O„zbekiston respublikasi oliy va o„rta maxsus ta‟lim va



Yüklə 5,03 Mb.
səhifə10/20
tarix07.01.2024
ölçüsü5,03 Mb.
#202100
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   20
14. O\'zbekistonda erkin iqtisodiy hududlarning yaratilish

Nazorat uchun savollar:
1. EIHlarni tashkil etishning dastlabki vaqti qaysi davrlarga borib taqaladi?
2. EIHlar rivojlanishi tarixida o„ziga xos bosqichlar nimalardan iborat bo„lgan?
3. EIHlar rivojlanish tarixida tadbirkorlarga qanday imtiyoz va qulayliklar
taqdim etilgan?
4. EIHlar dastlabki tashkil etilishi va rivojlanishida qaysi davlatlar alohida o„rin
egallagan va sababi nimada?
5. EIHlar rivojlanishining so„nggi bir necha o„n yillikdagi tarixi haqida
nimalarni bilasiz?
6. EIHlar rivojlanishida MDH va Markaziy Osiyo mamlakatlari qanday o„rin
egallaydi?

1.4. Erkin iqtisodiy hudud tashkil etilishi maqsadlari va ularning
jahon xo„jaligi aloqalaridagi orni
EIHlarni tashkil qilish va ularni rivojlantirish aniq bir dolzarb muammoga ega bo„lgan iqtisodiy masalani echishga, strategik dastur va loyihalarni amalga oshirishga qaratilgan bo„ladi.
O„z hududida EIHni tashkil qilayotgan davlat uchun, EIHlar pirovard maqsad hisoblanmaydi. Ko„pgina hollarda, EIHlar mamlakat milliy iqtisodiyoti rivojlanishning umumiy strategiyasiga qo„shilib ketadi. EIHlarni tashkil qilishdan umumiy maqsad ommaviy ahamiyatga ega bo„lgan makroiqtisodiy masalalarni yechimiga qaratilgan bo„ladi:
- iqtisodiy o„sish darajasini tezlashtirish;
- sanoatni yangilash va zamonaviylashtirish;
- ichki bozorni yuqori sifatli mahsulotlar va xizmatlar bilan to„yintirish.
Biroq, bu maqsadlarga to„g„ridan-to„g„ri erishish har doim ham amalga
oshmaydi. Dunyo amaliyoti ko„rsatishi bo„yicha, EIHlar bu masalani xalqaro bozorga mahsulot va xizmatlarni chiqarish orqali valyuta kirib kelishini ko„payishi hisobiga hal qilish imkonini beradi. Xuddi mana shu vaqtning o„zida EIHlar qabul qilayotgan mamlakatlar uchun ham bir qancha masalalarni hal qiladi: mamlakatga xorij hamda mahalliy kapitalni va zamonaviy texnologiyalarni jalb qiladi, sanoat va xizmat
22

ko„rsatish sohalarida ish bilan bandlik darajasini oshiradi, boshqaruv hamda marketing tizimida yetakchi malakaga ega bo„lish imkonini beradi, zamonaviy infratuzilmani yaratadi.


Shuni ham unutmaslik kerakki, har qanday EIH doimiy rivojlanishda bo„ladi. Bir turdagi iqtisodiy hudud boshqa turdagi hududga aylanishi mumkin, albatta, u rivojlanishning yuqori bosqichida bo„ladi, bu esa, o„z navbatida, EIH oldida turgan maqsadlarning o„zgarishiga va yanada murakkablashishiga olib keladi.
EIHning maqsadi uni tashkil qilayotgan mamlakatning ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanish darajasiga, strategik yo„nalishlariga va ularni amalga oshirish imkoniyatlariga bog„liq bo„ladi. Shuning uchun ham EIHni tashkil qilish sabablari va maqsadlari alohida hollarda bir-biridan farq qiladi.
Rivojlangan mamlakatlarda, misol uchun AQShda, Buyuk Britaniyada, Fransiyada EIHlar, ko„pincha, tashqi iqtisodiy aloqalarni yanada kuchaytirish, mahalliy siyosatni amalga oshirish orqali depressiv tumanlardagi kichik va o„rta biznesni jonlantirishga va buning natijasida hududlararo rivojlanish farqlarini yo„qotish, ya‟ni rivojlanishdan ortda qolayotgan hududlarga yordam berish maqsadida tuzilgan. Xuddi mana shu maqsadlarda bu yerda faoliyat yuritayotgan ishbilarmonlarga, tadbirkorlarga mamlakatning boshqa tumanlaridagiga qaraganda, faoliyat erkinligi va anchagina sezilarli moliyaviy imtiyozlar berilgan. Bu dasturlar xorij kapitalini jalb qilish yo„nalishlariga ega emas edi.
Shularga o„xshash maqsadlarda EIHlar rivojlanayotgan mamlakatlarda ham tashkil etilgan. Biroq, ishlab chiqarish rivojlangan mamlakatlardan farqi shundaki, rivojlanayotgan mamlakatlarda EIHni, eng avvalo, xorij kapitalini, texnologiyasini jalb qilish, ishlab chiqarishni modernizatsiyalash, ishchi kuchi kvalifikatsiyasini oshirish maqsadlarida tashkil qilingan.
Yuqorida aytib o„tilgan maqsad va sabablardan tashqari, EIHni tashkil qilishda yana uch asosiy masalaga e‟tibor qaratiladi:
- ishlab chiqarish eksportini oshirish va natijasida valyuta kirib kelishini ta‟minlash;
- ish bilan bandlik ko„rsatkichini oshirish;
- hududni xo„jalikda yangi usullarni qo„llash bo„yicha poligonga aylantirish va
milliy xo„jalikning o„sishiga erishish.
Shuni ham e‟tiborga olish kerak, rivojlanayotgan mamlakatlar EIHlarni
faqatgina xorij investitsiyalarini jalb qilish maqsadidagina tashkil qilmaydilar. Ko„rsatiladigan turli xildagi imtiyozlar xorij kapitalining kirib kelishiga yo„l ochib beradi, ular yordamida esa mamlakatlar o„zlarining bir qancha maqsadlarini amalga oshiradilar – milliy iqtisodiyotni yanada rivojlantirish, markazdan yiroqroqda joylashgan, iqtisodiy qoloq tumanlarni rivojlantirish, ishsizlikni kamaytirish, Davlat budjetiga doimiy ravishdagi qo„shimcha daromad manbalarini yaratish. Mamlakat xorij investitsiyalariga butunlikcha yo„l ochib berishni istamagan holda yoki investitsiyalarni ma‟lum bir sohaga yo„naltirish niyatida mamlakatning ba‟zi erlarida EIHlarni tashkil qiladi.
Dunyo amaliyoti ko„rsatishi bo„yicha turli mamlakatlarda EIHlar turli
maqsadlarga erishish yo„lida tashkil qilinadi. Shunga ko„ra, ularni quyidagilarga
23

ajratish mumkin:


Birinchidan, mamlakatda EIHni tashkil etishning asosiy maqsadi, mamlakatni
xalqaro mehnat taqsimoti rivojlanish jarayoniga chuqurroq jalb qilish. Bu erda gap raqobatbardosh tovarlarni ishlab chiqarishni rivojlantirish va ularning eksport qilishni yanada ko„paytirish to„g„risida boradi. Bu esa o„z navbatida, mamlakatga valyutani ko„proq kirib kelishini ta‟minlaydi. Agarda mamlakat qandaydir sabablarga ko„ra tadbirkorlik faoliyatini yuritish uchun kirib keladigan xorij kapitallariga keng iqtisodiy erkinlik yaratib bera olmasa, u bunga EIHni tashkil etish yo„li bilan erishishi mumkin. Va shundagina mamlakat hukumati xorij investorlari uchun qulay sharoit yaratishga erishadi.
Ikkinchidan, EIHni tashkil qilishning yana bir maqsadi, mamlakat ichki bozorini import tovar o„rnini bosa oluvchi sifatli mahsulot bilan to„yintirish. Bunga erishish uchun EIHda xorij kapitali yordamida import o„rnini bosa oluvchi tovar ishlab chiqarish tashkil qilinadi.
Uchinchidan, maxsus iqtisodiy hudud tashkilotchilari xalqaro savdo bozorida faqatgina ishlab chiqarish liniyasi bo„yicha ishtirok etishga e‟tibor beribgina qolmaydi, undan tashqari, turizm sohasiga, madaniyat sohasiga, sanatoriya-kurort sohasiga ham e‟tibor qaratadi. Bular esa mamlakat hududiga valyutani yanada ko„proq kirib kelishini ta‟minlaydi.
To„rtinchidan, EIHning maqsadi mamlakatda mahalliy hamda chet el ilmiy- texnikasining ishlab chiqarishda tezroq va keng ko„lamda qo„llanishini ta‟minlash, kelajakda ulardan samarali foydalanish va ularning natijalarini mamlakat milliy iqtisodiyoti rivojida aks ettirish.
Beshinchidan, rivojlanayotgan mamlakatlarda tashkil qilinadigan EIHning maqsadi mamlakatdagi ishchi kuchini, injinerlarni, xo„jalik ishdagilarni va boshqaruv faoliyatini olib boruvchi kadrlar tayyorgarliklarini va malakasini oshirish.
Oltinchidan, EIHning muhim maqsadlaridan biri – bu ma‟lum bir hududdagi iqtisodiyotning rivojlanishiga yoki aniq bir tarmoqning rivojlanishiga turtki bo„lish. Masalan, AQSh va Buyuk Britagiyada EIHlar o„tgan asrning 50-yillaridan keng tashkil qilina boshlagan. Ularning maqsadi depressiv tumanlarda kichik va o„rta biznesni rivojlantirish edi. Bu maqsadga erishish uchun, butun mamlakat hududlaridan ko„ra, bu hududda faoliyat yuritadigan tadbirkorlarga moliyaviy imtiyozlar va xo„jalik faoliyatini yuritish uchun bir qancha yengilliklar berilgan. Bu rivojlantirish dasturi to„g„ridan-to„g„ri xorij kapitalini o„ziga jalb qilish uchun tuzilmagan.
Xuddi mana shu maqsadlarda kamroq rivojlangan mamlakatlarda ham EIHlar tashkil qilingan, ya‟ni rivojlanishdan ortda qolayotgan hududlarda tashkil qilingan. Rivojlanayotgan mamlakatlarda EIHlarni tashkil qilish maqsadlari ishlab chiqarish bo„yicha rivojlangan mamlakatlardan farq qilgan holda asosiy e‟tibor xorij kapitalini jalb qilishga ko„proq qaratalgan bo„ladi.
Yettinchidan, ba‟zi-bir mamlakatlarda EIHga ma‟lum bir mintaqani zamonaviylashtirish, rivojlantirish usuli kabi qaraladi. EIH mamlakatda hukum surayotgan iqtisodiyotning qaysidir turidan zamonaviy bozor iqtisodiyotiga o„tishga yordam beradi. Misol uchun, Xitoyda EIH (u yerda maxsus iqtisodiy hudud deb
24

ataladi) tajribaviy ijtimoiy xarakterga ega. Bu mamlakatda ma‟muriy iqtisodiyot tizimidan birdaniga, “yoppasiga” bozor iqtisodiyotiga o„tish noto„g„ri deb bilingan. Chunki, bu xalq uchun katta zarba bo„ladi, buning natijasida esa, albatta, iqtisodiyot katta talofat ko„radi, deb hisoblashgan. Shuning uchun ham bu erda bozor iqtisodiyotining afzalliklari EIHni tashkil qilish orqali ko„rilmoqda. EIHlarning amaliyotda qo„llanilishi bozor iqtisodiyotining, davlat mulkiga asoslangan iqtisodiyotdan ko„ra samarali ekanligini isbotlab bermoqda.


Shuni ta‟kidlab o„tish lozimki, EIHlarni tashkil qilishdan maqsadlar aniq ko„rsatilishi kerak. Bu talabning bajarilishi, xo„jalik faoliyatini olib boruvchi subyektlarga beriladigan imtiyozlar tizimini to„g„ri belgilashga yordam beradi.
Bu guruhga kiruvchi mamlakatlardagi EIHlarning faoliyati ko„pinchalik alohida strategik vazifalarni hal etishga qaratilgan bo„ladi. Jumladan, jahon bozorida milliy iqtisodiyotning raqobatbardoshligini oshirish, xalqaro iqtisodiy aloqalardagi xomashyo eksportiga ixtisoslashganlikdan voz kechish, hududni xo„jalik yuritishning yangi usullarini sinash poligoniga aylantirish, milliy iqtisodiyotni jahon xo„jaligiga integratsiyalash va raqobatbardoshligini oshirish.
Rivojlanayotgan mamlakatlardagi turli xildagi EIHlarning ustuvor maqsadlari sifatida alohida hududiy loyihalarni amalga oshirish orqali milliy iqtisodiyotni modernizatsiyalash natijasiga erishish vazifasi qo„yiladi. Aynan shu narsa ko„p davlatlarni, hatto, EIHlarning iqtisodiy samaradorligi boshqa investitsion loyihalarga nisbatan rentabellik darajasi kamroq bo„lganda ham EIHlarni tuzishga bo„lgan ehtiyojni belgilaydi. Bir qator rivojlanayotgan mamlakatlar uchun EIHlarning iqtisodiyotni bilvosita modernizatsiyalash samarasi nihoyatda muhim. Chunki, ular tadbirkorlik madaniyatining o„sishiga, turmush tarzining yangi standartlarini shakllantirishga, yangi texnologik jarayonlarning paydo bo„lishiga olib keladi.
O„tish iqtisodiyotidagi mamlakatlarda EIHlarni tuzish maqsadlari, ko„p jihatdan, rivojlanayotgan mamlakatlarnikiga o„xshashdir. Masalan, Rossiyada EIHlarning tashkil etilishi quyidagi vazifalarni hal etishga qaratilgan:
 mamlakat iqtisodiyotiga chet el kapitalini jalb etish;
 tashqi iqtisodiy aloqalarni kengaytirish uchun bozor tizimini shakllantirish;
 eksport salohiyatini rivojlantirish va valyuta tushumlarini ko„paytirish;
 ham chet el, ham milliy ilmiy yechimlarni va “nou-xau”larni joriy qilish
hisobiga ilmiy-texnika taraqqiyotini jadal tadbiq etishni ta‟minlash;
 hudud miqyosida yangi xo„jalik yuritish usullarni sinab kurish.
Yuqoridagilardan ko„rinib turibdiki, dunyo xo„jaligidagi turli guruhlarga tegishli mamlakatlarda EIHlarni tashkil qilishdan maqsadlari har xil bo„lishiga qaramay, ular ba‟zi-bir umumiylikka ega. Ularni iqtisodiy, ijtimoiy va ilmiy-texnik maqsadlarga bo„lish mumkin (1.2-jadval).
Shunday qilib, EIHlarni turli mamlakatlarda tashkil qilish, umuman olganda, bir xil maqsadlarga qaratilgan bo„ladi: EIHdagi hamda undan tashqaridagi aholining ish bilan bandligini ta‟minlash; ichki bozorda faoliyat yuritayotgan mahalliy korxonalarga to„sqinlik qilmagan holda EIHda eksportga mo„ljallangan yangi ishlab chiqarishlarni tashkil qilish. Bundan tashqari, iqtisodiy jihatdan ortda qolayotgan tunmalarga turtki berishga harakat qilish, yangi “nou-xau”larni qo„lga kiritib, eskirib
25

qolgan texnikalarni modernizatsiyalash, o„z mutaxassislari va ishchilariga mehnatning zamonaviy usullarini o„rgatish, tayyor mahsulot ishlab chiqarishda mahalliy xomashyolardan keng va samarali foydalanish.



Yüklə 5,03 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   20




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin