75
4-BOB. WEB - DIZAYNDA GRAFIKADAN
FOYDALANISH
§ 4.1. Grafik formatlar turlari
GIF – Graphics Interchange Formatni webning an‘anaviy formati deb atash
mumkin. U Web-brouzerlar qo‗llab-quvvatlagan fayllarning birinchi formati bo‗lgan
va hozirgi kungacha ham webning asosiy grafik formati bo‗lib kelmoqda. Uning
xususiyatlari quyidagilardan iborat[2,10]:
256 dan ortiq bo‗lmagan rangni qo‗llab-quvvatlaydi (kam bo‗lishi mumkin va
ko‗pincha shunday ham bo‗lishi kerak);
ranglar
palitrasidan foydalanadi;
LZW usuli bo‗yicha axborotni yo‗qotishsiz zichlashdan foydalanadi (bu usul
PKZIP arxivatorida qo‗llaniladigan zichlashga o‗xshash va binobarin, GIF-fayllar
keyinchalik yana zichlanmaydi);
qatorlararo razvertkani qo‗llab-quvvatlaydi;
oqimli format hisoblanadi, ya‘ni rasmni ko‗rsatish uni ola boshlash vaqtida
boshlanadi;
palitradagi ranglarning biriga shaffof atributini
belgilashga imkon beradi, bu
shaffof deb ataladigan GIF larni yaratishda qo‗llaniladi;
bir faylda bir necha tasvirlarni saqlash imkoniyatiga ega, bu animatsiya
qilingan GIF larni tayyorlashda qo‗llanilmoqda;
faylga izoh qo‗yish, tasvirlarni ko‗rsatish orasida ushlanib qolishni bajarish va
boshqalarga imkon beradigan faylga boshqaruvchi bloklarni qo‗yish imkoniyatini
qo‗llab-quvvatlaydi.
Endi esa ushbu xususiyatlar nimalarga olib kelishi mumkinligi to‗g‗risida biroz
tushuntirish berib o‗tamiz. Yuqorida yozganimizdek, GIF 256 dan ko‗p bo‗lmagan
rangni qo‗llab-quvvatlaydi, bu esa biz GIF-formatida saqlaydigan
barcha tasvirlar
ushbu chegara doirasiga sig‗ish uchun (turli dasturlar bunga turlicha erishadilar)
ranglar miqdorini kamaytirishini anglatadi. Bu yerdan esa xulosa kelib chiqadi – agar
76
ranglari bir-biriga uyg‗un o‗tadigan va ilg‗ash qiyin bo‗lgan rang tuslari bor yaxshi
fotosuratni olsak, u o‗zgartirilgandan so‗ng hammasi ancha yomon bo‗ladi – tuslar
ilg‗anmaydigan bo‗ladi va butun fotosurat tabiiy ko‗rinishini yo‗qotadi. Shuning
uchun agar fotosuratni GIF formatida saqlash va barcha rang tuslarini berish shart
bo‗lsa, hiylalarga borishga to‗g‗ri keladi. Masalan, fotosuratga
qandaydir badiiy
filtrni qo‗llash va uni rasmga aylantirish yoki ton berishni qo‗llash mumkin. Rasmlar
va chizmalarni bu formatda saqlashda hech qanday muammolar mavjud emas, ular
odatda yaxshi siqiladi va ko‗p ranglarni o‗z ichiga olmaydi.
JPEG. Webdagi ikkinchi eng mashhur grafik format JPEG – Joint
Photographic Experts Group hisoblanadi. U rang to‗g‗risida 24 razryadli axborotga
ega bo‗ladi. Bu GIF formatidagi 256 rangdan farqli o‗laroq 16,77 mln. rang
deganidir. JPEG da yo‗qotishli zichlashdan foydalaniladi. Bu shuni anglatadiki,
zichlash jarayonida tasvir to‗g‗risidagi ba‘zi
axborot chiqarib yuboriladi, lekin
aksariyat hollarda tasvir sifatining yomonlashishi ziyon keltirmaydi va hattoki
ko‗pincha sezilmaydi ham.
Ranglari uyg‗un holda bir-biriga o‗tadigan fotosurat yoki ixtiyoriy tasvirlarni
JPEG-formatida saqlagan yaxshi, chunki u kichik hajmdagi faylga sig‗adigan
tasvirning ancha yuqori sifatini taklif etadi.
SHunga qaramasdan, JPEG bir xil
rangdagi grafika tasvirlari uchun eng yaxshi qaror hisoblanmaydi, chunki bu format
ranglarda xol-xol dog‗lar hosil qiladi va so‗nggi fayl, odatda, o‗shanday tasvir uchun
GIF-faylga qaraganda biroz katta bo‗ladi[13].
PNG.
Webda doimiy ishlatish uchun raqobatlashayotgan uchinchi grafik
format ham mavjud. Bu ba‘zi afzalliklariga qaramasdan 1994 yildan beri u yoki bu
jihatdan uncha ko‗p foydalanilmayotgan PNG –
Portable Network Graphic
formatidir. Brouzerlar vstroennuyu grafika sifatida PNG formatini endigina qo‗llab-
quvvatlay boshladi, biroq PNG Web da ommaviy format bo‗lish uchun barcha
imkoniyatlarga ega. Aynan shuning uchun ham u bu yerda «katta uchlik»ka
kiritilgan. PNG yo‗qotishsiz zichlash sxemasidan foydalangan holda 8-razryadli
indeksatsiya qilingan ranglarni, 16-razryadli yarim tonlarni yoki 24-razryadli to‗la
rangli tasvirlarni qo‗llab-quvvatlashi mumkin. Bu tasvirning ancha yuqori sifatini,
77
ba‘zan esa GIF formati bilan taqqoslaganda kichikroq hajmdagi faylni ta‘minlaydi.
Bundan tashqari, PNG fayllari bir necha ajoyib funktsiyalarga ega, masalan, gamma
koeffitsientini boshqarish va shaffoflikning o‗zgartiriladigan darajalari (bu fon
rasmini tarqoq mayin soyalar orqali ko‗rsatishga imkon beradi).
BMP – bu Windows sistemasida tasvirlarni saqlovchi standart formatdir. Bu
format iste‘mol uchun tavsiya qilinishi mumkin emas, chunki u berilgan ma‘lumotni
siqib qo‗yishga qarshi. Har xil grafik formatlar faylining kengaytmasi turlichadir.
GIF –
faylning kengaytmasi qif, JPEG – faylarniki jpq, jpe va jpeq, PNG –
fayllarning kengaytmasi - pnq, BMP – fayllarniki – bmp. Web-sahifalarda grafikani
taqdim etishda hozirgi paytda Web dagi barcha tasvirlar ikki formatda: GIF va JPEG
formatlarida taqdim etilgan. Eslatib o‗tish o‗rinli bo‗lgan uchinchi raqib, PNG
formati, brouzerlarning qo‗llab-quvvatlashi va e‘tibori uchun kurashmoqda.
Dostları ilə paylaş: