O‘zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirl



Yüklə 80 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə37/110
tarix05.12.2023
ölçüsü80 Kb.
#173130
1   ...   33   34   35   36   37   38   39   40   ...   110
O‘zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi n

Robotexnika 
 
Ma’lumki “robot” so‘zi bizning so‘z boyligimizga ilmiy fantastikadan kirib kelgan. 
Birinchi bor bu so‘zni oltmish yil oldin taniqli chex fantast yozuvchisi Karel Chepek ishlatgan. 
Ammo “mexanik odamlar” undan oldinroq ham ma’lum edi. O‘rta asrlarda inson talantlariga ega 
bo‘lgan musiqachi-qo`g`irchoq yoki rassom-qo‘g‘irchoqlar paydo bo‘lganligi ma’lum. 
Kompyuter asri boshlanishi bilan insonni og‘ir va zarrarli mehnatdan ozod etadigan 
robotlar paydo bo‘ldi. 
Ular garchi odam qiyofasida bo‘lmasa-da, ko‘plab funksiyalarni (ishlarni) bajara oladilar. 
Masalan, “O‘z DAEWOO avto” O‘zbekiston-Koreya qo‘shma avtomobil korxonasida turli 
ishlarni bajaradigan robotlar keng qo‘llanilmoqda. 
Bugungi kunda robotlar mashinasozlik zavodlarida, po‘lat quyish sexlarida, kimyoviy 
laboratoriyalarda, qurilishda keng qo‘llanilmoqda. Robotlarni yaratish bilan shug‘ullanuvchi 
texnikaning maxsus shoxobchasi – robototexnika paydo bo‘ldi.[6.7] 
Robotlar orasida keng tarqalgani bu robot manipulyatorlardir. Manipulyatorlar o‘ta sezgir 
va kuchli mexanik qo‘ldir. 
Robotlarni kompyuter boshqarib turadi, ya’ni kompyuter robotning “miyasi”dir, ular 
telekameralar orqali “ko‘rib”, mikrofonlar yordamida “eshitadilar”, ya’ni axborot qabul qiladilar. 
Maxsus datchiklar “sezgi” organi vazifasini o‘taydi. 
Ishlab chiqarish sohasi. 
 
Ishlab chiqarishning deyarli barcha sohalarida kompyuterlar qo‘llanilib kelmoqda. 
Kompyuterlar ko‘pgina texnologik jarayonlarni boshqarmoqda. Ular yordamida yangi maxsulot 
chizmasini yaratishdan toki tayyor mahsulot bo‘lib chiqqunga qadar bo‘lgan barcha jarayonlarni 
avtomatlashtirish mumkin. Mahsulot shaklini konstruktor kompyuter ekranida chizib, tegishli 
o‘zgartirishlar yasab, qog‘ozga chop etishi mumkin. Mahsulot ishlab chiqarish uchun kerakli 
barcha qurilma imkoniyatlari, unga ketadigan sarf-harajatlarni hisob-kitob qilish va boshqa ishlar 
bajarishda kompyuter beg‘araz yordamchidir. 
Mahsulot ishlab chiqarishda axborot asosiy kompyuterlardan ishlab chiqarish liniyalariga 
yetkaziladi. U yyerda axborotni qabul qilishga tayyor turgan robotlar kompyuter uzatgan dastur 
asosida mahsulotni yig‘a boshlaydilar. Tayyor mahsulotlar esa robotlar yordamida tekshirilib, 
omborlarga jo‘natiladi. 

Yüklə 80 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   33   34   35   36   37   38   39   40   ...   110




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin