O‘zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirl



Yüklə 80 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə29/110
tarix05.12.2023
ölçüsü80 Kb.
#173130
1   ...   25   26   27   28   29   30   31   32   ...   110
O‘zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi n

 
NАZОRАT SАVОLLАRI: 
1.
Turli dasturlar asosida talaffuz ustida ishlashni izohlang.
2.
Forvo, Rhinospike, Vocfroo, Lang8 etc dasturlari haqida ma’lumotlar keltiring. 
3.
Ularning imkoniyatlari haqida ma'lumotlar bering. 
 
 


44 
8-MAVZU. ELEKTRON TA’LIMNI BOSHQARUV TIZIMLARI 
 
REJA:
1) Masofaviy ta’lim va uni tashkil etish asoslari. Masofaviy o‘qitishning nazariy va
didaktik asoslari. Masofaviy ta’lim modellari.
2) O‘quv muassasasida masofaviy ta’lim elementlarini shakllantirishga qo‘yiladigan
talablar. Masofaviy ta’lim jarayonini amalga oshirish bosqichlari. Ta’limda qo‘llaniladigan
erkin va ochiq kodli dasturiy ta’minotlar tahlili. 
3) Ommaviy onlayn ochiq kurslar. LMS MOODLE tizimining yaratilishi. Virtual ta’limni 
boshqaruvchi tizimlarning funksiyalari va MOODLE tizimining asosiy xususiyatlari.
4)MOODLE platformasining masofaviy ta’limni boshqarish imkoniyatlari va funksiyalari. 
MOODLE tizimidagi o‘qitish modullari. SCORM yoki AISS standart paketlari. MOODLE 
tizimi masofaviy o‘quv kursiga qo‘yiladigan resurs va elementlar.
Qo’llaniladigan ta’lim texnologiyalari: FSMU texnologiyasi, Blis-so’rov texnologiyasi, Qor bo’ron metodi, 
«Nima uchun?» sxemasi texnologiyasi, Insert texnologiyasi, “bilaman. bilishni xohlayman. bilib oldim” metodi, 
Klaster. 
Adabiyotlar: A1;A2; A4; Q1; Q2; Q3; Q4; Q5; Q6; E1; E2; 
 
Hozirgi zamon ta‘lim jarayoniga ananaviy tushunchalar qatorida yangi-yangi tushunchalar
kirib kelmoqda. Quyida shu tushunchalardan asosiylari keltirilib, ularga ta‘riflar berib 
o‘tilgan.
O‘qitish – bu ma‘lum bir maqsadga yo‘naltirilgan tizimli bilim va ko‘nikmalar bilan 
qurollangan jarayondir.
Ta‘lim – bu o‘qitishning natijasi bo‘lib, shaxsiyatni tarbiyalash va rivojlantirishdir.
Masofaviy o‘qitish – eng yaxshi an‘anaviy va innovatsion metodlar, o‘qitish vositalari va 
formalarini o‘z ichiga olgan sirtqi va kunduzgi ta‘lim singari axborot va telekommunikatsiya 
texnologiyalariga asoslangan ta‘lim formasidir.
Masofaviy o‘qish – bu yangi axborot texnologiyalari, telekommunikatsiya texnologiyalari
va texnik vositalariga asoslangan ta‘lim tizimidir. U ta‘lim oluvchiga ma‘lum standartlar
va ta‘lim qonun-qoidalari asosida o‘quv shart-sharoitlari va o‘qituvchi bilan muloqotni
ta‘minlab berib, o‘quvchidan ko‘proq mustaqil ravishda shug‘ullanishni talab qiluvchi
tizimdir. Bunda o‘qish jarayoni ta‘lim oluvchini qaysi vaqtda va qaysi joyda bo‘lishiga bog‘liq 
emas.
Masofaviy ta‘lim – masofadan turib o‘quv axborotlarini almashuvchi vositalarga
asoslangan, o‘qituvchi maxsus axborot muhit yordamida, aholining barcha qatlamlari va 
Chet ellik ta‘lim oluvchilarga ta‘lim xizmatlarini ko‘rsatuvchi ta‘lim kompleksidir.
Demak masofaviy o‘qitish masofaviy ta‘lim kompleksidagi jarayon ekan.
Masofaviy o‘qitishning va masofaviy ta‘limning o‘ziga xos xususiyatlari, pedagogik 
tizimi, zarurligi va maqsadi mavjud.
Masofaviy ta‘lim an‘anaviy ta‘lim turidan quyidagi xarakterli xususiyatlari bilan farqlanadi.
Moslashuvchanlik – Ta‘lim oluvchiga o‘ziga qulay vaqt, joy va tezlikda t a‘lim olish 
imkoniyati mavjudligi. 
Modullilik – Bir biriga bog‘liq bo‘lmagan mustaqil o‘quv kurslari to‘plamidan - 
modullardan individual yoki guruh talabiga mos o‘quv rejasini tuzish imkoniyati mavjudligi.
Parallellik – O‘quv faoliyatini ish faoliyati bilan birga parellel ravishda, ya‘ni ishlab 
chiqarishdan ajralmagan holda olib borish imkoniyati mavjudligi.
Keng qamrovlilik – Ko‘p sonli o‘quvchilarning bir vaqtning o‘zida katta o‘quv
(elektron kutubxona, ma‘lumotlar va bilimlar bazasi va boshqalar) zahiralariga murojaat
qila olishi. Bu ko‘p sonli o‘quvchilarning kommunikatsiya vositalari yordamida o‘zaro va 
o‘qituvchi bilan muloqotda bo‘lish imkoniyati.
Iqtisodiy tejamkorlik – O‘quv maydonlari, texnika vositalari, transport vositalari va o‘quv
materiallaridan samarali foydalanish, o‘quv materiallarini bir joyga yig‘ish, ularni 


45 
tartiblangan ko‘rinishga keltirish va bu ma‘lumotlarga ko‘p sonli murojaatni tashkil qilib
bera olish mutaxassislarni tayyorlash uchun ketadigan xarajatlarni kamaytiradi.
Ijtimoiy teng huquqlilik – Ta‘lim oluvchining yashash joyi, sog‘lig‘i va moddiy
ta‘minlanish darajasidan qat‘iy nazar hamma qatori teng huquqli ta‘lim olish imkoniyati.
Masofadan o`qitishning afzallik tomoni unda o`qish muddatini o`quvchi o`zi belgilaydi,
ya'ni talaba ixtiyoriy paytda o`qishni boshlaydi, materiallarni o`qituvchi nazoratida
o`zlashtiradi. O`zlashtirish topshiriqlarni, testlarni bajarishiga qarab aniqlanadi. O`quvchi
berilgan programmani qanchalik tez o`zlashtirsa, shunchalik tez o`qishni tugatadi va
guvohnoma oladi.
Programmani o`zlashtira olmasa, unga mustaqil ishlab, o`qishni davom ettirishga 
imkoniyat beriladi. Ushbu uslubning ko’plab afzallik tomonlari borligi ko’pchilikka ayon. 
Barcha oliy o’quv yurtlarida masofadan o’qitish texnika va texnologiyasini amalga oshirish
borasida qator ishlar olib borilmoqda. Axborot texnologiyalarni rivojlanishi masofadan
o’qitishni tashkil etishga yangicha yondashuvni taqozo etadi. Masofadan o’qitishni tashkil 
etishni hozirgi zamon modellarining asosida kommunikatsiya va tarmoq texnologiyalari
yotadi.
MO’ asosida ta'lim berish uchun o’qish istagida bo’lgan aholining muayyan qismini
ta'lim muassasasi joylashgan yerga yig’ish shart emas. Ikkinchidan, tinglovchi yoki
o’quvchi tomonidan ortiqcha sarf - xarajat qilish zarurati bo’lmaydi. Uchinchidan, bu
ta'lim turiga jalb qilinuvchilarning yosh cheklanishlarini istisno qilish mumkin. MO’ ga
jalb qilinuvchi kontingentni quyidagi ijtimoiy guruhlarga mansub bo’lgan shaxslar tashkil 
qilishi mumkin:
ikkinchi oliy yoki qo’shimcha ma'lumot olish, malaka oshirish va qayta tayyorgarlik 
o’tash istagida bo’lganlar;
mintaqaviy hokimiyat va boshqaruv rahbarlari ;
an'anaviy ta'lim tizimining imkoniyatlari cheklanganligi sababli ma'lumot olaolmagan 
yoshlar;
o’z ma'lumot maqomini zamonaviy talablar darajasiga ko’tarish istagida bo’lgan firma 
va korxonalar xodimlari;
ikkinchi parallel ma'lumot olishni xohlagan tinglovchilar;
markazdan uzoqda, kam o’zlashtirilgan mintaqalar aholisi;
erkin ko’chib yurishi cheklangan shaxslar;
jismoniy nuqsonlari bo’lgan shaxslar;
harbiy xizmatda bo’lgan shaxslar va boshqalar.
O’zbekiston sharoitida MO’ni tashkil qilish katta samara beradi. Hozirgi davrda ta'limning bu 
turidan keng miqyosda foydalanish lozim.
Masofaviy ta'lim modellari. Masofaviy ta'lim (MT) - bu o`qituvchi va o`quvchi bir biri 
bilan masofa yoki vaqt orqali ajratilgan sababli, informatsion texnologiyalardan fodalanilgan
ta'lim turi.
Bu ta'lim turini bir necha modellari mavjud, ular masofaviy ta'lim tashkil qilinishiga sabab 
bo`lgan vaziyatlari bilan farqlanadi: geografik sabablar (mamlakat maydoni, markazlardan 
geografik uzoqlashgan regionlar mavjudligi), mamlakatni kompyuterlashtirish va 
informatsiyalashtirish darajasi, transport va kommunikatsiyalar rivojlanish darajasi, masofaviy 
ta'lim uchun mo`taxasislar mavjudligi, ta'lim sohasida informatsion va kommunikatsion 
texnologiyalardan foydalanish darajasi, mamlakatning ta'lim sohasidagi odatlari.
Birlamchi model. Ushbu model faqat masofaviy o`quvchilar bilan ishlash uchun yaratiladi.
Ularning har bittasi virtual o`qituvchiga biriktirilgan bo`lishadi. Konsultatsiyalar va yakuniy
nazoratlarni topshirish uchun esa regional bo`limlar bo`lishi shart. Shunday o`quv
kurslarda o`qituvchi va o`quvchilarga o`quv shaklini va formasini tanlashda katta
imkoniyatlar va ozodliklar beriladi.

Yüklə 80 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   25   26   27   28   29   30   31   32   ...   110




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin