33
qiladi. Ikkinchi turdagi foyda internet orqali sotilgan mahsulotlardan , axborot qidiruv
tizimlaridan, saytlarga reklama joylashtirishdan olindi. Tijorat maqsadidagi internet
loyihalar tayyorlash uchun ko‗p vaqt va mehnat ajratish zarur bo‗ladi. Web
dasturlovchiga yangi loyiha tuzishi uchun kompyuter va boshqa texnik vositalardan
tashqari ma‘lum bir dasturiy vositalar ham zarur bo‗ladi. Quyidagi ro‗yxatda web
loyiha tuzish uchun zarur dasturiy ilovalar keltirilgan: HTML hujjat yozish uchun
muharrir;
vektor grafikasi muharriri; grafik redaktori; brouzer; HTML optimizatori;
tasvirlar optimizatori; tasvirlar muharriri.
Har
qanday texnologiya, har qanday ijodiy jarayon ma‘lum bir qonun va
qoidalarga bo‗ysunadi. Web - sayt injenerlik ijodining mahsuli sifatida bir qancha
qoidalar to‗plamiga egadir. Bu qoidalar[14,16]:
1.
Har qanday web sahifani loyihalashtirilayotganda va ishlab chiqilayotganda
asosiy kriteriy foydalanuvchi uchun hosil qilingan qulaylikdir.
2.
Zamonaviy internetda qabul qilingan kelishuvga
asosan mahorat bilan
ishlangan sayt 256 xil rangli palitrada ekranning 640X480 nuqtali imkoniyatida aniq
ko‗rinishda namoyon bo‗lishi kerak.
3.
800x600 nuqtali imkoniyatga ega bo‗lgan ekranga mo‗ljallangan html-hujjat
640x480 nuqtali imkoniyatga ega bo‗lgan ekranda namoyon bo‗lganda tasvir to‗liq
ko‗rinmaydi. SHuning uchun brouzerning bosh oynasining pastki qismida ekranning
qolgan qismini ko‗rish uchun mo‗ljallangan uzunchoq tugma namoyon bo‗ladi. Bu
esa foyjalanuvchiga noqulaylik hosil qiladi.
4.
Web sahifaning 256 xil rangli palitraga ega bo‗lgan ekranda to‗g‗ri namoyish
etilishi uchun grafik elementlarini iloji boricha GIF formatida, juda zarur bo‗lgan
holatda JPEG formatida aks ettirish kerak.
5.
Ishlab chiqilayotgan html – hujjatlarning turli brouzerlarda ekranning
ko‗rsatkichlari o‗zgargandagi xolatini tekshirib ko‗rish kerak.
6.
Web-sahifaning grafik va interaktiv elementlari
imkoniyat boricha kichik
xajmga ega bo‗lishi kerak.
7.
Ishlab chiqilayotgan web – sahifada navigatsion elementlar (oldingi, keyingi
sahifalarga o‗tish belgisi) bo‗lishi zarur. Bu elementlar foydalanuvchiga qulay qilib
34
joylashtirish zarur. Agar ular sahifaning yuqori qismida joylashgan bo‗lsa, hamda
sahifaning pastki qismi ekranda aks etganda bu elementlar ko‗rinmay qolsa, u holda
navigatsion elementlarni ekranning pastki qismiga ham joylashtirish zarur.
8.
Butun loyihani yagona dizaynerlik stilida namoyon qilish kerak.
9.
Bir web – sahifada uch xildan ortiq shriftdan foydalanmaslikka harakat qilish
kerak.
10.
Bir web – sahifada uch xildan ortiq rangdan foydalanmaslikka harakat qilish
kerak va bir – biriga mos tushuvchi ranglarni ishlatish zarur.
Dostları ilə paylaş: