13
―Web- dasturlash‖ o‗quv qo‗llanmasining maqsadi web-sahifani ishlab chiqish
misolida amaliy dasturlashtirishning nazariy
asoslarini va tamoyillarini, ularning
funktsional va strukturaviy tashkil etilishini, maxsus dasturlashtirish tillarini ishlatgan
holda dinamik web-sahifalarni hosil qilishning usullarini va uslubiyatlarini
o‗rgatishdan iborat.
―Web – dasturlash‖ fanini o‗qitilishining asosiy vazifasi:
Internetning ishlash
printsipi, web-texnologiya asoslari, web-dizaynning
asosiy mohiyatlari, gipermatn
belgilash tili HTML, web – sahifani JavaScript dasturlash tili yordamida boshqarish,
Web – sahifalarda grafikadan foydalanish kabi mavzularni talabalarga o‗rgatish va
amaliy natijalarni olishda ko‗maklashishdir.
Web dasturlovchi yangi loyiha tuzishi uchun
kompyuter va boshqa texnik
vositalardan foydalanishni o‗zlashtirgan bo‗lishi zarur. «Web - dasturlash» fani
―Informatika‖, ―Internet texnologiyalari‖ ,―Axborot texnologiyalari va tizimlari‖,
"Algoritmlash asoslari va algoritmik tillar", ―Dasturlash texnologiyalari‖ kabi fanlar
bilan mukammal bog‗langandir.