Tayanch iboralar: Erkin iqtisodiy hududlar, ilmiy-texnika, sanoat, investitsiya, ishlab chiqarish,
eksport, import, ish bilan bandlik, tovar, valyuta, mintaqa.
Mazkur paragraf bo„yicha umumiy xulosalar: 1. EIHlarni tashkil etish turli maqsadlarga asoslangan bo„ladi va bu maqsadlar uni tashkil etuvchi mamlakatning iqtisodiy rivojlanganlik darajasiga bevosita bog„liqdir.
2. EIHlarni tashkil etish umumiy tarzda iqtisodiy, ijtimoiy va ilmiy-texnik maqsadlarni namoyon etadi va har bir tashkil etilgan EIHda ushbu maqsadlar birgalikda o„z aksini topganligini ko„rish mumkin.
3. EIHlarning jahon xo„jaligi aloqalaridagi o„rni beqiyos bo„lib, bu ularni tashkil etish bilangina namoyon bo„luvchi jihat emas, aksincha, ularning salohiyatlaridan samarali foydalanishga bo„lgan e‟tibor va munosabatlarni rivojlantirish EIHlarning ushbu sifatlarini to„la yuzaga chiqarish imkoniyatlarini yanada oshiraveradi.
Nazorat uchun savollar: 1. EIHlarni tashkil etishning qanday maqsadlari mavjud?
2. EIHlarni tashkil etish maqsadlari qanday yo„nalishlarga ega?
3. EIHlarni tashkil etish maqsadlari qanday umumiylikni namoyon etadi?
4. Rivojlangan va rivojlanayotgan mamlakatlarda EIHlarni tashkil etish
maqsadlari nimasi bilan farqlanadi?
5. EIHlarning jahon xo„jaligi aloqalaridagi o„rnini qanday izohlaysiz?
6. EIHlarning jahon xo„jaligi aloqalaridagi o„rnini oshirish uchun nimalarga e‟tibor qaratish lozim?
1.5. Erkin iqtisodiyhudud faoliyat ko„rsatishining tamoyillari, vazifalariva asosiy xususiyatlari
Jahon tajribalaridan xulosa qilgan holda, EIHlarni tashkil etish tamoyillarini quyida ko„rib chiqamiz.
O„ziga xos iqtisodiy tuzilma sifatida EIHlar tashkil etilishi va faoliyatining ma‟lum tamoyillari mavjuddir. Ularga quyidagilar kiradi: