22
Bunda serverda odatda web serverda aks ettiriladigan barcha ma‘lumotlarni
saqlaydigan ma‘lumotlar bazasi va ilovaning server qismi o‗rnatiladi,
foydalanuvchining ish stantsiyasida esa axborotni ko‗rish
uchun ancha oddiy vosita
o‗rnatiladi. Bu tizimda web ilovaning server qismi «qalin» server ko‗rinishida taqdim
etiladi, mijoz mashinasida esa «yupqa» mijoz o‗rnatilgan bo‗ladi.
Hozirgi kunda oddiy web serverni yaratish texnologiyasini ancha oddiy vazifa
deb hisoblasa bo‗ladi. Asosiy qiyinchilik server sahifasini badiiy bezashdan iborat.
Tarmoqdagi u yoki bu serverning muvaffaqiyati ko‗p jihatdan aynan sahifalar qanday
bezatilganiga bog‗liq. Axborot sahifalarga qanday bo‗linganligi va matndagi
murojaatlar qanday belgilanganligi ham muhim rol o‗ynaydi. web serverni
yaratishning ushbu muhim jihatlari hozir katta qiziqish uyg‗otmaydi, avval web
serverni o‗zining asosini nima tashkil etishi va foydalanuvchilarning kompyuterlarida
qanday savollar echilishi kerakligi bilan tanishish talab etiladi.
Axborotni taqdim
etishning qulayligi avvalambor foydalanuvchilarning ish stantsiyalarida o‗rnatilgan
vositalarga bog‗liq bo‗lganligi sababli web serverni yaratishda ishlatiladigan
texnologiyalarni o‗rganishni aynan ulardan boshlaymiz. Internet resurslaridan
foydalanishning asosiy printsiplaridan biri ―klient-server‖ sxemasi asosida
ma‘lumotlar uzatishni tashkil qilishdir. ―Klient-server‖ tizimi klient brouzeriga web –
sahifani yuklash uchun server kompyuterdagi maxsus dastur(http – server)ga kerakli
so‗rov yuboradi va undan olingan ma‘lumotni qayta ishlaydi.
Bunda brouzer vazifasi serverdan ma‘lum sahifani so‗rash,
uni qabul qilib
olish va foydalanuvchi ekranida aks ettirishdan iboratdir. Server esa so‗rovni qabul
qiladi, so‗ralgan hujjatni qidiradi, klientga topilgan faylni jo‗natadi. Agar bunday fayl
mavjud bo‗lmasa yoki bu fayldan foydalanish huquqi berilmagan bo‗lsa, u holda
ushbu xatolik to‗g‗risida axborot beriladi. Ushbu jarayonda http – server taqdim
etilayotgan hujjatning mazmunini taxlil qilmaydi va uni brouzerga yuboradi. Brouzer
qabul qilingan axborotni taxlil qiladi va ekranda namoyon qiladi.
Server shaxsiy
domenga, ya‘ni Domain Name System standartiga javob beruvchi DNS adresiga ega
bo‗lishi kerak(1.6-rasm). Demak, server – bu maxsus dasturiy ta‘minotga va shaxsiy
domen nomiga ega bo‗lgan kompyuterdir.
23
1.6-rasm. Domain Name System
9
.
Server administratori uning parametrlarini o‗zgartirish imkoniyatiga egadir,
masalan, resurslardan foydalanish xuquqini berish yoki bermaslik,
CGI skript yoki
SSI dasturiy ilovalar kabi qator qo‗shimcha dasturlar va funktsiyalarni ishga tushirish
xuquqiga egadir. Ya‘ni zaruriyatga qarab server konfiguratsiyasini o‗zgaritirish
imkoniyatiga egadir[2,10]. Har bir Web – server barcha protokollarga va internet
tugunlariga tegishli axborotlarga egadir. Web – serverda bundan tashqari xujjatlar,
dasturlar va boshqa axborotlar saqlanadigan joy adreslari to‗g‗risidagi ma‘lumotlar
ham saqlanadi.
Faraz
qilaylik
siz
brouzer
(Netcape)ga
http//www.microsoft.com
/Mics/shortcuts.htmlga o‗tish kerakligini aytasiz. Web – server Netscapedan qilgan
interpretatsiya (tarjima) qiladi, keyin (direktoriy - Misc va unda joylashgan xujjat
Shortcuts.htmlni topadi va xujjatdagi ma‘lumotni sizning
kompyuteringizga taqdim
etadi. Netscape axborotni qabul qilgach xujjatda joylashgan fayl kodini ciz ko‗rib
turgan ekranga uzatadi. Agar foydalanuvchining kompyuteri server bilan aloqa
bog‗lasa va undan kerakli ma‘lumotlarni olsa, masalan, web – sahifa kodini, bu holda
u tizimda ―klient‖ sifatida ishtirok etadi. Tizimning o‗zini esa ―klient - server‖ tizimi
deyiladi. Demak, ―klient - server‖ tizimi deb foydalanuvchining ixtiyoriga o‗zining
resurslarini taqdim etuvchi kompyuter va bu resurslardan foydalanuvchi kompyuter
orasidagi axborot almashinuv mexanizmiga aytiladi. Bu holda o‗z resurslarini taqdim
etuvchi kompyuter – ―server‖, bu resurslardan foydalanuvchi kompyuter ―klient‖
9
https://norid.com
24
(―klient‖) deb ataladi. Serverlar turlicha bo‗lishi mumkin. Ular bir – biridan asosan
foydalanilayotgan operatsion tizimlariga qarab farqlanadi.
Sayt (inglizcha, site – uchastok - bo‗lak) – bu serverning bo‗lagi, ya‘ni
biror
bir mavzuga oid bo‗lim hisoblanadi. Sayt serverdan farqli ravishda belgilangan
maxsus dasturga ega bo‗lmaydi. Ko‗pgina saytlar shaxsiy domen nomiga ega
bo‗lishiga qaramasdan, ular serverning integrallangan bo‗lagi
yoki server
kompyuterining katalogi hisoblanadi. Har bir sayt bir necha bo‗limlar to‗plamidan
iborat, ular o‗z navbatida yana kichik tashkil etuvchilarga bo‗linadi(1.7-rasm)
1.7-rasm. Sayt strukturasi
10
.
Uy sahifasi (homepage) ko‗pgina hollarda shaxsiy domen nomiga ega
bo‗lmaydi. Uning adresi quyidagi ko‗rinishda bo‗ladi:
http://www.domain.zooe/your_name/.
Dostları ilə paylaş: