O‘zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirl



Yüklə 80 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə35/110
tarix05.12.2023
ölçüsü80 Kb.
#173130
1   ...   31   32   33   34   35   36   37   38   ...   110
O‘zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi n

Elektron ta’lim 
O’zbekiston Respublikasining «Axborotlashtirish to’g’risida»gi 
qonunini bajarish maqsadida Xalq ta’limi, Oliy va o’rta maxsus ta’limi vazirliklari tomonidan 
qator me’yoriy hujjatlar va dasturlar ishlab chiqilib, qabul kilingan edi, shuningdek axborot 
tarmog’ini shakllantirish, axborot resurslarini yaratish va AKTni ta’lim jarayonida kullash 
buyicha chora-tadbirlar amalga oshirildi.
Barcha oliy o’quv yurtlari yagona korporativ tarmokka birlashtirilgan. www.edu.uz, 
www.markaz.uz veb-saytlari ishga tushirilgan. Internet tarmog’ining milliy segmentida axborot 
resurslarni shakllantirish bo’yicha chora-tadbirlar rejasiga muvofik, barcha o’quv yurtlari veb-
saytlari www.edu.uz axborot-ta’lim portaliga birlashtirilgan. Bundan tashkari, o’kuv yurtlarining 
o’quv kullanma va ma’ruza matnlari «Ziyo» elektron-ta’lim bazasida joylashtirilgan, 
«ZiyoNET» axborot-ta’lim tarmog’ining resurslari yaratilgan, o’zbek adabiyotining yorqin 
namoyondalari hayoti va ijodiga bag’ishlangan www.literature.uz veb-
sayti 
ishga tushirilgan, 
makolalar to’plami, o’quv qo’llanmalar va E-collector referatlar hamda oltita tilga mo’ljallangan 
— www.multilex.edu.uz on-layn lug’at yaratildi.
O’quv jarayonini boshqarishni kompyuterlashtirish, ta’lim jarayoniga masofaviy 
o’qitishni joriy etish, talabalar va o’qituvchilarning mustakil o’qishini ta’minlash maqsadida 
Nizomiy nomidagi Toshkent Davlat pedagogika universiteti (TDPU) qoshida www.pedagog.uz 
axborot-ta’lim portali yaratildi. Mazkyp portalning masofaviy o’qitish bo’limida o’rganilayotgan 
fanlar bo’yicha test vazifalari va virtual laboratoriya stendlari joylashtirilgan. Universitet buyicha 
250 kompyuterni birlashtirgan "TDPU-INTRANET» tarmog’i faoliyat yuritadi. 2007 yilning 
oxiriga kelib, oliy o’quv yurtlarida yaratilgan 500dan ziyod elektron o’quv kullanma ruyxatga 
olingan, o’qitiladigan predmetlar aksariyati bo’yicha ma’ruzalarning elektron matnlaridan oliy 
o’quv yurtlari axborot-resurs markazlarida foydalanish mumkin.
Talabalarga turli dasturlar asosida talaffuz ustida ishlash uchun Forvo, Rhinospike, 
Vocfroo, Lang8 etc va h.k dasturlardan foydalaniladi. Ularning imkoniyatlari haqida ma'lumot 
bersak, talabalarga talaffuz ustida ishlash uchun imkoniyat yaratib beruvchi dasturlardir. 
Hozirgi zamonda biror-bir sohada ishni boshlash va uni boshqarishni axborot 
texnologiyalarisiz tasavvur qilish qiyin. Har bir mutaxassis, u qaysi sohada ishlashidan qat’iy 
nazar, o’z vazifasini zamon talabi darajasida bajarishi uchun axborotga ishlov beruvchi 
vositalarni, ularni ishlatish uslubiyotini bilishi va ularda ishlash ko’nikmasiga ega bo’lishi zarur. 
Shu sababli bugungi kunda mustaqil Respublikamizda ta’lim sohasida amalga oshirilayotgan tub 
islohatlarning mazmun-mohiyati, maqsadi va vazifalari aniq belgilab olingan. Ayniqsa ta’limda 
electron darslikdan foydalanish, uning samaradorligini oshirish yordam beradi. Masalan ta’limda 
elektron darslikdan foydalanishning muammo va yechimlarini tillarni o’rganish misolida 
qarasak. 
London universiteti talabasi Xadil Ayob (Hadeel Ayoub) ishoralarni oddiy nutqqa 
aylantiruvchi ajoyib smart-qo‘lqopini ishlab chiqdi. Ko‘pchilik qo‘l va barmoq harakatlari bilan 


54 
muloqot qilayotgan eshitish va nutqida muammosi bo‘lgan insonlarni uchratgan bo‘lsa kerak. 
Biroq hamma ham (ayniqsa, sog‘lom odamlar) bu ishoralar mazmunini tushunmaydi. 
Smart-qo‘lqopi ishoralar tilini o‘rganishga yordam beradi 
Taqdim etilayotgan qurilma oddiy qo‘lqop ko‘rinishiga ega bo‘lib, ishoralarni displeyda 
tushunarli matnga aylantiradi yoki ovozli tarzda ifodalaydi. SignLanguageGlove qo‘lqopi 
prototip rivojining uch bosqichini bosib o‘tishga ulgurdi. Tizimning birinchi versiyasiga 
datchiklar, mikrokontrollerli platasi va to‘rt belgili raqamli displey kiritilgandi. Beshta 
egiluvchan sensori qo‘lqopga ulanib, besh barmoq traektoriyasini kuzatish imkonini beradi. 
Ikkinchi prototipga kichik dasturiy ta’minot, uchinchi versiyasiga esa matnni ovozli nutqqa 
aylantiradigan chip kiritilgan. 
Hozirgi vaqtda ixtirochi Wi-Fi bo‘yicha qo‘lqop va mobil qurilmasi o‘rtasida aloqa 
o‘rnatish imkoniga ega smartfonlar uchun ilovali qurilma versiyasi ustida ishlamoqda. Rejalarda 
— haqiqiy vaqt rejimida bir necha tilga tarjima qilish funksiyasiga ega, shuningdek, bolalar 
uchun kichraytirilgan versiyasi ishlab chiqilmoqda. 
Aloqa operatorlarining kod va prefikslarini aniqlashga xizmat qiluvchi yangi interaktiv 
xizmati ishga tushirildi 
«O‘zbekiston Respublikasi telekommunikatsiya tarmoqlarining kod va prefikslari» 
xizmati yordamida mobil aloqa foydalanuvchilari O‘zbekistonda simli va simsiz aloqa 
xizmatlarini ko‘rsatuvchi operatorlarning kodlari hamda prefikslarini aniqlashlari mumkin 
bo‘ladi. 
Biror mobil operatori yoki hududga mansub telefon raqamining prefiksi, ya’ni birinchi 
uch raqamini tegishli katakchalarda ko‘rsatish orqali telefon raqamining muayyan kodlar orqali 
qaysi hududlarda foydalanilayotgani to‘g‘risida batafsil ma’lumot olish mumkin. 
Misol uchun, siz qo‘ng‘iroq qilmoqchi bo‘lgan, «157» raqami bilan boshlangan telefon 
raqamining kodini yoki uning qaysi hududga tegishli ekanligini bilmaysiz. Telefon raqamining 
ilk uchta old raqamlarini, ya’ni «157»ni tegishli katakka kiritib, «Tekshirish» tugmasini bosing. 
Shunda sizga ushbu old raqamli telefon raqamlari orqali 4 nafar mobil aloqa operatorlari 
tomonidan Toshkent, Namangan va Farg‘ona viloyatlarida aloqa xizmati ko‘rsatilishi to‘g‘risida 
ma’lumot taqdim qilinadi. 


55 
Smart-soatlar bozorining ko‘p qismini Apple egallamoqda 
Keyingi vaqtlarda Internet manbalari axborotlari bo‘yicha fikr yuritilsa, smart-soatlar 
yangi trendga aylanganligini ko‘rish mumkin. Pebble bir necha bor Kickstarterda rekord 
o‘rnatgandi va o‘z yechimlarini turli yirik kompaniyalarga taqdim etgandi. Biroq iste’molchilar 
gadjetni sotib olishga ko‘p ham intilayotganlari yo‘q. 
Jahon bo‘ylab Android Wear boshqaruvi ostida ishlaydigan 100 ming dona soat sotib 
olinishi uchun yarim yil vaqt talab etildi. Samsung, LG va Motorola kabi yirik kompaniyalar 
mazkur OT bilan o‘z yechimlarini taqdim etmoqda, faqat Samsungning o‘zi ko‘p sonli Android 
Wear «aqlli» soatidan sotishga muvaffaq bo‘ldi. O‘tgan yil ikkinchi choragida turli operatsion 
tizimlar ostida ishlaydigan million dona qurilma sotilgandi. Barcha sotilgan mahsulotning 70 
foizi Samsungga to‘g‘ri keldi. Bu yil ikkinchi chorakda bozorda Apple yetakchilik qildi va uch 
oy mobaynida 4 mln. dona gadjetni sotishga muvaffaq bo‘ldi. Samsung 400 ming qurilma 
sotishga erishdi, qolgan ishlab chiquvchilar esa — jami 900 ming dona sotishga muyassar 
bo‘ldilar. Shu tariqa, kupertinliklar bozorninng 75,5 foizini egalladilar, Samsungning ulushi esa 
bir yil oldingi 74 foiz ko‘rsatkichidan 7,5 foizga tushib ketdi. Bu Apple Watchning keng 
ommaviylashuvi va iste’molchilar mazkur mahsulotni sotib olishga qiziqmayotganliklariga 
bog‘liq. Bozor yil mobaynida 457 foizga o‘sdi. Bu smart-soatlarga qiziqish kuchaygani uchun 
emas, balki Apple hisobiga sodir bo‘ldi. 
Manba: www.onegadget.ru 

Yüklə 80 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   31   32   33   34   35   36   37   38   ...   110




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin