O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim



Yüklə 2,37 Mb.
səhifə4/55
tarix19.12.2023
ölçüsü2,37 Mb.
#184855
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   55
O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim

Integratsiya – predmetli bilimlar chegarasida yangi tasavvurlarini qabul qilish vositasi. Birinchi navbatda tabaqalashtirilgan bilimlar orasida bilmagan
joylarni to‘ldirish, ular orasidagi aloqalarni o‘rnatish lozim. U ta’lim oluvchining bilimini oshirishga, ta’limdagi tor ixtisoslashtirishni yangilashga yo‘naltirilgan. Shu bilan birga integratsiya ta’limining klassik o‘quv predmetlari o‘rnini egallashi kerak emas, u faqat olinayotgan bilimlarni yaxlit bir tizimga birlashtirishi kerak, xolos. Muammoning qiyin tomoni integratsiyaning ta’lim boshidan oxirigacha dinamik rivojlantirishdadir. Agar boshida “hamma narsa to‘g‘risida ozgina bilish” lozim bo‘lgan bo‘lsa, keyinchalik tarqoq bilim va ko‘nikmalarni birlashtirish kerak bo‘ladi va oxiriga kelib “ozgina narsa to‘g‘risida hammasini bilish” kerak bo‘ladi, ya’ni bu yangi integratsiya darajasidagi ixtisoslashtirishdir.
Ma’lumki, bugungi kunga kelib o‘quv rejasidagi fanlarning soni boshlang‘ich ta’limda 10 dan ortdi. O‘quv fanlari miqdorini oshirish, albatta, har doim ham ijobiy natija beravermaydi. Chunki bugungi zamonaviy texnologiya son orqasidan quvish emas, balki sifat o‘zgarishlarining ham bo‘lishini taqozo etmoqda. Bu jihatdan rivojlangan davlatlarning tajribasiga tayanmoq lozim. Ularning 70 foizi ta’lim tizimida integrativ xarakterdagi o‘quv dasturlari va darsliklardan foydalanmoqdalar. Jumladan, Buyuk Britaniya ta’lim tizimida asosan integrativ fanlar joriy qilingan bo‘lsa, Koreya va Shveytsariyada integratsiyalashgan fanlar, Vengriyada madaniyat yo‘nalishidagi o‘quv fanlari, Irlandiyada fan va texnika kabi bloklarda barcha o‘quv fanlari mujassamlashtirilgan holda o‘qitiladi.
Respublikamizda etuk malakali mutaxassislar tayyorlashga yo‘naltirilgan ta’lim tizimi barcha imkoniyatlarini yuzaga chiqara oladigan ijodkor shaxsni tarbiyalashni o‘z oldiga maqsad qilib qo‘ygan. “Ta’lim to‘g‘risida”gi Qonun ta’limda olib borilayotgan ishlarning bosh mezoni hisoblanadi. Bu mezon asosida takomillashtirilgan, zamon talablariga javob bera oladigan dasturlar, o‘quv darsliklari yaratilmoqda. Ta’lim muassasalari, xususan, maktablar qayta rekonstruksiya qilinib, zamonaviy andozalar darajasiga tenglashtirilmoqda. Ana shu asosda ta’lim jarayoni ham bevosita shakllantirilib uning samaradorligini oshirishga ahamiyat berilmoqda. Ta’lim jarayoniga innovatsiyalar kirib kelmoqda. Bu tushuncha “yangilik” ma’nosini bildirib, ta’lim islohotlarida nazarda tutilgan ta’limda totalitarlikdan demokratik ta’lim tizimiga o‘tish, shaxsning qiziqishlari,
qobiliyatini hisobga olish, ta’limni insonparvarlashtirish, ta’lim tizimini jamiyatning iqtisodiy sharoitlarga moslashtirish, bilimlarni chuqur o‘zlashtirishni ta’minlaydigan ta’lim tizimini shakllantirishga sharoit yaratish kabilarni hisobga olish zarur.
Bugungi kunda boshlang‘ich ta’limni integratsiyalashtirish zaruriyati yuzaga keldi. “Integraatsiya” – qanday ma’noni anglatadi? Boshlang’ich ta’limni integratsiyalash uchun qanday yo’l tutish lozim?

Yüklə 2,37 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   55




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin