O„zbekiston respublikasi oliy va o„rta maxsus ta‟lim va



Yüklə 5,03 Mb.
səhifə16/20
tarix07.01.2024
ölçüsü5,03 Mb.
#202100
1   ...   12   13   14   15   16   17   18   19   20
14. O\'zbekistonda erkin iqtisodiy hududlarning yaratilish

1. Investitsiyalashdan oldingi bosqich. Odatda, bir yilgacha davom etib, o„z navbatida, ikki davrdan iborat bo„ladi:
- birinchi davrda dastlabki ilmiy izlanish, marketing, iqtisodiy-jug„rofiy, iqtisodiy-moliyaviy va boshqa shunga o„xshash ishlar amalga oshiriladi. Bu davrning maqsadi – ushbu hududda EIHni tashkil etishning konseptual imkoniyatini aniqlash, hududning joylashuvi, turi va o„lchamini aniqlashdan iborat. Ushbu davrning alohida e‟tiborga loyiq tomoni shundan iboratki, hududning ixtisoslashuvi va unda ko„rsatilajak xizmatlarning to„liq tahlili o„tkaziladi. Aynan mana shu davrda to„plangan ma‟lumot asosida u yoki bu EIHni tashkil etish yoki emaslik haqidagi umumiy qaror qabul qilinadi.
- ikkinchi davr birinchi davrdagi ma‟lumotlarni va qarorlarni yanada chuqurroq iqtisodiy va moliyaviy hisoblar asosida aniqlashtiruvini ko„zda tutadi. Bunda alohida e‟tibor kapital qo„yilmalarning samaradorligini aniq hisoblashga qaratilmog„i lozim. Investitsiyalarning umumiy hajmini va shu jumladan, qanchasi infratuzilmaga va qanchasi ishlab chiqarish qurilishiga sarflanishini aniqlash lozim. Shu vaqtning o„zida ushbu mablag„larning manbalari ham aniqlanishi kerak: markazlashgan davlat kapital qo„yilmalari, hududlarning o„z mablag„lari, EIHda joylashadigan korxonalarning mablag„lari, banklarning qarz vositalari, mahalliy qimmatbaho qog„ozlarni sotishdan keladigan mablag„lar. Ushbu davr mobaynida hech bo„lmaganda umumiy holda hududning rivojlanishi uchun sarflanadigan valyuta hajmini ham aniqlash lozim. Bu davr uchun hududiy geografik-iqtisodiy tahlil, xo„jalik ishlarini ratsional tashiil etish shart-sharoitlarini aniqlash muhim ahamiyatga ega.
2. Investitsion bosqich. Odatda, bu ham bir yil muddatgacha davom etadi, avvalgi bosqich bilan bir vaqtda amalga oshirilishi ham mumkin va o„z navbatida, ikki davrdan iborat bo„ladi:
- birinchi davrni shartli ravishda “muzokaralar” davri deb atash mumkin. Bu
davrda mahalliy hoqimiyat va markaziy hoqimiyatlar bilan hududning rejimi,
31

joylashuv eri, ixtisoslashuvi, hukumatning loyihani amalga oshirishda ishtiroki darajasi haqida kelishuvga erishish kerak. Shu bilan bir vaqtda hududda infratuzilmani yaratishning texnikaviy loyihasi ham ishlab chiqiladi.


- investitsion bosqichning ikkinchi davri aniq infratuzilma obyektlari: issiqlik- energetika ta‟minoti, aeroport, kommunikatsiya tarmoqlari, turli xildagi binolar (omborlar, ofislar, ishlab chiqarish binolari) qurilishini nazarda tutadi. Bu obyektlar va binolar butunlay yangidan qurilishi ham mumkin yoki mavjudlari ta‟mirlanishi ham mumkin. Ushbu qurilish ishlari bilan bir vaqtning o„zida potensial investorlarni jalb etish bo„yicha reklama va marketing ishlari faol olib borilishi kerak. Ular shunday o„tkazilishi kerakki, operatsion bosqichning boshlanishiga kelib, hududda o„zining ishlab chiqarish-xo„jalik faoliyatini boshlashga tayyor bo„lgan bir qancha investorlar shay tursin.

Yüklə 5,03 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   12   13   14   15   16   17   18   19   20




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin