O„zbekiston respublikasi oliy va o„rta maxsus ta‟lim va



Yüklə 5,03 Mb.
səhifə5/20
tarix07.01.2024
ölçüsü5,03 Mb.
#202100
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   20
14. O\'zbekistonda erkin iqtisodiy hududlarning yaratilish

    Bu səhifədəki naviqasiya:
  • Kio t o
EIHlar tushunchasi mazmuniga brilgan ta‟riflar13

1.1-jadval









An‟anaviy ma‟noda EIHlar deganda, davlatning suveren hududi
















tushunilib, u yerdagi xorijiy tovarlar hech qanday bojxona




Erkin savdo







to„lovlarisiz saqlanshii, sotilishi yoki harid qilinishi mumkin.

hududlariga













urg„u




S.A.Ribakov







berilgan

N.A.Orlova
















































































































Huquqiy







T.P. Danko va







jihatiga

Z.M.Okrut




urg„u







berilgan

Janubiy Koreyalik olim Kimning izlanishlariga ko„ra, “Erkin iqtisodiy zonalar – bu xorijiy davlatlar, korxona va firmalar uchun maxsus tashkil etilgan hududlar bo„lib, bu yerda ularning korxonalari va ishchi xodimlari hukumat tomonidan berilgan imtiyozlar tufayli o„z navbatida mavjud qonun-qoidalarga bo„ysungan holda daromad olishi mumkin bo„lgan zonalardir. Davlat erkin iqtisodiy zonalarni yaratishdan maqsad bunday zonalarda boshqa erlarga qaraganda ko„proq iqtisodiy shaffof muhit mavjudligi va bu orqali investitsiya oqimini va raqobatbardosh sanoat hamda savdo-sotiq xususiyatlarini shakllantirishni o„z oldiga maqsad qilib qo„yadi”14.


V.Papovning tadqiqotlariga ko„ra, “Erkin iqtisodiy zonalar shunday hududlarki, bu boshqa hududlardan alohida ajratilgan davlat tomonidan maxsus imtiyozlar va qulayliklar berilgan bu afzalliklar davlatning biror boshqa yerida yoki iqtisodiy tarmog„ida kuzatilmaydi”15, deb ta‟rif beradi.
Mamlakatimiz olimlaridan A.V.Vaxobov, S.S.Mirzalieva, M.A.Raimjonova va A.A.Ostonakulovlar tomonidan ilmiy-tadqiqot va ilmiy-uslubiy ishlarida erkin iqtisodiy zonalar va ular faoliyatiga oid o„z ilmiy qarashlarini bayon qilishgan.
A.V.Vaxobov tomonidan “Erkin iqtisodiy zonalar – shunday geografik hududki, ushbu hududda davlatning iqtisodiy jarayonlarga aralashuvi kamaytiriladi va bu milliy iqtisodiy makonning bir qismi bo„lib, mamlakatning boshqa hududlarida qo„llanilmaydigan ma‟lum imtiyozlar tizimi joriy etiladi” deb, ta‟rif berilgan16.

13 Raimjonova M.A. O„zbekistonda erkin iqtiisodiy hududlarga investitsiyalarni jalb qilish: nazariy asoslari, hozirgi
holati va istiqbollari. – T.: “EXtremum-press” nashriyoti, 2013. – B. 9.
14 Kim Young Rae. The study on issues related between limits of land development and total control restriction system
in the actual conditions within capital region, Seoul National University of Technology, 2009. – R. 8-75.
15 Papava Vladimer. The Immortal idea of a free economic zone, Georgian Foundation for Strategic and International
Studies, 2007. – R. 1-16.
16 Vaxobov A.V. va boshqalar. Xorijiy investitsiyalar. O„quv qo„llanma. Toshkent: Moliya, 2010.– B. 180.

S.S.Mirzalieva tomonidan “Erkin iqtisodiy zona – mamlakat (yoki mamlakatlar) hududining muayyan ijtimoiy, iqtisodiy texnologik vazifalarni hal etish maqsadida barpo etiladigan, maxsus ma‟muriy boshqaruvga va xo„jalik yurituvchi subyektlarning imtiyozli rejimiga ega bo„lgan qismidir” deb, ta‟rif berilgan17. Ushbu ta‟rifda fikrimizcha, muayyan ijtimoiy, iqtisodiy texnologik vazifalarni hal etish maqsadida jalb etiladigan investitsiyalar va ular hajmidan kelib chiqib imtiyozlarning belgilanishi nazardan chetda qolgan.


M.A.Raimjonova tomonidan “mamlakat hududida maxsus iqtisodiy rejim va ma‟muriy boshqaruvga ega bo„lgan, davlat aralashuvi kamaytirilgan va ayni vaqtda uning nazoratidan butkul ozod etilmagan, balki, xo„jalik yurituvchi subyektlar faoliyat yuritishi uchun mamlakatning boshqa hududlarida amal qilmaydigan imtiyoz va rag„batlantirishlar beriladigan hudud – erkin iqtisodiy hudud”, deb ta‟rif keltirilgan18.
A.A.Ostonakulov tomonidan “erkin iqtisodiy zona – hududlar va iqtisodiyot tarmoqlarini jadal ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish, ularga investitsiyalarni jalb etish maqsadida alohida imtiyozlar belgilangan, shuningdek, ulardan iqtisodiyotni modernizatsiya va diversifikatsiyalashning hududiy uslubi sifatida foydalanish hamda zamonaviy texnologiyalarni iqtisodiy tuzilmaga joriy qilish uchun tashkil etilgan hududdir”19, - degan fikr ilgari surilgan.
Rus olimlari Babinsev va Valliulinlar EIHni ta‟riflaganda “alohida iqtisodiy hudud”20 terminini ishlatadi. Bu ham unchalik to„gri emas, chunki alohidalikni har xil tushunish mumkin”. A.T.Shermuhamedov “ochiq iqtisodiy mintaqa” terminini ishlatgan, bizningcha, bu ham unchalik to„g„ri emas21. Ochiq so„zi rus va boshqa tillarda erkin iqtisodiy hududga nisbatan kam ishlatiladi, bu faqat tor manoda jahon iqtisodiyotiga nisbatan mamlakatning milliy iqtisodiyotga qaraganda qaysidir aniqlovning ancha ochiqligi ma‟nosida tushunish mumkin. Bu erkin iqtisodiy hududlarning bir qirrasigina, xolos.
O„zbekiston Respublikasining 1996-yil 25-aprelda qabul qilingan “Erkin iqtisodiy zonalar to„g„risida”gi Qonuniga ko„ra, “Erkin iqtisodiy zona – mintaqani jadal ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish uchun mamlakat va chet el kapitalini, istiqbolli texnologiya va boshqaruv tajribasini jalb etish maqsadida tuziladigan, aniq belgilangan ma‟muriy chegaralari va alohida huquqiy tartiboti bo„lgan maxsus ajratilgan hududdir”22.
1991-yilda tashkil etilgan erkin iqtisodiy zonalarni rivojlantirish bo„yicha Xalqaro Assotsiatsiya (MARSEZ) qabul qilgan hujjatlarga ko„ra, erkin iqtisodiy zona alohida hududiy birlik bo„lib, u qoida bo„yicha mamlakatning iqtisodiy, ilmiy-

17 Mirzalieva S.S. Erkin iqtisodiy zonalarni rivojlantirishning xorij tajribasi. Diss. avtoref. i.f.n. – Toshkent: 2001. – B.
8.
18 Raimjonova M.A. O„zbekistonda erkin iqtisodiy hududlarga investitsiyalarni jalb qilish: nazariy asoslari, hozirgi holati va istiqbollari. – T.: “Extremum-press” nashriyoti, 2013. – B. 11.
19 Ostonokulov A.A. Erkin iqtisodiy zonalarda buxgalteriya hisobi va auditni takomillashtirish. Diss. i.f.n. – Toshkent:
2017. – B. 18.
20 Бабинцев В.,Валлиулин Х.Особые экономической зоны. Российской экономический журнал. 1992. №9. 117 с.
21 Shermuhamedov A.T. Ochiq iqtisodiy mintaqa. – T.: O„zbekiston axborotnomasi,1998., №1 (sentyabr, oktyabr‟). – B. 75.
22 O„zbekiston Respublikasining “Erkin iqtisodiy zonalar to„g„risida”gi Qonuni. – T.: 1996-yil 25-aprel, 1-modda.

texnikaviy, ekologik va ijtimoiy rivojlanishiga qulay shart-sharoitlar yaratish maqsadida, moliyaviy-xo„jalik faoliyatni amalga oshirish uchun ochiq bo„ladi. Erkin iqtisodiy zonalarni tashkil etish va uning faoliyat ko„rsatishi bo„yicha rivojlangan davlatlarda to„plangan tajriba shuni ko„rsatadiki, mazkur usulning qo„llanilishi mamlakat iqtisodiyotini rivojlantirishda, ijtimoiy hayotga yangi-yangi iqtisodiy g„oyalarni tadbiq etishda o„zining ijobiy jihatlariga ega.


Xalqaro tashkilotlar hisobotlarida va ilmiy nashryotlarda turli xildagi hududlarning mohiyatini yoritishda ”erkin iqtisodiy hudud” terminidan foydalanadilar. Biroq, bu termin uning mohiyatini to„liq ifoda eta olmaydi. U erda qo„llaniladigan iqtisodiy qoidalar, maxsus ma‟muriy qonunlar, shu hududda faoliyat yuritadigan tadbirkorlarni aniq belgilangan huquqiy va xo„jalik rejimlaridan butunlay ozod qilmaydi, balki ularni yengillashtiradi, ma‟lum imtiyozlar beradi. Shuning uchun ham EIHni “erkin” emas, maxsus iqtisodiy hudud deb atash o„rinli bo„lar edi.
1973-yil 18-mayda Kioto (Yaponiya) shahrida qabul qilingan Kioto konvensiyasida erkin iqtisodiy hudud tushunchasiga rasman izoh berilgan. “Bojxona jarayonlarini soddalashtirish va uyg„unlashtirish bo„yicha xalqaro konvensiya” qarorlarida yozilishicha, “EIH bu – ma‟lum bir davlat hududidining shunday qismiki, unga olib kirilgan tovarlar bojxona hududidan tashqaridagi tovar sifatida qaralib, u bojxona tekshiruvidan va soliqlaridan ozod etiladi”23. Bu ta‟rifda turli xildagi EIHlarning asosiy xususiyatlari yoritib o„tilgan, lekin bu faqat tovarlarni hududga olib kirish va olib chiqib ketishga nisbatan to„g„ridir.
Albatta, keyingi salkam 40 yillik taraqqiyot natijasida bunday qarash yetarli emasligi aniq bo„ldi. “Erkin iqtisodiy hudud” atamasi tahlil qilinayotgan iqtisodiy hodisaning qirralarini to„liq ochib beradi:
- mamlakatning qolgan qismidan iqtisodiy jihatdan ajralganlik holatining mavjudligi;
- xorijiy va mahalliy tadbirkorlar uchun alohida iqtisodiy muhitning mavjudligi (imtiyozli bojxona, soliq, ijara, valyuta, mehnat va boshqa tartiblar). Uning ta‟siri ostida “iqtisodiy muhitning” qarshilik qilishi kamayadi.
Kioto konvensiyasi qabul qilingach, keyingi taraqqiyot natijasida EIH tushunchasi borasidagi bilimlar ancha kengaydi, boyidi, uning turli xil shakllari kashf etildi.
Ushbu tushunchadan ko„rinib turibdiki, mamlakat hududining alohida qismidagi iqtisodiy erkinlik butunlay emas, balki, qiyosiy hisoblanadi. Demak, EIH tom ma‟noda erkin emas, balki, nisbatan erkin hududdir. Bu hududga olib kirilgan tovarlar bojxona to„lovlaridan import solig„idan va import ustidan nazarotlardan ozod etilgani uchun ham bu hudud EIH deb ataladi. Bu shuni anglatadiki, EIHga chet eldan olib kelingan tovarlar qabul qiluvchi davlatga olib kelingan deb e‟lon qilinmaydi. Shu bilan birga qonunlar tovar egalarini va sarmoyachilarini mavjud iqtisodiy huquqiy tartibotdan ozod qilmaydi, balki, uni yengillashtiradi.
Ushbu hudud erkinligi unga kiritilgan mahsulot bojxona tulovlari, importga nisbatan iqtisodiy siyosat choralaridan ozod qilinishi bilan belgilanadi va EIZga tashqaridan keltirilgan mahsulotlar deklaratsiya qilinmaydi.

23 Зименков Р.И. Свободные экономические зоны. Уч. пос. - М.: Юнити, 2005. – С. 7.

Biroq, shu bilan birga, qonunlar mahsulot egalari va investorlarni iqtisodiy tartiblardan ozod qilmay, uni yengillashtiradi.


Yuqoridagi EIHlarga berilgan ta‟riflardan hamda EIHlarning mazmun- mohiyatiga asoslanib shuni aytish mumkinki, EIHlarni maxsus iqtisodiy hudud (MIH) deya atash ham o„rinlidir.
Iqtisodiy adabiyotlarda EIHlarning MIHlar deb nomlanishining ham sababi shundandir. Bugungi kunda O„zbekiston qonunchiligida ham MIHlar atamasi keng ishlatilmoqda.
Bizning fikrimizcha, EIHlar mamlakatning shunday hududiki, bu erga olib kirilgan tovarlar milliy bojxona yurisdiktsiyasidan tashqarida hisoblanadi, binobarin bojxona nazorati va soliqqa tortilishdan ozod etiladi, ya‟ni bu yerda mamlakatning boshqa hududlarida qo„llanilmaydigan o„ziga xos imtiyozlar va rag„batlantirishlar tizimidan keng foydalaniladi.
Demak, EIH deganda davlat tomonidan tuzilgan milliy iqtisodiyotga yordam beruvchi sun‟iy iqtisodiy hudud tushuniladi. Shunga ko„ra, EIH o„zida hudud suvereniteti, iqtisodiy komplekslar, keng ishlab chiqarish va maxsus mexanizmlarni aks ettiradi.
Erkin iqtisodiy zonalarni rivojlantirish bo„yicha Xalqaro Assotsiatsiya (MARSEZ) izohiga qaraganda, EIH aynan maxsus moliya va xo„jalik jihatidan ochiq bo„lgan davlat qismidir. Bu esa, o„z navbatida, iqtisodiyot, fan va texnika, ekologiya va gumanitar fanlar rivojiga olib keladi.
Yuqoridagi izohlarga qaraganda EIHga yagona ta‟rif yo„qligiga amin bo„lamiz. Lekin, ko„p iqtisodchilarning fikrini tahlil qilib quyidagi fikrga kelamiz:
- birinchidan, EIH davlatning asosiy qismi;
- ikkinchidan, bu hududda to„liq imtiyozlar tizimi bo„ladi;
- uchinchidan, bu hudud faqatgina bojxona soliq va boshqa nazorat turlaridan
“erkin” hisoblanadi;
- to„rtinchidan, EIH rezidenti barcha nazorat turlaridan ozod degan ma‟noni
bermaydi;
- beshinchidan, EIHga jiddiy yondashuv natijasida u tashqi savdo
umumiqtisodiy fan va texnika, fan va texnologiya sohasidagi muamolarni yechishga yordam beradi.
Nazariy jihatdan EIHlarning mazmuniga berilgan turli iqtisodchi-olimlar ta‟riflari tahliliga ko„ra, erkin iqtisodiy mintaqalar iqtisodiy jarayonlarga davlat aralashuvini tanlab qisqartirish vositasi sifatida qaraladi. “Erkin iqtisodiy hudud” tushunchasiga berilgan bunday ta‟rif xo„jalik yuritishning imtiyozli tartibi amal qilishi bilan bog„liq jarayonlarning barcha ko„rinishini qamrab oladi. Bunday yondashuvda EIH – bu alohida olingan geografik hudud bo„lmay, milliy iqtisodiy makonning bir qismi bo„lib, unda mamlakatning boshqa hududlarida amal qilmaydigan imtiyoz va rag„batlar tizimi joriy qilingan va amal qiladi.
Demak, EIH (ayrim adabiyotlarda alohida yoki maxsus iqtisodiy hudud ham deyiladi) – mamlakatning qolgan hududlariga nisbatan alohida yuridik maqomli, milliy va xorijiy tadbirkorlar uchun imtiyozli iqtisodiy sharoitlarga ega bo„lgan chegaralangan hudud.
14

Biz “erkin iqtisodiy hudud” atamasining iqtisodiy mazmuni tahlili bo„yicha olib borgan umumiy izlanishlarimizga asoslanib, EIHlar mazmuni bo„yicha turli iqtisodchi-olimlar va mutaxasssislar fikr va qarashlari asosida unga quyidagi mazmundagi kengroq ta‟rifni berish mumkin:



Yüklə 5,03 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   20




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin