O‘zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirl


III. Baxolash natijalarini qayd qilish



Yüklə 80 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə105/110
tarix05.12.2023
ölçüsü80 Kb.
#173130
1   ...   102   103   104   105   106   107   108   109   110
O‘zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi n

 
III. Baxolash natijalarini qayd qilish 
Nizomning 35-bandida keltirilganidek, talabalar bilimini baholash tegishli fan bo‘yicha 
professor-o‘kituvchi tomonidan Talabalarning fanlarni o‘zlashtirishini hisobga olish jurnalida 
(bundan buyon matnda Jurnal deb yuritiladi) qayd etib boriladi. Professor-o‘qituvchi qo‘shimcha 
ravishda talabalar bilimini baholashni elektron tizimda ham yuritishi mumkin. 
Professor-o‘qituvchi Jurnalda talabaga qo‘yilgan baholarni shu kunning o‘zida qayd etib 
boradi. Agar talabaning bilimini baholash yozma ish shaklida o‘tkazilgan bo‘lsa, bunda 
professor-o‘qituvchi talabalarning natijalarini 3 kundan ko‘p bo‘lmagan muddatda Jurnalga qayd 
etishi lozim. 
Nazorat turi bo‘yicha talabaning bilimi “3” (qoniqarli) yoki “4” (yaxshi) yoxud ”5” (a’lo) 
baho bilan baholanganda, nazorat turini qayta topshirishga yo‘l qo‘yilmaydi. 
Talaba nazorat turi o‘tkazilgan vaqtda uzrli sabablarsiz qatnashmagan hollarda Jurnalga 
”0” belgisi yozib qo‘yiladi. 
Jurnal tegishli fan bo‘yicha o‘quv mashg‘ulotlarini olib borgan professor-o‘qituvchi, 
kafedra mudiri va fakultet tomonidan imzolanadi hamda fakultet dekanatida saqlanadi. 
Jurnalning saqlanishi uchun fakultet dekani mas’ul hisoblanadi. 
Talabalarning yakuniy nazorat turi bo‘yicha baholari Jurnalga kayd etilganda, shu 
kunning o‘zida talabaning Baholash daftariga ham yozib qo‘yilishi kerak. 
Yakuniy nazorat turi bo‘yicha talabaning bilimi “2” (qoniqarsiz) baho bilan baholangan 
yoki Jurnalga “0” belgisi yozib qo‘yilgan hollarda ushbu baho yoki belgi talabaning Baholash 
daftariga yozilmaydi. 


158 
Jurnalning o‘z vaqtida, to‘g‘ri va to‘liq yuritilishi, shuningdek undagi baho va boshqa 
ma’lumotlarga asossiz o‘zgartirishlar kiritilmasligi uchun fakultet dekani va tegishli fan bo‘yicha 
professor-o‘qituvchi mas’ul hisoblanadi. 
Tegishli o‘quv yili yakuni bo‘yicha ishchi o‘quv rejagi fanlar bo‘yicha “3” (qoniqarli) 
yoki “4” (yaxshi) yoxud “5” (a’lo) baho bilan baholangan talaba oliy ta’lim muassasasi 
rektorining buyrug‘iga asosan keyingi kursga o‘tkazadi. 
Baholash natijalari kafedra yig‘ilishlari, fakultet va oliy ta’lim muassasasi Kengashlarida 
muntazam ravishda muhokama etib boriladi va tegishli qarorlar qabul qilinadi. 

Yüklə 80 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   102   103   104   105   106   107   108   109   110




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin