O‘qituvchining kasbga oid mahoratini shakllantirishda psixologik va pedagogik nazariyalarning ahamiyati. Jahon mamlakatlarida to‘plangan pedagogik ma’lumotlarning umumiy mazmuni. Pedagogik ma’lumotlarni maqsadga muvofiq ajratish ko‘nikmasi va uni to‘g‘ri tanlay bilish mezoni. Ilmiy-pedagogik ma’lumotlarni to‘plashda hisoblash texnikasi va kompyuter xizmatidan foydalanish. Ilg‘or pedagogik tajribani o‘rganishga oid materiallarni to‘plash. Ilg‘or pedagogik tajribani o‘rganish va ularni umumlashtirish usullari.
Pedagogik mahoratni takomillashtirish jarayonida pedagogik ijodkorlik va shaxsiy ilmiy pedagogik izlanishni tashkil etish.
Ilmiy-pedagogik izlanishlar samarasini baholash mezonlari (yangiligi, muhimligi, nazariy va amaliy ahamiyati). Amaliy faoliyatida ilmiy g‘oyalar va pedagogik tajribalardan samarali foydalanish.
Shaxsiy faoliyat tizimini ishlab chiqish. Tizimni aniqlash. Faoliyatning
izchilligi shaxsiy pedagogik faoliyat to‘g‘ri baho bera olish.
Pedagogik faoliyat o‘z mehnatiga ko‘ra ijodiy xarakterga ega. Ma’lumki, inson oldiga biror mammo targandagina ijodkorlikka ehtiyoj tug‘iladi. O‘qituvchilik faolyati ana shunday xususiyatiga ega. Pedagogik ijodkorlikning asosiy mohiyati pedagogik faoliyatning maqsadi va xarakteri bilan aniq. Pedagogik faoliyat kishi shaxsini, uning dunyoqarashi, e’tiqodi, ongi, hulq-atvorini bo‘ysungan son-sanoqsiz pedagogik masalalarini echish jarayonidir. O‘qituvchi faoliyatidagi ijodkorlik ana shu masalalarini echish usullarida,ularni hal qila olish yo‘llarini qidira topa bilishlarida ifodalanadi.
Pedagogik ijodkorlik manbai-bu pedagogik tajribadir. Pedagogik tajriba muammoli vaziyatlarga juda boydir. Ilg‘or pedagogik tajriba deganda, biz o‘qituvchining o‘z pedagogik vazifasiga ijodiy yondoshishni, o‘quvchilarning ta’lim-tarbiyasida yangi, samarali yo‘l va vositalarni qidirib topishni tushunamiz.
Ilg‘or pedagogik tajriba o‘qituvchi tomonidan qo‘llaniladigan shu shakli va usullari,uslub va vositaliridir.
Ilg‘or pedagogik tajriba o‘rganish,unga asoslanib yangi pedagogik hodisa va qonuniyatlarini ochish o‘quv-trbiya jarayoniga yaxshi sifatli o‘zgarishlar kiritadi,o‘quvchilarni bilish faoliyatini boshqarish, yangi ko‘rinishdagi uquv jarayonini modellashtirish muammolarini echishga sabab bo‘ladi. Ijodiy ishlaydigan o‘qituvchi faqatgina muvaffaqiyatli o‘qitish va tarbiyalish; ilg‘or o‘qituvchilar ish tajribalarini tadqiqotchilik ko‘nikma va malakalariga ham ega bo‘lishi zarur.
Hozirgi zamon fan vatexnika taraqqiyoti o‘qituvchining ijodkor bo‘lishini,fanining muhim muammolari yuzasidan erkin fikr yurita olishi,fan yutuqlarini o‘quvchilarga etkaza olish va nihoyat uquvchilarni ham ijodiy fikrlashga,tadqiqot ishlariga o‘rgata olishni talab qiladi.
Shuning uchun o‘qituvchi avvalo tadqiqotchilik malakalarini egallashi zarur. O‘qitvchi ilmiy-tadqiqot ishlari olib borish davomida olimlarini to‘playdi, tahlil qildi, ularasosida xulosalar chiaradilar. U fan xulosalaridan o‘zining amaliy faoliyatida foydalanish jarayonida hozirgi zamon o‘qituvchisi uchun zarur bo‘lgan
juda muhim fazilatlarni egallaydi.
Pedagogik tajriba o‘qituvchining o‘quv ishlari jarayonida egallaydigan bilimi va ko‘nikmalari yig‘indisidir. Bu o‘qituvchining pedagogik mahorati bo‘lib, u pedagogika fanini rivojlantirishida boshlang‘ich omil hisoblanadi.
Pedagogik tajriba to‘plash tizimi:
Maqsadni belgilash(nimani o‘rganaman);
Maktab o‘qituvchilarini ilg‘or tjribalarni o‘rganishning taxminiy tarkibi.
1. Nutq tenikasi va madaniyati.
Darsda bilim berishda o‘quvchilar bilan aloqa kirishishda o‘qituvchi nutqining ishlatilishini baholash;
Nutq texnikasini egallash va darajasi;
V) O‘qituchilik darajasini aniqlay olishi;
G) O‘qituvchilarni tashqi qiyofasi orqali ularni darsga bo‘lgan munosabatlarni anglay olish va kerakli bo‘lgan vositalarini tanlay olishi ishlatiladi.