27
tilning zamonaviy rivojlanish imkoniyatlari darajasini aks ettiruvchi standartni
yaratish kiradi. Spetsifikatsiyaning tasdiqlash sxemasi quyidagilardan iborat: WZS
konsortsiumi standart loyixasini tayyorlaydi. Muhokama qilingandan so‗ng uning
ishchi (draft) varianti chiqariladi, so‗ngra uni ma‘lum
bir davrga yana muxokama
qilish uchun tavsiya qilinadi. Istagan xoxlovchi odam HTML standartining yangi teg
va versiyalari muhokamasida ishtirok etishi mumkin. Muhokama davri tugagandan
keyin standartning ishchi varianti tavsifnoma hisoblanadi, ya‘ni HTML
spetsifikatsiyaning rasmiy tan olingan varianti bo‗ladi.
Qabul qilingan standart Document Type Definition (xujjat xilini aniqlash) yoki
DTD deb ataladi. Internetda birinchi marta taqdim qilingan HTMLdagi DTD –
standartning 1.0 versiyasi bo‗ldi. So‗ngra 1995 yil noyabr oyida WWW uchun ancha
aniq va o‗ylab qilingan 2.0 versiya yaratildi. 1996 yil sentyabr oyida bir necha oylik
muxokamadan so‗ng 3.2 versiya tasdiqlandi (3.0 versiya nashr qilinmadi). 1997 yil
iyun oyida HTML – standartning 4.0 versiyasi e‘lon qilindi va 1997 yil dekabrida
rasmiy standartga aylandi. Bugun bu qabul qilingan standartlarning eng
oxirgisidir.Umuman, HTML xujjat standart hisoblanishi uchun yana prolog
(muqaddima) xam kerak. Xujjatga qanday ishlov berishiga qarab u o‗rnatiladi. Prolog
quyidagi ko‗rinishga ega:
Prolog bu maxsus ko‗rinish ega bo‗lgan yolg‗iz teg. Bu teg ochuvchi
oldida HTML – xujjatning eng oldiga o‗rnatiladi va HTML – spetsifikatsiyasiga
kat‘iy mos kelgan xolda rasmiylashtirilgan xujjat hisoblanadi. HTML – xujjatga
prologni o‗rnatish – bu WZS talabidir (Internetdagi ko‗pchilik
HTML xujjatlarda
prolog qo‗yilmaydi). HTML spetsifikatsiyasida monitor ekranida taqdim etilgan
ta‘rifdan xujjat strukturasi ta‘rifini ajratish asosiy (klyuchevoy) g‗oyaga aylandi.
Tajriba ko‗rsatishi bo‗yicha xujjatning bu ikkala ta‘rifini bir-biridan ajratish
platforma, muxit va shu kabilarni keng miqyosda quvvatlashga qilinadigan sarf-
xarajatlarni ancha kamaytirar ekan, shu bilan birga xujjatlarga o‗zgarishlar kiritishni
osonlashtirar ekan. Bu g‗oyaga asosan CSS yordamida xujjatlarni taqdim qilish
usulidan ko‗plab foydalanish maqsadga muvofiq keladi[17].
28
HTML spetsifikatsiyasi
web-
hujjatlarnianchakengdoiradagifoydalanuvchilarerkinfoydalanadiganqilishuchunmaxs
usyaratilganbirqatoryangiartibutlarvateglarnikiritadi. HTML ning ba‘zi yangi
imkoniyatlarini qisqacha sanab o‗tamiz. HTML erkin foydalanishni ta‘minlaydigan
quyidagi yangi imkoniyatlarni taklif etadi:
hujjat tuzilishi va uning tashqi ko‗rinishini keyinchalik yanada bo‗lish.
HTML stili to‗g‗risidagi axborotni kaskadli stillar jadvallarida
joylashtirishni taklif
etadi;
navigatsiya yordami, masalan, erkin foydalanish klavishalari va faqat
klaviaturani ishlatish bilan sahifa elementlaridan erkin foydalanish uchun
tabulyatsiya tartibini indeksatsiya qilish;
grafik va matnli murojaatlarni birlashtiradigan yangi mijoz karta-tasviriga
tegishli tavsiyalar;
nutq va boshqa qurilmalariga qisqartma va akronimlarni talqin qilishga
yordam beradigan
va yangi teglari;
jadvallarning qatorlari va ustunlarini mantiqan guruhlashning imkoniyati,
jadvallarni talqin qilishni osonlashtirib, ularni sarlavhalar, rezyume va ichidagi
narsaning uzun tavsiflari bilan ta‘minlash;
formalarni boshqarish elementlarini guruhlash va o‗zlashtirish uchun ancha
ravshan bo‗lgan uzun tanlov ro‗yxatlarini yaratish imkoniyati. Formalar
elementlaridan shuningdek tabulyatsiya va tezkor erkin foydalanish klavishalari
orqali erkin foydalaniladi;
muqobil matnni yaratishning takomillashgan mexanizmi. Endi alt atributi
tegi uchun majburiydir. Tasvirlarga ancha uzun matnli izohlar bilan aloqani
ta‘minlash uchun longdesc atributi kiritilgan.
Dostları ilə paylaş: