O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim


Mavzuni o‘zlashtirish uchun savollar



Yüklə 2,37 Mb.
səhifə50/55
tarix19.12.2023
ölçüsü2,37 Mb.
#184855
1   ...   47   48   49   50   51   52   53   54   55
O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim

Mavzuni o‘zlashtirish uchun savollar:





  1. Pedagogik bilimlarni takomillashtirish jarayonida pedagogik ijodkorlik va shaxsiy ilmiy pedagogik izlanishni qachondan boshlash zarur?

  2. Boshlang‘ich sinf o‘qituvchisining ta’limiga qanday talablar qo‘yiladi?

  3. Pedagogik bilim va tajribani egallashda ustoz -murabbiylar tajribasini o‘rganishda nimalarga e’tibor berish zarur?



    1. Maktab va oila integratsiyasi


O‘zbekiston Respublikasida o‘qituvchi kadrlarning ma’naviy qiyofasi, aqliy salohiyati hamda kasbiy mahoratiga nisbatan jiddiy talablar qo‘yilmoqda.


O‘qituvchi pedagogik, psixologik va mutaxassislik yo‘nalishlari bo‘yicha maxsus ma’lumot, kasbiy tayyorgarlik, yuksak axloqiy fazilatlarga ega bo‘lishi va ta’lim muassasalarida faoliyat ko‘rsatuvchi shaxsdir. Ushbu nuqtai nazardan quyidagi burch va mas’uliyatlar ulardan talab qilinadi:

  1. O‘qituvchi eng avvalo mas’uliyatni his etuvchi tarbiyachi, tajribali notiq, madaniyat va ma’rifat targ‘ibotchisidir.

  2. O‘qituvchi tabiatan o‘quvchilarni seva olishi, o‘z mehrini, his-tuyg‘ularini har lahzada o‘quvchilar ichki dunyosi bilan bog‘lay olishi, ularning ham mehriga, hurmatiga sazovor bo‘lishi kerak.

  3. O‘qituvchi jamiyat ijtimoiy hayotida ro‘y berayotgan o‘zgarishlar, olib borilayotgan ijtimoiy-iqtisodiy islohotlar mohiyatini chuqur anglab etishi va ularga xolisona baho berib, bu borada o‘quvchilarga to‘g‘ri, asosli ma’lumotlarni doimiy bera olishi lozim.

  4. Zamonaviy o‘qituvchining ilm-fan, texnika va axborot texnologiyalari yangiliklaridan va yutuqlaridan xabardor bo‘lib borishi talab etiladi.

  5. O‘qituvchi o‘z mutaxassisligi bo‘yicha chuqur va puxta bilimga ega bo‘lishi, barcha fanlar integratsiyasini o‘zlashtirib borishi, bunda o‘z ustida tinimsiz ilmiy izlanishlar olib borishi lozim.

  6. O‘qituvchi pedagogika va psixologiya fanlari asoslarini puxta bilishi, o‘quvchilarning yosh va psixologik xususiyatlarini inobatga olgan holda ta’lim- tarbiya faoliyatini tashkil etishi kerak.

  7. O‘qituvchi kasbiy pedagogik faoliyatida ta’lim va tarbiyaning eng samarali zamonaviy shakl, metod va vositalardan unumli foydalana olish imkoniyatiga ega bo‘lmog‘i lozim.

  8. O‘qituvchi ijodkor, ta’lim-tarbiyaviy faoliyat tashabbuskori va yosh avlod kelajagi uchun javobgar shaxsdir.

  9. O‘qituvchi kasbiy faoliyati jarayonida yuksak darajadagi pedagogik mahorat, kommunikativ layoqati, pedagogik texnika (nutq, yuz, qo‘l-oyoq va gavda harakatlari, mimika, pantomimika, takt) qoidalarini chuqur o‘zlashtirib borishi shart.

  10. O‘qituvchi nutq madaniyatiga ega bo‘lishi zarur, uning nutqi quyidagi xususiyatlarni o‘zida aks ettirishi kerak: turli sheva so‘zlardan holi bo‘lib, faqat adabiy tilda ifoda etilishi; o‘qituvchining nutqi sodda, ravon va tushunarli bo‘lishi; hikmatli so‘zlar, ibora va maqollar, matallar hamda ko‘chirma gaplardan o‘rinli foydalana olishi lozim. Jargon (muayyan kasb yoki soha mutaxassisliklariga xos so‘zlar); varvarizm (muayyan millat tilida bayon etilayotgan nutqda o‘zga

millatlarga xos so‘zlarni noo‘rin qo‘llanilishi); vulgarizm (haqorat qilish, so‘kishda qo‘llaniladigan so‘zlar) hamda kontselyarizm (o‘rni bo‘lmagan vaziyatlarda rasmiy so‘zlardan foydalanish) kabi norasmiy so‘zlardan holi bo‘lishi,

  1. O‘qituvchining kiyinish madaniyati o‘ziga xos bo‘lishi, ya’ni sodda, ozoda, bejirim kiyinishi, ta’lim-tarbiya jarayonida o‘quvchining diqqatini tez jalb etuvchi turli xil bezaklar (oltin, kumush taqinchoqlar)dan foydalanmasligi, fasl, yosh, gavda tuzilishi, yuz qiyofasi, hatto, soch rangi va turmagiga muvofiq ravishda kiyinishi talab etiladi.

  2. O‘qituvchi ta’lim muassasasida sinf jamoasining asosiy tashkilotchisi va ta’lim sohasida olib borilayotgan islohotlarning eng faol ishtirokchisidir.

  3. O‘qituvchi pedagogik muloqot jarayonining faol ishtirokchisi ekanligini unutmasligi shart. Shuning uchun kasbiy faoliyatida o‘zida bir qator pedagogik sifatlarni tarkib toptirib borishi zarur.

  4. O‘qituvchi eng avvalo, mulohazali, bosiq, har qanday pedagogik vaziyatni to‘g‘ri baholay oladigan hamda mavjud ziddiyatlarni bartaraf etishning uddasidan chiqa olishi kerak.

O‘qituvchi shaxsining mazkur talablarga muvofiq keluvchi qiyofasi uning o‘quvchilar, hamkasblari hamda ota-onalar o‘rtasida obro‘-e’tibor qozonishini ta’minlaydi.
Hozirgi sharoitda jamiyatning o‘qituvchilik kasbiga nisbatan qo‘yayotgan talablari kun sayin ortib bormokda va bu talablarni amalda to‘g‘ri tashkil qilish vazifasi o‘qituvchiga bog‘liq. Zamonaviy maktab o‘qituvchisiqator vazifalarni bajaradi. O‘qituvchi avvalo sinfdagi o‘quv jarayonining tashkilotchisidir. Jamiyatning o‘qituvchi oldiga qo‘yadigai acociy talablari quyidagilar:

  • shaxsni ma’naviy va ma’rifiy jihatdan tarbiyalashda milliy uyg‘onishmafkurasining hamda umuminsoniy boyliklarning mohiyatini bilishi, bolalarni mustaqillik g‘oyalariga sodiqlik ruhida tarbiyalashi, o‘z Vataniga, tabiatga va oilasiga bo‘lgan muxabbati;

  • kasbiy bilimlarni puxta bilish bilan birga, turli bilimlardan xabardor bo‘lishi;

  • yosh pedagogik psixologiya, pedagogika va psixologiya, yoshlar fiziologiyasi,maktab gigienasidan o‘z kasbiga doir bilimlarga mukammal bilishi;

  • o‘z kasbi bo‘yicha jahon fanida erishilayotgan so‘nggi yutuqlar, kompyuter va axborot texnologiyalari yangiliklaridan doimiy xabardor bo‘lib borishi;

  • ta’lim-tarbiya metodikasidan ko‘nikma va malakalarini oshirib borishi;

  • o‘z kasbiga ijodiy yondashishi;

  • pedagogiktexnika (mantiq, nutq ta’limining ifodali vositalari) vapedagogiktaktga ega bo‘lishi;

  • o‘z bilimi va pedagogik mahoratini doimiy ravishda oshirib borishi.

Muvaffaqiyatli ishlash uchun har bir o‘qituvchi pedagogikmahoratga ega bo‘lishi zarur. Pedagogik mahoratning asosiy qonuniyati oz mehnat sarf qilib,ulkan natijalarga erishish. Ijodkorlik uning hamisha hamrohi bo‘ladi. Pedagogik faoliyatga qiziqqan, qobiliyatli, iste’dodli kishidagina pedagogik mahorat hislatlarishakllanib boradi. Pedagogik faoliyat o‘z mohiyatiga ko‘ra ijodiy xapakterga ega. O‘qituvchi o‘quvchi shaxsini shakllantiradi, kutilmagan vaziyatlarda mustaqil qarorlar qabul qiladi, pedagogikmuammolarni echadi, o‘quv jarayonini mustaqil boshqaradi. Bularning hammasi ijodkorlikning tub mohiyati ishning maqsadi va xarakteri bilan bog‘liq.
O‘quvchilar bilan olib boriladigan tarbiyaviy faoliyatda, ma’lum maqsadga erishmoq uchun o‘qituvchi bolalarni hamkorlik jarayoniga tortishi zarur. O‘qituvchi o‘quvchilarni o‘zi bilan hamkorlik qilishga jalb eta olishda quyidagi vazifalarni bajaradi:

    • hamkorlik vujudga kelishi uchun jamoada tashkil etilishi lozim bo‘lgan faoliyat o‘quvchilar uchun qiziqarli bo‘lishi, o‘quvchilarning yosh xususiyatlariga va qiziqishlariga to‘g‘ri kelishi lozim;

    • o‘quvchilarni biror ishga jalb qilar ekan, o‘qituvchi ularga pedagogik va psixologik jihatdan to‘g‘ri vazifa qo‘yishi, yo‘l yo‘riq ko‘rsatishi shart;

    • o‘quvchilar topshiriqni amalga oshirishga kirishganlarida o‘qituvchi bir

vaqtning o‘zida ham ishtirokchi, ham maslahatchi vazifasini bajaradi.
Ijodiy faoliyat olib boruvchi o‘qituvchi faqatgina bolalarni muvaffaqiyatli o‘qitish va tarbiyalash, ilg‘or o‘qituvchilar ish tajribalarini o‘rganish bilangina cheklanib kolmasdan, tadqiqotchilik ko‘nikma va malakalariga ham ega bo‘lishi zarur. Hozirgi zamon o‘qituvchisi fan va texnika taraqqiyotining eng so‘nggi yutuqlaridan foydalanishi, o‘z kasbiy faoliyatida yangi pedagogik texnologiyalarni unumli qo‘llay olishi taqozo etiladi.
Barcha mutaxassisliklarda bo‘lgani kabi o‘qituvchilik kasbida ham pedagogik qobiliyat – uning shaxsiy iste’dod xususiyatlarini belgilab, kasbiy faoliyat turini muvaffaqiyatli amalga oshirishda sub’ektiv shart - sharoitlar yaratadi.
Har qanday qobiliyat – shaxsga tegishli bo‘lgan murakkab tushunchadir, u faoliyatning talablariga mos xususiyatlar tizimini o‘z ichiga qamrab oladi.
Har qanday faoliyat ham murakkab bo‘lib, u kishiga turli-tuman talablar qo‘yadi. Agar shaxs xususiyatlari tizimi shu talablarga javob bera olsa, kishi faoliyatni muvaffaqiyat bilan amalga oshirishda o‘z qobiliyatini ko‘rsata oladi, agar xususiyatlaridan qaysi biri rivojlanmagan bo‘lsa, shaxs mehnatining muayyan turiga nisbatan kam qobiliyatli, deb xarakterlanadi.
Mana shuning uchun ham qobiliyat deganda birorta xususiyatning o‘zini emas, balki inson shaxsining faoliyat talablariga javob bera oladigan va shu faoliyatda yuqori ko‘rsatkichlarga erishishni ta’minlay oladigan xususiyatlar ansambli yoki sintezini tushunish lozim.
O‘qituvchi qobiliyatini o‘rganishda xususiyatlar “ansambli” iborasini biz shuning uchun ham ishlatamizki, bunda xususiyatlarning oddiygina birgalikda mavjud bo‘lishini emas, balki ularning uzviy bog‘langan bo‘lishini, muayyan tizimda o‘zaro ta’sir qilishini ko‘zda tutayapmiz. Bu tizimda xususiyatlardan biri oldingi o‘ringa chiqib, etakchi xususiyatga ega bo‘lsa, ayni vaqtda boshqalar uchun yordamchi xususiyatlar rolini o‘ynaydi.
Kishining kobiliyati juda katta ijtimoiy va shaxsiy ahamiyatga ega.
Qobiliyat yuqori mehnat unumdorligini ta’minlashga, binobarin, ijtimoy
boylikning son va sifat jihatidan tez o‘sishiga, jamiyat taraqqiyotiga yordam beradi. SHuning uchun ham bo‘lajak o‘qituvchilarning zakovati, qobiliyatini ochish hamda ulardan o‘z o‘rnida foydalanishini o‘rganib olishi zarur ekanligi haqidagi masala qat’iy talab qilinadi. O‘qituvchining pedagogik mahoratni takomillashtirishida qobiliyat bilim olish va malaka hosil qilishni ta’minlaydi. Qobiliyatli kishining yuqori unumli mehnati uni moddiy hayot darajasi bilan ta’minlaydi.
Ta’kidlash joizki, kobiliyatli o‘qituvchiga pedagogik faoliyat va mehnat engilroq bo‘ladi va u kamroq charchaydi, chunki sevimli mehnati unga huzur- halovat bag‘ishlaydi.
Qobiliyat bilim, ko‘nikma va malakalar mahsuli, shu bilan birga faoliyat usullarini egallash tezligi, teranligi va mustahkamligida namoyon bo‘ladi.
O‘qituvchining o‘quvchilar bilan muloqoti yuksak darajada muvaffaqiyatli bo‘lishi uning pedagogik qobiliyatga qanchalik ega ekanligiga bog‘liq. Maktab o‘qituvchisining faoliyati yosh avlodni ma’naviy barkamol shaxs darajasida tarbiyalashda va kasbiy bilimlarni chuqur egallagan kadrlarni tayyorlashda namoyon bo‘ladi. Buning muvaffaqiyati o‘qituvchining pedagogik qobiliyatiga bog‘liq. Qobiliyat kasbiy faoliyat jarayonida sayqallanib boradi. Buning uchun o‘qituvchida layoqat, zehn va qiziqish bo‘lishi kerak.
Pedagogik-psixologiyada o‘qituvchi qobiliyatining cheklangan turlari yo‘q. Pedagogik qobiliyat turlari fanning, jamiyatning rivojlanishiga qarab ko‘payib va o‘zgarib turishi mumkin. Falsafada qobiliyat uzoq vaqtgacha “o‘zgarmas irsiyat” nasldan – naslga o‘tuvchi jarayon sifatida talqin etilgan. Olimlarning uzoq yillar olib borgan ilmiy-tadqiqotlari va kuzatishlari natijasida pedagogik qobiliyatning quyidagi asosiy sifatlari ajratib ko‘rsatilgan:

  1. O‘z kasbiga muxabbat, o‘quvchilarni seva olishi.

  2. O‘z mutaxassislik fanini yaxshi bilishi, unga qiziqishi.

  3. Pedagogik taktga (odob va go‘zallikka) ega bo‘lish.

  4. Bolalar jamoasiga singib keta olish.

  5. O‘z mehnatiga ijodiy yondashish.

  6. Javobgarlikni his etish.

  7. Tarbiyaviy bilimlarni egallaganligi.

O‘qituvchi faoliyatidagi pedagogik qobiliyatning o‘ziga xos tizimlari mavjud.
Qobiliyatlar tizimi quyidagi xususiyatlari bilan farq qilinadi:

    • asosiy xususiyatlar;

    • tayanch xususiyatlar;

    • etakchi xususiyatlar;

    • yordamchi xususiyatlar.

Pedagogik qobiliyatlar faqat pedagogik faoliyatning samarali bo‘lishini va shart-sharoitini ifodalamasdan, balki ko‘p jihatdan muvaffaqiyatli ishlashning natijasi hamdir. Pedagogik qobiliyatda o‘qituvchining o‘zaro fikr almashuvi bilan bog‘liq xususiyatlari asosiy rol o‘ynaydi. Quyidagi pedagogik qobiliyatning asosiy xususiyatlari o‘qituvchining yuksak pedagogik-psixologik bilimlari natijasida doimiy shakllanib boradi:
Kommunikativ qobiliyat: o‘qituvchining pedagogik jamoa va ota-onalar, mahalla ahli bilan bo‘ladigan o‘zaro muloqotida ularning ruhiy holatlarini tushunish va ularga hamdard bo‘lish, muloqotga kirishishida pok ko‘ngillilik. O‘qituvchi bunda psixologik bilimlarga ega bo‘lishi, muomala madaniyatini muntazam o‘zida shakllantirib borishi lozim.
Pertseptiv qobiliyat: tashqi olamni va muhitni sezish, idrok etish, ya’ni kuzatuvchanlik muhim rol o‘ynaydi. O‘qituvchining shijoati natijasida rivojlanadi, takomillashadi. O‘qituvchi o‘quvchining psixologiyasini, psixik holatini o‘ziga singdirib idrok etadi, sinf jamoasining holatiga pedagogik vaziyatiga odilona baho beradi.
Empatik qobiliyat: bolalarga bo‘lgan muxabbatdan kelib chiqadigan o‘quvchilarning his-tuyg‘usini, psixologik holatlarini qalbdan his etish, tushunish,
idrok etish, ularga achinish xususiyatlaridir.
Ta’lim jarayonini muqobillashtirish qobiliyati: o‘qituvchi o‘z bilimini o‘quvchi ongi va tafakkuriga kam kuch sarflash evaziga etkaza olishi, ta’lim va tarbiyada belgilangan muddatda maqsadga erishish qobiliyatidir.
Didaktik qobiliyat: o‘quvchilar bilan muloqot qilishda, pedagogikaning ta’lim va tarbiyaviy qonuniyatlarini hamda metodlarini chuqur o‘zlashtirgan holda samarali dars berish qobiliyatidir. Shuningdek, dars pedagogik texnologiyalar asosida jahon andozalariga, hozirgi zamon talablariga javob berishi kerak.
Tashkilotchilik qobiliyati: pedagogik qobiliyatning tarkibiy qismidir. U sinf o‘quvchilarining o‘qituvchi tomonidan turli jamoat ishlariga, to‘garaklarga jalb qila olishida, sinf jamoasining har bir o‘quvchiga faol vaziyatni ta’minlab berishida namoyon bo‘ladi.
Konstruktiv qobiliyat: o‘qituvchining o‘quv–tarbiyaviy faoliyatni puxta rejalashtirishi asosida yuzaga keladigan kasbiy pedagogik vaziyat bosqichlarini oldindan ko‘ra olishi.
Bilish qobiliyati: o‘qituvchining o‘z fanini va boshqa fanlarni chuqur bilishida, o‘zlashtirishida namoyon bo‘ladi.
Anglash (tushunish) qobiliyati: o‘qituvchining ziyrakligida, voqea va xodisalarga adolatli munosabatda bo‘lishi.
Pedagogik qobiliyatlarning tayanch xususiyatlari kuzatuvchanlik – ko‘ra bilish ko‘nikmasidir. Bu – individual narsaning o‘ziga xos tomonini, ijodiy faoliyat uchun boshlang‘ich materialni ko‘ra bilish demakdir. Rassomning kuzatuvchanligi, tabiatshunos olimning kuzatuvchanligidan farq qilishi o‘z- o‘zidan ravshan. Ularning kuzatuvchanligi turlicha yo‘nalishda bo‘lganligi sababli, ularning har biri o‘z tafakkuri va dunyoqarashiga ega.
Qobiliyatning etakchi xususiyati ijodiy tasavvur qilishdir. Bu xususiyat faqat rassomga, matematika o‘qituvchisiga, adabiyotshunosga xos bo‘lmasdan, balki aynan barcha fan o‘qituvchilariga ham tegishli.
Har qanday kasb sirlarini mukammal egallash uchun qobiliyat kerak. Pedagogik qobiliyat sog‘lom o‘qituvchidagina shakllanadi. Biroq u yuqori, o‘rtacha va past darajada bo‘lishi mumkin. Ushbu turli darajadagi qobiliyatlarda
mujassamlashgan hislatlar va xususiyatlar orasida ba’zilari yordamchi rol o‘ynaydi.
Pedagogik qobiliyatlar tizimiga kiradigan yordamchi xususiyatlar va hislatlar quyidagilardan iborat:

    • aql–idrokning muayyan turlari, hozirjavoblik; kamchiliklarga tanqidiy e’tibor, sobitqadamlik;

    • o‘qituvchining nutqi: notiqlik san’ati, so‘z boyligining teranligi;

    • aktyorlik xususiyati: mimika va pantomimika, xayoliy fantaziya ishlata olish, ruhiy hissiyotni jilovlay olish.

    • pedagogik takt va pedagogik nazokatga ega bo‘lish.

Muloqot madaniyatining tarbiyalovchi imkoniyatlarini ro‘yobga chiqarish ko‘p jihatdan o‘qituvchining shaxsiy sifatlari bilan belgilanishini ta’kidlab o‘tish lozim. Pedagogik muloqot madaniyatining har jihatdan to‘g‘ri tanlangan, o‘qituvchining ma’naviy saviyasi, betakror xususiyatlariga muvofiq keluvchi uslubi quyidagi vazifalar majmuini hal qilishga yordam beradi:

Yüklə 2,37 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   47   48   49   50   51   52   53   54   55




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin