O‗zbekiston respublikasi oliy va o‗rta maxsus ta‘lim vaziriligi r. X. Alimov, A. A. Sobirov, S. A. Saydullayeva



Yüklə 1,55 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə18/46
tarix24.12.2023
ölçüsü1,55 Mb.
#191684
növüУчебное пособие
1   ...   14   15   16   17   18   19   20   21   ...   46
Web dasturlash

 


30 
CGI texnologiyasi 
CGI (Common Gateway Interface) texnologiyasi internet resurslari tarkibida 
ob‘ektdan ob‘ektga ma‘lumotlar to‗plamini uzatishni ta‘minlovchi dasturiy ilovalar 
asosida tuzilgan interaktiv elementlardan foydalanishini nazarda tutadi. Internet 
tarmog‗idagi konferentsiyalar, e‘lonlar bo‗limi, ro‗yxatlar kitobi, chatlar qidiruv 
tizimlari va reyting hisobi tizimlari ham CGI texnologiyasi asosida ishlab chiqilgan.
Umumiy holda CGI texnologiyaning ishlash printsipi quyidagichadir: 
Foydalanuvchi web – sahifada biror shaklni to‗ldiradi va tugmani bosadi. Bundan 
so‗ng HTML – dasturiy ilovada yozilgan CGI skriptni chaqiruvchi operator qatori 
CGI skriptni ishga tushiradi va unga ma‘lumotni qayta ishlash uchun boshqarishni 
topshiradi. Foydalanuvchi tomonidan kiritilgan ma‘lumotlar ushbu dasturiy ilovaga 
yuboriladi. U esa o‗z navbatida bu ma‘lumotlarni boshqa sahifaga joylashtiradi
pochta orqali kerakli manzilga yuboradi yoki biror usul bilan transformatsiya qiladi. 
CGI skriptlari serverda maxsus ajratilgan CGI – BIN deb nomlangan 
direktoriyalarida joylashtiriladi[2]. 
SSI texnologiyasi 
SSI (Server Side Includes) texnologiyasi CGI texnologiyasi bilan uzviy 
bog‗langan texnologiyadir. SSI texnologiyasi ―C‖ dasturiy tiliga o‗xshash makro-tili 
yordamida qo‗yilgan shartlarga qarab web sahifada u yoki bu matnni aks ettirish, 
berilgan algoritm yordamida mavjud fragmentlardan dinamik ravishda HTML fayl 
hosil qilish yoki uning biror qismiga CGI skriptining natijalarini joylashtirish 
imkoniyatiga ega. SSI texnologiyasining afzalliklari va kamchiliklari CGI 
texnologiyasiga o‗xshashdir. 
CSS texnologiyasi 
Web – dizayner html – hujjatni ishlab chiqish jarayonida ko‗pgina hollarda
formatlashning murakkab usullarin qo‗llashga to‗g‗ri keladi. Masalan, Abzatsdan 
abzatsgacha shriftni o‗zgartirish, matnni joylashtirish, uning rangi o‗zgartirish, 
ma‘lumotlar jadvallarini tuzish kabi ishlarni amalga oshiradi. Bu masalani 


31 
HTMLning standart vositalari yordamida hal qilish mumkin. Lekin bunda faylning 
hajmi juda kattalashib boradi va bu jarayon mehnati ham birmuncha murakkablik 
keltiradi. Bunday muammoni hal qilish uchun web – sahifaga kaskad jadvallar usuli 
CSS — Cascading Style Sheets standartida tuzilgan tashqi faylni qo‗shish kifoyadir. 
Maxsus 
makro-til 
yordamida 
bir 
marta 
sahifaning 
formati 
o‗rnatiladi.Boshqacha aytganda CSS fayli HTML – hujjatdagi matn, jadval va boshqa 
elementlarni formatlash uchun ishlatiladigan shablon o‗rnini bosadi. Bitta CSS fizik 
faylini saytning bir necha web sahifalariga qo‗shish mumkin. CSS faylini ixtiyoriy 
serverda ishlatish mumkin. 

Yüklə 1,55 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   14   15   16   17   18   19   20   21   ...   46




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin