29
JavaScript – bu gipermatnli web – sahifani ko‗rish stsenariysini
klient tomonidan
boshqarish tilidir.JavaScriptning asosiy g‗oyasi shundan iboratki, HTML –
sahifani
ko‗rish jarayonida foydalanuvchi tomonidan HTML dasturi atributlari qiymatini va
ekranda aks ettirish xususiyatlarini o‗zgartirish imkoniyatlaridir. Bunda sahifa qayta
ishga tushirilmasdan o‗zgartiriladi. Tajribada bu – sahifa fonini o‗zgartirish, rasm
fonini o‗zgartirish, yangi muloqot oynasi ochish yoki ogohlantiruvchi ma‘lumotni aks
ettirish kabi jarayonlardan iborat bo‗ladi. JavaScript
dasturiy tili Netscape
kompaniyasining mahsulotidir. Microsoft kompaniyasi tomonidan Jscript dasturiy tili
ishlab chiqilgan. JavaScript Evropa kompyuter ishlab chiqaruvchilari assotsiatsiyasi
ECMA
(European
Computer
Manufacturers
Association)
tomonidan
standartlashtirilgan[15].
Java dasturlash tili
Java dasturlash tili Sun Microsystems kompaniyasi tomonidan ishlab chiqilgan
bo‗lib, strukturasi va yozilishi jihatidan ―C‖ dasturlash tiliga o‗xshashdir. Uni
internetda ikki xil variantda uchratish mumkin:
birinchisi JavaScript, ikkinchisi
Java.JavaScript dasturiy tili HTML faylning imkoniyatlarini oshiradi.
U ishlashi
uchun HTML fayldan chaqiriladi va interpretatsiya qilinadi.
Brouzerga o‗rnatilgan interpretator skriptni ham gipertekstni ham yagona fayl
sifatida qabul qiladi.Java moduli JavaScriptdan farqli ravishda alohida dasturiy ilova
sifatida ―.class‖ kengaytmali faylda saqlanadi.
Bu fayl
applet
deb ham ataladi. Applet ham htmlfayldan chaqirilib,
ishga
tushiriladi[15].
Java texnologiya yordamida web – sahifaga interaktivlik elementlarini qo‗shish
mumkin. Masalan, o‗zgaruvchi muloqot oynalarini hosil qilish,
ularni boshqarish,
freymlarni tashkil qilish va boshqarish, ―soat‖, ―yuguruvchi qator‖
va boshqa
animatsiya elementlarini hosil qilish mumkin. Saytga ―jonli‖ tasvirni beruvchi web –
kameralar ham Java dasturiy ilovalari yordamida ishlab chiqiladi.
Dostları ilə paylaş: