Bajardi: Rozmamedov Asadbek Qabul qildi: Hamroyev Bahodir



Yüklə 160,82 Kb.
tarix07.06.2023
ölçüsü160,82 Kb.
#126274
Atrof muhit-21WPS Office


MUSTAQIL ISH

ATROF - MUHIT VA TABIIY RESURSLAR
IQTISODIYOTI

BIOLOGIK RESURSLAR VA ALOHIDA MUHOFAZA QILINADIGAN HUDUDLAR


Bajardi: Rozmamedov Asadbek

Qabul qildi: Hamroyev Bahodir


Reja:
1. Biologik resurslar haqida tushuncha.


Bioresurs, produtsent, konsument, redutsent,
tabiatda moddalarning biologik aylanishi
2. Muhofaza etiladigan tabiiy hududlar
(qo’riqxonalar, tabiiy va milliy bog’lar,
buyurtmaxonalar, tabiiy yodgorliklar)
3. O’zbekiston Respublikasi o’simlik resurslari.
O’rmondan foydalanish. Hayvonot resurslari
(jumladan, baliq resurslari)

1.Tabiatda uchraydigan biologik resurslar deb, yer yuzining o’simlik


va hayvonot boyliklariga, mikroorganizmlarga, shuningdek, mayda
hasharot va jonzotlari jamlanmasiga aytiladi.
Biologik resurslar o’simlik resurslari, shuningdek, tabiatda
uchraydigan madaniy va yovvoyi o’simliklarni o’z ichiga oladi. Ularning
turlari nihoyatda xilma-xildir. O’simlik resurslari tuproq tarkibida tomir
otib, vegetatsiya davrida o’sib hamda rivojlanib, xuddi hayvonot olamidek
o’z umrini yashab bo’lgandan keyin tugaydi.
Insonlarning to’laqonli hayotini ta’minlovchi barcha turdagi tirik
organizmlar – o’simliklar, hayvonlar, zamburug’lar va bakteriyalar inson
uchun biologik resurslar (bioresurs) hisoblanadi.
Barcha miqyosda (mintaqa, tuman) ma’lum hududda tarqalgan
o’simlik organizmlarining majmuasi flora deyiladi, hayvonot
organizmlarining majmuasi esa fauna deyiladi. Ma’lum hududning flora
va faunasi biotani tashkil qiladi.
Bioxilma-xillik Yer sharida uchratish mumkin bo’lgan barcha jonli
narsalarning – hayvonlar, o’simliklar, mikroorganizmlar va boshqalarning
xilma-xilligini bildiradi. Oxirgi ma’lumotlarga ko’ra, Yer sharida 350000
ga yaqin o’simlik turlari mavjud.
O’zbekistonning bioxilma-xilligi, asosan, 27000 dan ortiq flora va
fauna turlaridan iborat. Ulardan hayvonlar 15000 dan ortiq, o’simliklar,
zamburug’lar va suv o’tlari 11000 ga yaqin. Turli tizimlarning hayvonot va
o’simlik dunyosi bir-biridan farqlanadi va u yoki bu tabiiy zonaning
o’zgarishiga (transformatsiyasiga) bog’liq.
O’simliklar deb oddiy, bir hujayrali, juda mayda suv o’tlaridan to
ulkan daraxtlargacha bo’lgan, mustaqil ravishda organik moddalarni sintez
qila oladigan tirik organizmlar guruhiga aytiladi
O’simliklar deyarli yagona fizikaviy (jonsiz) resurslar hisobiga
organik moddalarni yaratuvchi organizmlardir – ular produtsentlar
deyiladi.
Yerdagi biomassaning 99 %i o’simliklar hissasiga to’g’ri keladi.
Yashil o’simliklar har yili 180-50 milliard tonna karbonat angidridni yutib,
havoga 150-200 milliard tonna kislorodni ishlab chiqaradi.
Yer sharidagi o’simliklar fotosintez tufayli 177 milliard tonna
organik modda hosil qiladi va shunday miqdorda qariyb 450*1015 kkal.
energiyani zaxira qiladi. Yer sharida suv 5,8 million yilda, atmosferadagi
kislorod 5800 yilda, CO2 7 yilda bir marta yangilanib turadi.
Aks holda sayyorada O2 va CO2 kabi gazlarning aylanib, almashishi
buzilib, atmosfera tarkibida CO2 gazi ko’payib ketgan bo’lar edi.
O’simliklarning funksiyalari:
– sayyorada gazlarning mavjud muvozanatini saqlash;
– havoni tozalab turish;
– iqlimni boshqarish;
– tuproqni suv va shamol eroziyasidan saqlash;
– qum harakatini to’xtatish, garmsel kuchini kesish;
– soy, jilg’a, daryo rejimini tartibga solib turish;
– shahar-qishloqlar havosini tozalab turish;
– shovqin-suronni pasaytirish;
– hayvonlarni yem-xashak bilan, insonlarni oziq-ovqat bilan
ta’minlash;
– dori-darmonlar bilan ta’minlash;
– tuproq qatlamidagi namlikni uzoq muddat saqlash va h.k.
Bugungi kunda Yer sharida o’simliklarning yo’qolib ketishi sabablari
quyidagilardan iborat:
yangi yerlarni o’zlashtirish (q/x, sanoat, shaharlar
infrastrukturasi);
o’simliklarning yangi turlarni keltirish;
o’rmonlarning yonishi;
turizmning rivoj
Bioxilma-xillik tufayli yuzaga kelayotgan mahsulotlar va xizmatlar
ko’lamini tasavvur qilish qiyin. Turlarning ma’lum turi hayotiy o’ta
muhimdir. Jumladan, insonlar 7000 ga yaqin o’simliklarni oziq-ovqat
uchun ishlatadilar, 90 foiz jahon oziq-ovqat mahsuloti 20 tur hisobiga
yaratiladi, shulardan 3 turi (bug’doy, makkajo’xori, sholi) oziq-ovqatga
bo’lgan jahon aholisi ehtiyojining yarmisini qoplaydi. Biologik resurslar
sanoat va tibbiyot uchun muhim xomashyo manbasi ham hisoblanadi.
Oxirgi paytda insoniyat yovvoyi o’simlik va hayvon turlarining
muhim ahamiyatini anglab yetdi. Yovvoyi turlar tabiiy ekotizimlarning
uzviy qismi bo’lgan hamda ma’lum hududda tarixan tarkib topgan tirik
organizmlarning majmuasi – biotaning uzviy komponenti hisoblanadi.
Tabiiy biota qishloq xo’jaligi, sanoat yoki tibbiyot uchun tabiiy resurs
manbasi bo’lib, dam olish, hordiq chiqarish kabi rekreatsiya, estetik, ilmiy
ehtiyojlarni qondirish hamda ekobiznesni yuritish, rivojlantirish uchun
keng imkoniyatlar yaratadi.
Bioxilma-xillikning quruqlikdagi bunday qonuniyati suv (dengiz)
muhitiga ham xosdir. Masalan, Arktika suvlaridagi assidiyalar turi atigi
100 dan sal ortiqroq bo’lib, ularning tropik suvlardagi turi esa 600 dan
ortiqdir. Vertikal zonalar bo’yicha esa balandlik oshgan sari
organizmlarning xilma-xilligi va soni kamayib boradi. Bunday holat
dengiz, okeanlarda chuqurlik oshgan sari organizm turlarining xilma-xilligi
hamda turlarning soni ham kamayib boradi.
1992-yil Braziliyaning Rio-de-Janeyro shahrida o’tkazilgan
Birlashgan Millatlar Tashkilotining “Atrof-muhit va rivojlanish” bo’yicha
Xalqaro anjumanida “Biologik xilma-xillik to’g’risida konvensiya” qabul
qilingan.
Bioxilma-xillik to’g’risida konvensiyaning maqsadi sayyoramizda
bioxilma-xillikni saqlash, uning tarkibiy qismlaridan va genetik
resurslaridan barqaror, adolatli va teng foydalanishdir. O’zbekistonda
bioxilma-xillikni saqlashda qonun muhofazasi ostida olingan tabiiy
hududlar alohida muhim o’rin tutadi.
2. O’zbekiston Respublikasida bioxilma-xillikni muhofaza qilish aynan
muhofaza etiladigan tabiiy hududlarda to’laqonli amalga oshiriladi.
Muhofaza etiladigan tabiiy hududlarni tashkil qilish, muhofaza etish va
qo’llash sohasidagi davlat boshqaruvi hukumat, joylardagi davlat hukumati
organlari, shuningdek, maxsus vakolatga ega bo’lgan davlat organlari –
Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish davlat qo’mitasi, Qishloq va
suv xo’jaligi vazirligi, Davgeologiya qo’mitasi tomonidan yuritiladi.
Xalqaro darajada muhofaza etiladigan tabiiy hududlar tizimining
taraqqiyoti Umumjahon tabiatni muhofaza etish uyushmasi, xususan,
Umumjahon muhofaza etiladigan tabiiy hududlar komissiyasi (WCRA)
tomonidan muvofiqlashtiriladi. Biroq muhofaza etiladigan tabiiy hududlar
butligi va samarali ekologik menejmentni davlat miqyosida ta’minlash
hamda muhofaza etiladigan tabiiy hududlarni boshqarishning birinchi
darajali vazifasi hisoblanadi.
Muhofaza etiladigan hudud bu biologik xilma-xillikni qo’llabquvvatlash hamda tabiiy resurslar va ular bilan bog’liq madaniyat
elementlarini saqlab qolish uchun mo’ljallangan, bunday maqsadga xos
bo’lgan qonuniy va ma’muriy boshqaruv tartibiga bo’ysungan quruqlik
yoki dengiz qismi hisoblanadi
O’zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi tomonidan “Muhofaza
etiladigan tabiiy hududlar to’g’risida”gi yangi qonun qabul qilindi, u
muhofaza etiladigan tabiiy hududlar bo’yicha me’yoriy-huquqiy hujjat
hisoblanadi. Ushbu qonunga muvofiq muhofaza etiladigan tabiiy hududlar
ularning maqsad va tartiblaridan kelib chiqib, quyidagi toifalarga bo’linadi:
1) davlat qo’riqxonalari;
2) kompleks (landshaftli) buyurtmaxonalar;
3) tabiiy bog’lar (milliy bog’lar, mahalliy milliy bog’lar);
4) davlat tabiat yodgorliklari;
5) alohida tabiat obyektlari va komplekslarini muhofaza qilish, qayta
ishlab chiqarish va tiklash uchun hududlar (buyurtmaxonalar, tabiiy
pitomniklar, baliq xo’jaligi zonalari);
6) muhofaza etiladigan landshaftlar (kurort zonalari, rekreatsion
zonalar, suvni muhofaza qilish zonalari, sohilbo’yi polosalari, suv
obyektlarini sanitar muhofazalash zonalari, yerusti va yerosti suvlarining
shakllanish zonalari);
7) alohida tabiiy resurslarni boshqarish uchun hududlar (o’rmon
xo’jaliklari, ovchilik xo’jaliklari).
Muhofaza etiladigan tabiiy hududlar (METH) yangi klassifikatsiyasi
Tabiatni muhofaza qilish xalqaro ittifoqining tavsiyalarini hisobga oladi va
iqtisodiy hamda ekologik manfaatlar birligini ta’minlovchi qo’riqlanadigan
hududlar turli rejimlari yagona ekologik tizimini yaratish imkonini beradi.
“Muhofaza etiladigan tabiiy hududlar to’g’risida”gi qonunda
“Biologik xilma-xillik to’g’risida”gi, “Ko’chib yuruvchi yovvoyi
hayvonlar turlarini muhofaza qilish to’g’risida”gi, “Xalqaro ahamiyatga
ega suv-botqoq yerlar to’g’risida”gi va yana bir qator konvensiyalar
bo’yicha O’zbekistonning xalqaro majburiyatlarini amalga oshirish
bo’yicha yo’nalish kuchaytirildi
3. O’zbekiston Respublikasi o’simlik dunyosi obyektlaridan
foydalanish va uni muhofaza qilish masalasi dolzarb masalalardan biridir.
Hozirgi kunda dunyo miqyosida o’simlik va hayvonot dunyosini muhofaza
qilish va ushbu obyektlardan foydalanish tizimini yanada takomillashtirish
muhim masalalardan biridir.
O’simliklarni muhofazalash yo’nalishlari quyidagilardan iborat:
texnologik yo’nalishdagi chora-tadbirlar;
o’simlik resurslaridan oqilona foydalanishga asoslangan tadbirlar;
o’simliklarni qayta tiklash va ko’paytirishga qaratilgan tadbirlar;
alohida muhofazalanadigan hududlar tashkil etish.
Hayvonotlar (fauna) biomassasi bo’yicha yerdagi tirik
organizmlarning 2 %ini tashkil qiladi. So’nggi ma’lumotlarga ko’ra,
sayyoramizda ularning 1,5-2 mln. ga yaqin turi mavjud. Tabiatda
hayvonlarning funksiyalari:
– hayvonlar biosferadagi biologik (kichik) modda aylanishida
ishtirok etuvchi muhim komponentlardan biri hisoblanadi;
– har yili dunyo bo’yicha insoniyat tomonidan 180 mln. tonna
oqsillarga boy go’sht, yog’, tuxum, baliq, asal kabi oziq-ovqat mahsulotlari
hayvon va hasharotlardan olinadi;
– teri, mo’yna, ipak, mum, bo’yoq, o’g’it, chorva ozuqasi va boshqa
xomashyolar tayyorlanadi;
– farmatsevtika, parfyumeriya (ilon va ari zahari, chumoli spirti, lokbo’yoq va boshqalar) xomashyolari ajratib olinadi;
– turli ilmiy tadqiqot ishlari, tajribalar o’tkazishda, turli fermentlar
ajratib olish maqsadida foydalaniladi;
– rekreatsiya (dam olish, sog’lomlashtirish va estetik huzurlanish)
maqsadida foydalaniladi.
Quyidagilar o’simlik dunyosi obyektlaridan foydalanish turlari
hisoblanadi:
a) yovvoyi holda o’suvchi ozuqa mahsulotlarini chorvachilik
ehtiyojlari uchun g’amlash;
b) chorva mollarini o’tlatish;
d) o’simlik dunyosi obyektlaridan ovchilik xo’jaligi ehtiyojlari uchun
foydalanish;
e) yovvoyi o’simliklarning texnik xomashyosini g’amlash;
f) yovvoyi o’simliklarning dorivor xomashyosini g’amlash (yig’ish);
g) yovvoyi o’simliklarni oziq-ovqat maqsadlari uchun g’amlash
h) daraxt va butalarni kesish (sanitariya tartibida, fuqarolar
xavfsizligini ta’minlashda, shuningdek, bino, inshoot va kommunikatsiya
qurilishlari bilan bog’liq holatlarda);
i) o’simlik dunyosi obyektlaridan ilmiy tadqiqot maqsadlarida
foydalanish;
j) o’simlik dunyosi obyektlaridan madaniy-ma’rifiy, tarbiya,
sog’lomlashtirish, rekreatsion va estetik maqsadlarda foydalanish;
k) o’simlik dunyosi obyektlaridan tabiatni muhofaza qilish
maqsadlarida foydalanish;
l) o’simlik dunyosi obyektlaridan kolleksiyalash maqsadlarida
foydalanish6
.
O’simlik dunyosi obyektlari. O’simlik dunyosi obyektlari
quyidagilardan iborat:
yovvoyi organizmlar daraxtlar, butalar va o’tsimon urug’laydigan
o’simliklar, qirqquloqsimonlar, yo’sinsimonlar, suvo’tlar, lishayniklar va
zamburug’lar o’zining barcha xilma-xil turlari bilan;
yovvoyi organizmlardan tashkil topadigan tabiiy o’simlik
jamoalari yoki ularning har qanday majmuyi;
kamyob va yo’qolib ketish xavfi ostida turgan o’simlik turlari;
yovvoyi o’simliklarning mevalari, urug’lari va boshqa qismlari
yoki ular hayoti faoliyatining mahsullari7
.
O’simlik dunyosi obyektlaridan foydalanish umumiy va maxsus
bo’lishi mumkin. O’simlik dunyosi obyektlaridan umumiy foydalanish
jismoniy shaxslar tomonidan hayotiy zarur ehtiyojlarni qondirish uchunqonun hujjatlarida belgilangan miqdorlarda va tartibda bepul amalga
oshiriladi.
Yüklə 160,82 Kb.

Dostları ilə paylaş:




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin