O„zbekiston respublikasi oliy va o„rta maxsus ta‟lim va



Yüklə 5,03 Mb.
səhifə17/20
tarix07.01.2024
ölçüsü5,03 Mb.
#202100
1   ...   12   13   14   15   16   17   18   19   20
14. O\'zbekistonda erkin iqtisodiy hududlarning yaratilish

3. Operatsion bosqich. Bu rejalashtirish uchun eng murakkab bo„lgan bosqichdir. U hududning o„zidan o„zi rivojlanuvchi tizim sifatidagi ichki dinamikasiga, hudud regionida va mamlakat miqyosida bo„lgan siyosiy barqarorlikka bog„liq. Shu bilan bir vaqtda hududni rivojlantirish imkoniyatariga bag„ishlangan marketing izlanishlari natijalaridan keng foydalanish kerak. Bu bosqichda ham ikki davrni ko„rsatish mumkin:
- boshlangich davr;
- hududni oz-o„zidan rivojlanish davri.
Ikkala davrda ham hududning jismoniy potensiali to„laligicha ishlatilmaydi.
Agar 100% lik darajaga erishilsa bunday hudud yo yirik iqtisodiy tumanga, yoki yangi sohalar va ishlab chiqarishga o„tishi, yohud o„zining instituttsional statusini o„zgartirishi lozim.
Qaysi hol bo„lishidan qat‟iy nazar, u hudud hayot jarayonining to„rtinchi bosqichi – rivojlanish bosqichi boshlanganidan dalolat beradi.
Operatsion bosqichning boshlang„ich davri o„z-o„zidan rivojlanish davridan investorlarning rag„batlantiruv tizimi o„zgarishi bilan farq qiladi. Birinchi davrda investorlar hududga bevosita berilgan imtiyozlar va xizmatlar mavjud bo„lgani uchun keladi (shu jumladan, arzon ishchi kuchi, xomashyo, mamlakatning asosiy hududdagi bozorga kirish imkoniyati, tayyor binolar mavjudligi va hokazo). Ikkinchi bosqichda esa investorlarni hududda va uning atrofida amalga oshirilayotgan xo„jalik faoliyati jalb etadi. Bu erda o„zaro ta‟sir va o„zaro to„ldirish tamoyiliga asoslangan rivojlanish effekti o„zini namoyon qiladi.
Yuqorida qayd etilganga muvofiq bir qancha xulosalar chiqarish mumkin: EIHning maksimal samarali faoiyat yuritishi uchun EIH faoliyati asosida erishilishi kerak bo„lgan maqsadlar va EIH faoliyati jarayonida hal etilishi zarur bo„lgan vazifalar aniq ifodalanishi lozim. Va bu narsa boshlang„ich investitsiyadan oldingi bosqichdayoq bajarilishi kerak. Shuningdek, EIH faoliyatining asosiy tamoyillarini namoyon etish ham muhimdir, chunki, ularning mavjudligi va ularga amal qilinishi bir qadar EIH faoliyatining barqarorligi va istiqboli borligini ko„rsatadi. Shuning uchun ham O„zbekistonda EIHlarni tashkil qilishda, EIH tamoyillari va bosqichlarning amalga oshirilishiga katta ahamiyat berish lozim. Yuqorida aytib o„tilgan, Samarqanddagi turistik hududni tashkil qilishda ushbu bosqichlar inobatga
32

olinganda edi, balki, hozirgi kunga kelib bu hudud o„z faoliyatini samarali olib borayotgan bo„lar edi.


Hozirgi davrda EIHlarni tashkil qilish siyosatining iqtisodiy nuqtai nazardan maqsadga muvofiqligi, zaruriy malaka va jahon tajribasidan to„laroq foydalanishni qayta ko„rib chiqish zarurligida ko„rinadi. Hududlarning oyoqqa turishi va rivojlanishining asosiy talablaridan biri – bu EIHlar to„g„risidagi qonunning qabul qilinishi bo„lib, u EIHlarning faoliyatining asosiy shartlarini belgilashi, jumladan, hududning tashkil etilishi, faoliyati va tugatilishi tartibi, hududlar turlari, infratuzilma obyektlarini moliyalashtirish tartibi, xo„jalik faoliyati mexanizmi, chet el investorlariga beriladigan kafolatlar va imtiyozlar, boshqaruv funksiyalari, hududlar faoliyatini kordinatsiya qiluvchi idoraning tuzilishini qamrab oladi.
Ushbu qonun boshqa mamlakatlarning shunga o„xshash qonunlariga nisbatan raqobatbardosh bo„lishi lozim, chunki, so„nggi keyingi yillarda yaqin va uzoq mamlakatlar o„z hududlarida EIHlarni tashkil etishga faol harakat qilayotganliklarini inobatga olish lozim. Qolaversa, jahon iqtisodiyotida xalqaro kapital harakatida pasayish tendensiyalari kechayotganligi xorijiy investitsiyalarni jalb etishda EIHlar jozibadorligini ta‟minlashda huquqiy asoslarning ham ahamiyatini yanada oshirish talab etiladi.

Yüklə 5,03 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   12   13   14   15   16   17   18   19   20




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin