hududlar )
Erkin iqtisodiy
hududlar
(EIH) dunyoning ko‘plab davlatlarida keng
yoyilgan. XX asrning oxirlarida dunyoda turli xildagi 4 mingdan ortiq EIH lar
mavjud edi. G‘arb mutaxassislarining fikricha 2004 yilga kelib jahon tovar
aylanmasining 30%i turli erkin iqtisodiy
hududlarda
ro‘y berdi. Xalqaro
korporatsiyalar o‘z faoliyatlari uchun imtiyozli sharoitlarni
qidirib
, EIHlarni ko‘p
foyda olish mumkin bo‘lgan joy sifatida ko‘rishadi. Yirik xalqaro korporatsiyalar
erkin iqtisodiy
hududlarda
o‘z ishlab chiqarishlarini tashkil
qilishni
ekspansiyalarining muhim yunalishi deb
hisoblaydilar
.
Erkin iqtisodiy
hududlar
mamlakatning boshqa
qismlarida
ishlatilmaydigan
imtiyoz va rag‘batlantirishning o‘ziga xos tizimi
qo‘llaniladigan
milliy iqtisodiy
hududning
bir
qismidir
. Odatda EIHlar jug‘rofiy jihatdan u yoki bu darajada
alohida
hududdir
.
Erkin iqtisodiy
hududlar
ularni tashkil
qiluvchilar
tomonidan ochiq
iqtisodiyot tamoyillarini amalga oshirishdagi muhim bosqich sifatida ko‘riladi.
Ularning faoliyat ko‘rsatishi tashqi iqtisodiy faoliyatni faollashtirish va
erkinlashtirish bilan bog‘lanadi. Erkin iqtisodiy
hududlarning
iqtisodiyoti tashqi
dunyoga ochiqligi katta darajada bo‘ladi. Bojxona, soliq va investitsion rejimi esa
tashqi va ichki investitsiyalar uchun
qo‘laydir
.
Erkin iqtisodiy
hududlar
tashkil
qilishning
muhim sabablaridan biri
shundaki, ko‘pincha davlat iqtisodiyotini kapital oqimi uchun to‘liq ochishni,
o‘ziga xos investitsiya oqimini
hamma
joyda ishlatishni istamaydi. Shuning uchun
ham
maxsus
hudud
sifatida
qisman
ochiqlikni ishlatadi.
Erkin iqtisodiy
hududlar
tashkil
qilishda
ikkita konseptual yondoshish
qo‘llaniladi
:
hududiy
va funksional (nuqtali). Birinchi
holatda
hududdagi
barcha
rezident korxonalar xo‘jalik faoliyatida imtiyozlardan foydalanadilar.
Erkin iqtisodiy
hududlarning
eng oddiy ko‘rinishlaridan biri erkin bojxona
(bojsiz)