harakterlanish nafakat mahsulot sotuvida, balki kapital, ishchi kuchlari, xizmatlar 
va shu kabilarda 
ham
o‘z aksini topdi. Shuningdek, bu mamlakatlar o‘rtasida erkin 
ishchi kuchlari va ularning erkin yashashlari uchun zarur sharoitlar yaratib berildi. 
1960 yillarning boshida Yevropa ittifoqi
mamlakatlarida 
yagona agrar 
siyosat boshlandi. YEIning bu siyosati tufayli mazkur itifok 
hududi
bo‘yicha 
qishloq
xo‘jalik mahsulotlariga bir xil narxlar belgilandi. Natijada 
hamkorlikka
a’zo mamlakatlar ichki bozorida, shu bilan AQShda 
ham
mahsulot sotish va 
kapital jamg‘arish jarayonlari ancha shiddatli tus oldi. 1973 yilda Yevropa 
iqtisodiy 
hamkorligi
uchta yangi mamlakat, ya’ni Buyuk Britaniya, Irlandiya va 
Daniyalar bilan ko‘paydi. Natijada Yevropada kuchli to‘qqizlik vujudga keldi. 
Ikkinchi bosqich (70-yillar va 80-yillar o‘rtalari) Yevropa Ittifoqi tarixiga 
turg‘unlik va inqirozlik davri sifatida kiritildi. Bu davr G‘arbiy Yevropa 
integratsiyasida asabbuzarlik nomini oldi. YEIHga a’zo mamlakatlarda birdan 
sodir bo‘lgan sanoat mahsulotlari ishlab chiqarilishining tushib ketishi bu 
hamkorlikka
a’zo mamlakatlar o‘rtasida iqtisodiy taraqqiyot nomutanosiblik 
darajasini kuchaytirdi. Faqatgina 1981 yilda YEIga Gresiyaning 
qo‘shilishi
natijasida bu davlatlar o‘rtasida iqtisodiy taraqqiyot biroz mo‘’tadillashdi. 
Yevropa Iqtisodiy 
hamkorligi
(YEIH) yuzaga kelgan iqtisodiy sust 
holatiga
integratsiyalashuv jarayonlaridan imkoniyat 
qidirdi
. Natijada 1979 yilda YEIHda 
Yevropa valyuta tizimi valyuta integratsiyasi jarayonlarini keng ravishda olib bora 
boshladi. 
Uchinchi bosqich (80-yillar ikkinchi yarmi va 90-yillar boshi) keyingi 
yillarda integratsiya jarayonlari muvaffaqiyatli kechgani natijasida YEIH ga a’zo 
davlatlar soni 12 taga yetgani bilan harakterlanadi. Ya’ni, 1986 yilda bu 
hamkorlikka
Ispaniya va Portugaliya 
qo‘shildi
. Bu davr 
G‘arbiy
Yevropa 
integratsiyasi taraqqiyotida yangi intilishlar, birikuv Yagona Yevropa akt 
(YAYEA) ini tuzilishi bilan farqlanadi. 
Yagona Yevropa akti YEIHga a’zo davlatlarning umumiy mohiyati 
ittifoqning siyosiy va iqtisodiy ko‘rinishi moliya-valyuta va gumanitar 
hududlarda
ham
integratsiyalashuvning yuqori darajasiga ko‘tarilishidan dalolat beradi. 
Yagona Yevropa aktiga binoan 
hamjamiyatga
yangi a’zolar kirganda, 
uyushgan a’zolik 
haqida
shartnoma tuzilganda va uchinchi mamlakatlar bilan 
savdo bitimlari tuzilganda Yevroparlamentining ma’qullashi talab 
qilinadi
. U YEI 
ning eng muhim mohiyati bo‘lgan yagona iqtisodiy kenglik (ichki chegaralarsiz 
hudud
, ya’ni mahsulot, kapital, fukarolik va xizmatlarni erkin bajaruvchi) kabi 
erkin ichki bozorni keng suratda bildiradi. Yana 
ham
aniqrog‘i, a’zo davlatlar 
ittifoqini bir butun xo‘jalik organizmi sifatida kashf etadi. Shunday 
qilib
, uchinchi 
bosqichda YEIH ga a’zo mamlakatlar 1992 yilning oxiridan yagona ichki bozor, 
valyuta – iqtisodiy va siyosiy ittifoqini vujudga keltirib, uni amaliyotda tashkil 
etishdi, desak xato bo‘lmaydi. 
To‘rtinchi bosqich (90-yillar o‘rtalaridan 
hozirgi
vaqtgacha). Yagona 
Yevropa akti tuzilgach, 1993 yil 1 yanvaridan YEIH ichki chegaralarida ancha 
erkin savdo 
harakatlarini
ta’minlovchi shart-sharoitlar yaratiladi. Bu esa 
G‘arbiy
Yevropa iqtisodiy integratsiyasi taraqqiyotida yangi, samarali yo‘lni ochib berdi. 


167 
1992 yil fevraldagi Maastrixt shartnomasining bekor 
qilinishi
1994 yilning 1 
yanvaridan YEI ga a’zo mamlakatlar sonining 15 taga yetishini ta’minladi.
EIH ga a’zo mamlakatlar endilikda yagona Yevropa banki va yagona 
valyuta-Yevroni tashkil etgani kabi yagona ichki bozorni 
ham
vujudga keltirishdi. 
2002 yil yanvaridan boshlab milliy valyuta – Yevro joriy etilgan bo‘lsa, shu 
yilning avgustiga kelib u to‘liq muammolaga kiritildi. Bir vaqtning o‘zida YEI 
davlatlari o‘rtasida ayrim siyosiy va iqtisodiy masalalarni boshqarish 5 ta nufuzli 
siyosiy institutlar 
ham
tashkil etildi. Bular: Yevropa parlamenti, YEI komissiyasi, 
Yevropa soveti, Vazirlar soveti, YEI sudi kabi 
qonun
chiqaruvchi, ijro etuvchi va 
sud 
hokimiyatlaridir

4.§. Jahondagi asosiy 
hududiy
integratsiyalashgan uyushmalar 
Iqtisodiy integratsiyaning ob’ektiv jarayonlari dunyoning boshqa 
hududlarida
ham
rivoj topayotir. Masalan, Lotin Amerikasi, Osiyo va Afrikada 
o‘ttizdan ziyod erkin savdo, boj va iqtisodiy itifoq zonalari faoliyat yuritmokda. 
Iqtisodiy integratsiya rivoj topgan guruhlardan biri-1994 yanvarida AQSH, Kanada 
va Meksika mamlakatlarida tashkil etilgan shimoliy Amerika erkin savdo 
hududi
– 
NAFTAdir. Mazkur blok aholisi 400 mln. dan ortiq va yirik iqtisodiy imkoniyatga 
ega 
hududni
o‘z ichiga olgan. Bu mamlakatlarning yillik mahsuloti va ko‘rsatgan 
xizmati 3 trln. dollardan oshadi. Dunyo savdo 
hajmida
bu mamlakatlar ulushi 
qariyib
20% ni tashkil etadi. 
NAFTA dagi integratsiyalashuv jarayonlari AQSH, Kanada va Meksikadagi 
mavjud texnologiyalar, ishchi kuchlari, kapital va umumiy mol-mahsulot 
bozoridagi 
holatni
YEIga a’zo mamlakatlar bozoriga kiritishni 
ham
o‘z ichiga 
oladi. NAFTA kelishuvining eng muhim vositasi, bu – unga a’zo uchala 
mamlakatdagi mavjud integratsiya munosabatlarida investitsion barerlar 
hamda
integratsiya bo‘layotgan mahsulotlar savdosini 2010 yilgacha zamonaviylashtirib 
borishdan iborat. 
NAFTA kelgusida «Merkosur» (u 1991 yil Argentina, Braziliya, Urugvay, 
Paragvay o‘rtasida tashkil topgan) bloki bilan savdo-iqtisodiy borada 
integratsiyalashuvga ko‘ra, 2020 yillarda AQSH uchun asosiy integratsion 
yo‘nalish 
hisoblangan
–Osiyo-Tinch okeani 
hududi
(ATR)ning «integratsion 
to‘g‘on»ini zabt etish mo‘ljallangan. 
XX asr oxirlariga kelib integratsiyalar jarayonining asosiy kuchi Osiyo-
Tinch okeani (OTOH) 
hududida
birlashdi. Ular o‘zlarida mavjud gigant imkoniyat 
va kuchlar 
hamda
3,5 mlrd.ga ega bo‘lgan aholisi bilan katta 
hududga
ega 
bo‘lishdi. Ushbu 
hudud
hisobiga
hozirda
565 turdagi dunyo yalpi ichki 
mahsulotlarini ishlab chiqarish va jahon
eksporti va importining 45%lik ulushi 
to‘g‘ri kelmoqda.
Osiyo-Tinch okeani 
hududi
integratsion jarayonlarining o‘ziga xos 
xususiyatlari 
quyidagilardan
iborat: 

bu integratsiyaga iqtisodiyoti rivojlangan va rivojlanayotgan davlatlar 
jalb etiladi; 


168 

integratsiya jarayonlari 
hududidagi
mamlakatlar firma va korporatsiyalari 
o‘rtasida asosan makroiqtisodiy darajalarning yuqoriligi; 

integratsiya jarayonlarining maxsus alohida 
hududlarda
yuqori darajada 
kechishi; 

integratsion jarayonlari 
ham
yuqori tayyorgarlikda tashkil etilmagan 
hududlarni
rivojlantirishi; 

mavjud integratsion guruhlarning aniq rasmiylashtirilmaganligidandir. 
Osiyo-Tinch okeani 
hududi
bir 
qator
subregional birlashmalar, ya’ni Janubi-
Sharqiy Osiyo mamlakatlari assotsiatsiyasi (ASEAN). Osiyo-Tinch okeani 
iqtisodiy 
hamjamiyati
tashkiloti (ATES) – Avstraliya, Yangi Zelandiya erkin savdo 
hududi
, Janubi-Tinch okean forumi (YUTF), Tinch okeani iqtisodiy soveti 
(TES)dan tashkil topgan. 
Osiyo-Tinch okeani 
hududi
jarayonlarida asosiy rolni Yaponiya o‘ynaydi. 
So‘nggi yillarda uning yoniga «Osiyo yo‘lbars»lari (Janubiy Koreya, Tayvan, 
Singapur, Gonkong) 
hamda
AQSH va Xitoy 
qo‘shildi

Hozirda
integratsiya 
jarayonlari faollashayotgan yana bir birlashma Janubiy-Sharqiy
Osiyo (
ASEAN) 
mamlakatlari bo‘lib, u 1967 yilda olti mamlakat-Bruney, Indoneziya, Malayziya, 
Filippin, Singapur, Tailand negizida tashkil topgandi. 1995 yilga kelib, ular safiga 
Vetnam 
ham
qo‘shildi
. ASEAN mamlakatlari bir-biri bilan o‘zaro yuqori darajada 
integratsiyalashuvga kirishdilar va shu bilan birga Yaponiya, AQSH, Janubiy 
Koreya, Tayvan va so‘nggi yillarda Xitoy bilan 
ham
bu aloqalarni kuchaytirgan. 
1989 yilda tashkil topgan Osiyo-Tinch okeani iqtisodiy 

Yüklə 1,48 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   17   18   19   20   21   22   23   24   ...   48




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin