O„zbekiston respublikasi oliy va o„rta maxsus ta‟lim va



Yüklə 5,03 Mb.
səhifə12/20
tarix07.01.2024
ölçüsü5,03 Mb.
#202100
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   ...   20
14. O\'zbekistonda erkin iqtisodiy hududlarning yaratilish

MAMLAKAT EIH







- bojxona hududidan ajratish;


- xo„jalik mustaqilligi;
- boshqaruvning alohida rejimi; - preferensial shart-sharoitlar.


1.3-rasm. Mamlakatda EIH tashkil etilishining ko„rinishi

Turli mamlakatlarda tashkil etilgan EIHlar ularning jahon xo„jaligi bilan savdo, iqtisodiy, investitsiya, innovatsiya, mehnat, ta‟lim, turizm, ilmiy-tadqiqot, tibbiyot, texnika, ekologiya, xizmat ko„rsatish, axborot texnologiyalari, ishlab chiqarishning energetika, neft-gaz, oziq-ovqat, qurilish kabilar bo„yicha aloqalari va integratsiyasini ta‟minlash hamda rivojlantirishda muhim ahamiyat kasb etadi.


Bu esa EIHlar tomonidan xalqaro savdo, mehnat va kapital migratsiyasi, logistika, turizm, ishlab chiqarish kabilarning rivojiga ta‟sirining ortib borishiga sabab bo„lmoqda.
Pirovardida, jahon ishlab chiqarishining 10%i, savdo aylanmasining 30%i mazkur hududlar hissasiga to„g„ri kelmoqda. Ayrim davlatlar (Xitoy)da kapital iste‟molining 20%idan ortiq qismiga ham egalik qilmoqda.
Ko„pgina rivojlanayotgan mamlakatlarga 30-80% gacha chet el investitsiyalari EIHlar orqali kirib keladi.
U yoki bu hududni tashkil etish vazifasidan kelib chiqqan holda uning joylashishiga tegishli talablar qo„yiladi. Ular orasida tashqi va ichki bozorlarga nisbatan qulay transport-geografik joylashuvidir.
Shuning uchun EIHlar uchun eng qulay territoriyalar, odatda, chet el davlatlarga chegaradosh, dengiz savdo portlari va magistral transport tizimlari (temir yo„l, avtomobil yo„llar, aeroportlar), tashkil topgan sanoat, ilmiy va madaniy markazlar, qimmatli tabiiy resurslar tig„iz joylashgan territoriyalar hisoblanadi.
Maqsad va joylanishidan kelib chiqqan holda EIHlar hududi o„lcham jihatdan
turlicha bo„lishi mumkin – 1,5 km2 dan (Sheremetevo, Rossiya) to 3,6 mln. km2
27

gacha (Manaus, Braziliya).


Umuman olganda, dunyodagi EIHlar soni doimiy ravishda ortib bormoqda,
ularni tashkil qilishdagi geografik chegaralari kengayib, ularning shakli o„zgarib bormoqda, tashqi savdo hududlaridan eksport-ishlab chiqarish va kompleks hududlarga aylanishi kuchayib bormoqda. Xo„jalik faoliyati mohiyati tovar ayriboshlashdan tovar ishlab chiqarish tomon boradi, xizmat ko„rsatishning oddiy turlaridan ilmiy darajada murakkab bo„lgan turlariga o„zgarib boradi.
Yuqoridagilarga muvofiq, shuni xulosa qilish mumkinki, EIHlar milliy iqtisodiyotning jahon xo„jaligi bilan integratsiyalashuvida muhim omilga aylandi.


Yüklə 5,03 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   ...   20




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin