Pedagogikaning ilmiy-tadqiqot metodlari. Pedagogika o’z tadqiqot obyektiga va tadqiqot metodlariga ega. Ilmiy tadqiqot barcha fanlar kabi pedagogika fanini ham takomillashib borishiga, ayrim pedagogik hodisalarni tekshirishga, ularni to’g’ri hal etish yo’llarini aniqlashga yordam beradi. Hodisa uning taraqqiyoti davomida boshqa hodisalar bilan bogliq holda o’rganiladi. Miqdor o’zgarishi sifat o’zgarishiga o’tish daqiqalarida kuzatiladi. Pedagogik muammolarni tadqiq etish adabiyotlarni o’rganishdan boshlanadi. O’rganiladigan hujjatlar va manbalarga xalq maorifiga aloqador hujjatlar kiradi. Shu bilan birga, pedagogika faniga oid bo’lgan tarixiy-pedagogik adabiyotlar, arxiv hujjatlari, pedagogik matbuot materiallari, darsliklar, o’quv-metodik ishlanmalar ham kiradi. Adabiyotlarni o’rganish metodi muammolarning qay tomonlari yaxshi ochilganligini, qaysi masalalar hal etilmagani kabilarni bilish imkoniyatini beradi. Adabiy manbalar bilan ishlash quyidagi metodlardan foydalanishni nazarda tutadi: bibliografiya tuzish, annotatsiya, konspektlashtirish. Ishning maqsadidan
kelib chiqqan holda yuqoridagi usullardan biri tanlab olinadi.
Bibliografiya– bu hal etilishi lozim bo’lgan muammoni tadqiq etish jarayonida zarur bo’lgan adabiyotlar ro’yxati. Adabiy manbalar bilan ishlash aniq ma'lumotlarni bibliografiya tuzish yo’li bilan rasmiylashtirishni talab etadi. Bunda ma'lumotlar muallifning ism-sharifi, asarning nomi, nashriyoi nomi (maqolalar
uchun jurnal va gazetalarning nomi), manzili va nashr etilgan yili ko’rsatiladi.
Pedagogikaning ko’pgina muammolarini hal etishda ta’lim-tarbiya sohasida orttirilgan tajribalarni o’rganish muhim ahamiyat kasb etadi.
Ilg’or o’qituvchilar tajribasi bilan bir qatorda, oddiy o’qituvchilarning faoliyatlari ham o’rganib boriladi. Chunki tajribalarni o’rganish jarayonida muammo, yutuq va kamchiliklar aniqlanadi.
Pedagogik tajribalarni o’rganishda kuzatish, intervyu olish, anketalar tarqatish, o’quvchilarning yozma va ijodiy ishlari, pedagogik hujjatiarni o’rganish metodlaridan foydalaniladi.
Kuzatish– o’rganish lozim bo’lgan pedagogik hodisani ma’lum maqsad nuqtayi nazaridan kelib chiqqan holda kuzatuvchi kuzatish bayonnomasini olib boradi. Kuzatish obyektiga oid bo’lgan aniq faktik material tayyorlanadi. Kuzatish belgilangan aniq reja asosida olib boriladi.
Suhbat(fakt) dalillar to’plash yoki kuzatish davomida to’plangan materiallarga aniqlik kiritish maqsadida olib boriladi. Suhbat tadqiqotning mustaqil yoki yordamchi metodi sifatida qo’llaniladi.