O‘zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirl



Yüklə 80 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə38/110
tarix05.12.2023
ölçüsü80 Kb.
#173130
1   ...   34   35   36   37   38   39   40   41   ...   110
O‘zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi n

Meditsina 
 
Ma’lumki, shifokorga borishni ko‘pchiligingiz xush ko‘rmaysiz. Demak, birinchidan, siz 
bemorsiz. Chunki, sog‘lom odam u yerga bormaydi. Ikkinchidan, u yerda navbatda turishga 
to‘g‘ri keladi. Masalan, ro‘yxatxonada kasallik varaqasi uchun, shifokorlar qabuliga kirish uchun 
va hokazo. Uchinchidan, shifokor yozib byergan dorilarni dorixonalardan izlash kerak bo‘ladi. 
Kompyuterlarning shifoxonalarda va poliklinikalarda paydo bo‘lishi ko‘p narsalarni, 
jumladan, yuqoridagi muammolarni ham tubdan o‘zgartirib yuboradi. Endi siz to‘g‘ridan to‘g‘ri 
shifokor xuzuriga yo‘l olasiz. Uning ish stolidadan odatdagi meditsina ish qurollaridan tashqari 
kompyuter ham joy olgan: uning xotirasida barcha bemorlarning kasallik tarixi xattoki, siz oldin 
murojaat etgan bo‘lsangiz, sizning ham tarixingiz yozib qo‘yilgan.
Birinchi bor murojaat etayotgan bo‘lsangiz siz haqingizdagi barcha axborotni shu erning 
o‘zida shifokor kompyutyerga kiritib qo‘yadi. Kasalligingiz haqidagi barcha ma’lumotlar 
kompyutyerga kiritilgach, sizning kasalligingiz haqida tashxis qo‘yilib chop etish qurilmasi 
yordamida dorilar uchun retsept chop etib beriladi. Retseptni olib, boshqa kompyutyerdan ushbu 
dorilarni eng yaqin bo‘lgan qaysi aptekalardan topish mumkinligi haqida axborot olishingiz 
mumkin. 
Kompyuter meditsinada boshqa ishlarga ham qodir. Masalan tomograf, ya’ni siljib 
harakatlanadigan rentgen apparati, insonning ixtiyoriy organi haqida to‘liq ma’lumot olish, 
ulardagi mikroskopik defektlar, chet jinslar (masalan buyrakdagi tosh kabi) haqida ma’lumot 
berishi mumkin. Tomograf uzatgan axborotni tezda qayta ishlash va ekranda ko‘rsatish uchun 
albatta u kompyuter bilan bog‘langan bo‘lishi shart. 


59 
Kompyuter va san’at 
 
Kompyuterning san’atiga qanday aloqasi bor? Kompyuterlar aniq programma asosida 
ishlaydi. San’at esa bu ijod, fantaziyadir. Lekin bu sohada ham kompyuter ijod ahliga yordam 
berishi mumkin. Kompozitor musiqa yaratishda kompyutyerdan unumli foydalanishi mumkin. 
Buning uchun kichik royal yoki elektroorgan yordamida kompyutyerga ulanib yozayotgan 
musiqa notalarini ekranda ko‘rib turgan holda yangi asar yaratishi va shu yerning o‘zida, shu 
onda eshitib ko‘rishi ham mumkin. 

Yüklə 80 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   34   35   36   37   38   39   40   41   ...   110




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin