O‘zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirl


Baho  Talaba bilimi va malakasiga talablar



Yüklə 80 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə104/110
tarix05.12.2023
ölçüsü80 Kb.
#173130
1   ...   100   101   102   103   104   105   106   107   ...   110
O‘zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi n

Baho 
Talaba bilimi va malakasiga talablar 

A’lo 
Talaba test savollarining 90%dan yuqorisiga to‘g‘ri javob berganda. Test 
savollari joriy semestrdagi mavzularning barchasini qambrab olgan bo‘lishi 
lozim va talaba test materiali mohiyatini to‘la tushunib yetgan bo‘ladi, ijodiy fikr 
yuritadi, mustaqil mushohada qiladi, nazariy bilimlarni amalda qo‘llaydi, xulosa 
va qarorlar qabul qilishda faol bo‘ladi, test material bo‘yicha to‘la tasavvurga ega 
deb topilganda. 

Yaxshi 
Talaba test savollarining 89,9%dan 70%gachasiga to‘g‘ri javob berishi lozim. 
Test savollari joriy semestrdagi mavzularning barchasini qambrab olgan bo‘lishi 
lozim va talaba test materiali mohiyatini tushunib yetgan bo‘ladi, test savollariga 
javob berishda o‘zining fikr va mulohazalariga tayanadi, nazariy bilimlarni 
amaliy ahamiyatini anglab yetgan bo‘ladi, test material bo‘yicha yaxshi 
tasavvurga ega deb topilganda 

Qoniqarli 
Talaba test savollarining 69,9%dan 60%gachasiga to‘g‘ri javob berishi lozim. 
Test savollari joriy semestrdagi mavzularning barchasini qambrab olgan bo‘lishi 
lozim va talaba test material mohiyatini tushungan bo‘ladi, nazariy bilimlarni 
amaliy ahamiyatini anglagan bo‘ladi, test material bo‘yicha o‘rtacha tasavvurga 
ega deb topilganda 

Qoniqarsiz 
Talaba test savollarining 59,9%dan kamiga to‘g‘ri javob berganda. Test savollari 
joriy semestrdagi mavzularning barchasini qambrab olgan bo‘lishi lozim va 
talaba test savollarga javob berishga qiynaladi, material mohiyatini tushunmaydi, 
tasavvuri sayoz bo‘ladi, nazariy bilimlarni amaldagi ahamiyatni anglab yetmaydi, 
test savollarni kattf qismiga javob bera olmaydi deb topilganda 
Yakuniy nazorat turini o‘tkazish va mazkur nazorat turi bo‘yicha talabaning bilimini 
baholash o‘quv mashg‘ulotlarini olib bormagan professor-o‘kituvchi tomonidan amalga 
oshiriladi. 
Tegishli fan bo‘yicha o‘quv mashg‘ulotlarini olib borgan professor-o‘qituvchi yakuniy 
nazorat turini o‘tkazishda ishtirok etishi taqiqlanadi. 
Yakuniy nazorat turini o‘tkazishda kelishuv asosida boshqa oliy ta’lim muassasalarining 
tegishli fan bo‘yicha professor-o‘qituvchilari jalb qilinishi mumkin. 
Oliy ta’lim muassasasida nazorat turlarini o‘tkazilishi tegishli oliy ta’lim muassasasining 
ta’lim sifatini nazorat qilish bo‘limi tomonidan doimiy ravishda o‘rganib boriladi. Bunda nazorat 
turlarini o‘tkazilish tartibi buzilganligi aniqlangan hollarda, o‘tkazilgan nazorat turlarining 
natijalari bekor qilinishi hamda tegishli nazorat turi qaytadan o‘tkazilishi mumkin. 
Yakuniy nazorat turiga kirmagan yoki kiritilmagan, shuningdek ushbu nazorat turi 
bo‘yicha “2” (qoniqarsiz) baho bilan baholangan talaba akademik qarzdor hisoblanadi. 
Nizomning 23 – bandiga asosan, talaba uzrli sabablarga ko‘ra yakuniy nazorat turiga 
kirmagan taqdirda ushbu talabaga yakuniy nazorat turini qayta topshirishga fakultet dekanining 
farmoyishi asosida ruxsat beriladi. 
Bir kunda 1 tadan ortiq fan bo‘yicha yakuniy nazorat turi o‘tkazilishiga yo‘l qo‘yilmaydi. 
Yakuniy nazorat turlarini o‘tkazish kamida 2 kun oralig‘ida belgilanishi lozim. 
Yuqorida kelitirib o‘tganimizdek, bitiruvchi kurs bo‘lmagan talabalar kuzgi semestr 
natijalari bo‘yicha 3 tagacha fandan (fanlardan) akademik qarzdorligi bo‘lgan hollarda talabaga 
bir oygacha, bahorgi semestr natijalari bo‘yicha 3 tacha fandan (fanlardan) akademik qarzdorligi 
bo‘lgan talabaga tegishli fan (fanlar) bo‘yicha oralik va (yoki) yakuniy nazorat turlarini yangi 
o‘quv yili boshidan qayta topshirish uchun 1 oy muddat beriladi.


157 
Bitiruvchi kurs talabalariga bahorgi semestr natijalari bo‘yicha o‘zlashtirmagan fandan 
(fanlardan) qayta topshirish uchun yakuniy davlat attestatsiyasi boshlangunga qadar ruxsat 
beriladi. 
Fanlardan akademik qarzdorligi 4 ta va undan ko‘p bo‘lgan talabalarga qayta topshirishga 
ruxsat berilmaydi va ular oliy ta’lim muassasasi rektorning buyrug‘i bilan kursdan qoldiriladi. 
Talabaga yakuniy nazorat turini qayta topshirish uchun berilgan muddat davomida talaba 
tomonidan qayta topshirishlar soni 2 martadan ko‘p bo‘lmasligi kerak. 
Talaba yakuniy nazorat turini birinchi marta qayta topshirishdan o‘ta olmagan taqdirda
fakultet dekani tomonidan komissiya tuziladi. Komissiya tarkibi tegishli fan bo‘yicha professor-
o‘qituvchi va soha mutaxassislari orasidan shakllantiriladi. 
Ikkinchi marta yakuniy nazorat turini o‘tkazish va talabani baholash mazkur komissiya 
tomonidan amalga oshiriladi. 
Berilgan muddat davomida mavjud bo‘lgan qarzdorlikni topshira olmagan talaba 
bo‘yicha fakultet dekani bildirgi bilan oliy ta’lim muassasasi rektorini xabardor qiladi va ushbu 
talaba rektor buyrug‘i asosida kursdan qoldiriladi. 
Baholash natijasidan norozi bo‘lan talabalar fakultet dekani tomonidan tashkil etiladigan 
Apellyatsiya komissiyasiga apellyatsiya berishhuquqiga ega. 
Apellyatsiya komissiyasi tarkibga talabani baholashda ishtirok etmagan tegishli fan 
professor-o‘kituvchilari orasidan komissiya raisi va kamida to‘rt nafar a’zo kiritiladi. 
Talaba baxolash natijasidan norozi bo‘lgan taqdirda, baholash natijasi e’lon kilingan 
vaqtdan boshlab 24 soat davomida apellyatsiya berishi mumkin. Talaba tomonidan berilgan 
apellyatsiya Apellyatsiya komissiyasi tomonidan 2 kun ichida kurib chiqilishi lozim. 
Talabaning apellyatsiyasini ko‘rib chiqishda talaba ishtirok etish huquqiga ega. 
Apellyatsiya komissiyasi talabaning apellyatsiyasini ko‘rib chiqib, uning natijasi bo‘yicha 
tegishli qaror qabul qiladi. Qarorda talabaning tegishli fanni o‘zlashtirgani yoki o‘zlashtira 
olmagani ko‘rsatiladi. 
Apellyatsiya komissiyasi tegishli qarorni fakuљtet dekani va talabaga yetkazilishini 
ta’minlaydi. 

Yüklə 80 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   100   101   102   103   104   105   106   107   ...   110




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin