O‗zbekiston respublikasi oliy va o‗rta maxsus ta‘lim vaziriligi r. X. Alimov, A. A. Sobirov, S. A. Saydullayeva



Yüklə 1,55 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə12/46
tarix24.12.2023
ölçüsü1,55 Mb.
#191684
növüУчебное пособие
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   ...   46
Web dasturlash

1-BOB. WEB TEXNOLOGIYA ASOSLARI
§ 1.1.Gipermatnli axborot tizimi. Web-brouzerlar 
Hozirgi vaqtda web dasturlash sohasi kosmik tezlik bilan rivojlanmoqda. 
Yangi texnologiyalar va g‗oyalar maxsus kompaniyalar va korporatsiyalar tomonidan 
ishlab chiqarilishi bilan birga oddiy dasturchilar tomonidan ham yaratilmoqda.
3
Gipermatnli axborot tizimi axborot uzellari to‗plamidan, bu uzellarda 
aniqlangan gipermatnli aloqalar to‗plamidan hamda uzel va aloqalarni boshqarish 
instrumentidan iboratdir(1.1-rasm).World Wide Web texnologiyasi – bu internetda 
tarqatilgan gipermatnli tizimlarni boshqarish texnologiyasidir va bunga asosan, u 
gipermatnli tizimlarning umumiy qoidalariga mos kelishi kerak. Ya‘ni yuqorida 
sanab o‗tilgan gipermatn tizimlarining tashkil etuvchilari web tizimida ham bo‗lishi 
kerak[2]. 
(a) 
(b) 
1.1-rasm. Gipermatnli axborot tizimlari
4

Butun dunyo cho‗lg‗ami (pautina) Word Wide Web (WWW) yoki (W3) 1989 
yili paydo bo‗ldi. Uning mohiyati Shveytsariyadagi CERN (The European 
Laboratory for partile physios – elementar zarrachalarning Evropa laboratoriyasi) deb 
nomlangan laboratoriyaning bir gurux olimlari ishlab chiqdilar. Ularning fikricha, har 
hil elektron xujjatlar o‗zaro almashuv paytida istagan kompyuterda bir xil ko‗rinishga 
3
Папуловская Н.В., Рапопорт А.А.Новые возможности современного веб-программирования. 
Институт радиоэлектроники и информационныхтехнологий. Екатеринбург– 2016г. 
4
https://dallasseostaff.com. 


15 
ega bo‗lishi kerak. Tabiiyki, bunday xujjatlar bilan ishlash muxiti etib Internet 
tanlangan. CERN global tarmoqdagi eng gavjum joylardan biri hisoblangan. Bu 
muammo bilan laboratoriya xizmatchisi fizik Tim Berners-Li shug‗ullandi va 1991 
yil tugatdi. CERN olimlari navbatdagi avlod HTML (Hyper text Markup Language) 
va WWW larning rivojlanishini bilib bergan WWW (w3 consortium) deb nomlangan 
Konsortsium ning yuzaga kelishiga sababchi bo‗ldilar. 1960 yili amerikalik olim 
Teodor Xolm Xelsonning shunga o‗xshash muammo bilan mashg‗ul bo‗lganini aytib 
o‗tish zarur. U o‗z oldiga shunday maqsad qo‗ygan edi: insoniyat yaratgan har xil 
qiymatdagi matnli xujjatlarni maxsus kompyuter tarmog‗iga birlashtirish va ularni 
o‗zaro mantiqan bog‗lash. Bunda foydalanuvchi asosiy yoki qo‗shimcha axborotli 
ixtiyoriy xujjatning bir joyidan boshqasiga o‗tish mumkin. 1965 yili Nelson T. X. 
bunday matnli axborotlarni tashkil etish uslubini gipermatn, o‗zining amalga 
oshmagan loyixasini esa Xanadu deb nomladi. Ana usha T. Nelsonning Xanadu dagi 
goyasi WWW ning rivojiga turtki bo‗ldi. 
Fizik Tim Berners–Li o‗zining yaratgan o‗zaro bog‗langan platformali 
mustaqil matnli xujjatlarni yozish tilini HTML deb nomladi. Bu xujjatlar o‗zaro 
gipermurojaatlar yordamida bog‗lanadi. Gipermurojaat - bu internet saxifasidagi 
boshqa ob‘ekt bilan bog‗lovchi ajratilgan so‗z turkumi. Axborotning turli tarkibiy 
qismlari orasidagi aloqa. U WWW doirasidagi ob‘ektdan ob‘ektga o‗tishni 
ta‘minlaydi. Gipermatnli xujjatlar bilan tanishib chiqish uchun Tim Berners – Li Web 
– (sharxlovchi) deb nom olgan programma yozdi[2]. 1993 yili amerikalik talaba 
Mark Andressen Mosaic Web – sharxlovchi dasturni yozdi. Bu dastur birinchilar 
qatori grafik interfeysga ega bo‗ladi va sichqoncha bilan ishlay boshlaydi. Mosaic 
ishlatish uchun qulay, UNIX, PC, va Macintosh platformalarida ishlaydi va bepul 
tarqatiladi.Biroq vaqt o‗tgach tadqiqotchi Mosaic asoschi Silicon Graphics bilan 
birlashdi. Ular hozirgi kunda brouzer – Netscapeni yaratdilar. Taxminan Webdagi 
barcha trafiklarning 80% Netscapega to‗g‗ri keladi. Xonadonlardagi kompyuterlarni 
Netscape bilan tekin yuklash mumkin. Keyinroq bozorda Microsoft kompaniyasi 
maxsuloti Internet Explorer nomli yangi brouzer paydo bo‗ldi. U ham tezda internet 
tarmog‗iga kiritila boshladi. qaysi bir jixatdan WWW ning mashxur bo‗lib ketishi 


16 
Microsoft Windows ga o‗xshab ketadi. Windows MS DOS matn barcha vazifalarni 
qulay grafik interfeys orqali bajaradi. Xuddi shunday WWW ning grafik moxiyati 
Internet va elektron aloqa vositalarining e‘tiborini jalb etdi.Kelajakdagi WWW 
brouzer va kompyuterlarda axborotlarning tashqi ko‗rinishi bilan boshqariladigan, 
ishlatishda eng qulay til HTML bilan chambarchas bog‗lanadi. Oxirgi yillar 
mobaynida HTML da bir qancha o‗zgarishlar sodir bo‗ldi. 24-dekabr 1999 yil 
maxsus notijorat tashkilot WWW Consortium (W3C) tomonidan qabul qilingan 
HTML fayllari, shaxsan, audio – videokliplar bilan ishlashda, ayniqsa saxifalarni 
o‗zaro bog‗lashda katta qulaylik tug‗diradi. 
Web tizimini gipermatn tizimi sifatida ikki nuqtai nazar sifatida ko‗rish 
mumkin. Birinchidan, gipermatn murojaatlar yordamida bir-biri bilan ulangan 
sahifalar to‗plami sifatida ko‗rish mumkin. Ikkinchidan, sahifalarni tashkil qiluvchi 
axborot ob‘ektlarining elementlaridan (matn, grafika va x.k.) tashkil topgan to‗plam 
sifatida ko‗rish mumkin. Ikkinchi yo‗nalishda gipermatn tarmog‗i HTML 
sahifalarining axborot ob‘ektlari elementlarining to‗plami sifatida aniqlanadi.HTML 
internetda hujjatlar hosil qilish tilidir. HTML hujjat deb HTML kodidan tashkil 
topgan faylga aytiladi.Bunday hujjatlar web uzellarning asosiy axborot manbaalari 
hisoblanadi. Ular matn, grafika audio va video axborotlarni hamda internetning 
boshqa komponentlarini kompyuter ekranida aks ettirish imkonini beradi. 
Bu dasturiy tilning asosiy funktsional afzalliklaridan biri gipermurojaatlardir. 
Gipermurojaat (HyperLink) HTML – hujjatning asosiy funktsional elementi bo‗lib, u 
berilgan web – sahifaning biror ob‘ekti bilan boshqa sahifa matnli qatorining dinamik 
aloqasini namoyon etadi. Gipermurojaat sifatida matnli element yoki grafik ob‘ekti 
ham bo‗lishi mumkin. Giperaloqani yagona serverda joylashgan bir necha hujjatlar 
orasida hamda internet tarmog‗ining turli qismlarida joylashgan ob‘ektlar orasida 
o‗rnatish mumkin[11]. 
HTML boshqa dasturiy tillardan farhli ravishda translyatsiya qilinmaydi, balki 
interpretatsiya qilinuvchi dasturiy tildir. Bu degani uning bajariluvchi kodini ishga 
tushirish uchun oldindan kompilyatsiya qilinmaydi. Web – sahifani ko‗rishga 
mo‗ljallangan maxsus dasturda o‗rnatilgan interpretator sahifaning ochilish 


17 
jarayonida html – kodni bevosita kompilyatsiya qiladi. Bunda agar dastur matnida 
xatolik topilsa, ogohlantirilmasdan bu qator interpretator tomonidan tashlab ketiladi. 
Agar bu xatolik html – hujjatning JavaScript kodida sodir bo‗lsa, u holda 
ogohlantirish ma‘lumoti namoyon bo‗ladi. Demak, html – dastur ishlab chiqilganda 
uning xatosini faqat web – sahifa ekranda ask etgandagina kqrish mumkin. 
Gipermatn g‗oyasining mazmuni shundaki, tarmoqdagi informatsion zaxiralarga 
gipermatn modelini yaratishdagi relyatsion yondashishdan foydalanish va uni 
maksimal oddiy usul bilan bajarish. Bu g‗oyani amalga oshirishda to‗rtta asosiy 
vosita ishlab chiqilgan:
HTML hujjatlarning gipermatn belgilash tili. 
URL (Universal Resource Locator) tarmog‗idagi zahira adreslashning 
universal usuli. 
HTTP gipermatn axborotlari bilan almashish protokoli. (HTTP - Hyper Text 
Transfer Protocol). 
CGI (Common Getaway Interface) shlyuzlarining unversal interfeysi. 

Yüklə 1,55 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   ...   46




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin