O‘zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirl



Yüklə 80 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə41/110
tarix05.12.2023
ölçüsü80 Kb.
#173130
1   ...   37   38   39   40   41   42   43   44   ...   110
O‘zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi n

 
NАZОRАT SАVОLLАRI: 
1.
Axborot va texnologiya tushunchalarini izohlang. 
2.
Axborot texnologiyasiga ta’rif berimg. 
3.
Zamonaviy axborot texnologiyalarini tasniflang. 
4.
Zamonaviy axborot texnologiyalaridan samarali foydalanish yo’llarini ayting. 
5.
Zamonaviy axborot texnologiyalaridan samarali foydalanishga misollar keltiring. 
 
 
 


61 
AMALIY MASHG’ULOT № 3 
Hot Potatoes dasturida horijiy tilni o‘rgatuvchi mashqlar yaratish:
JQuiz; JCloze; JCross; JMatch; JMix va Masher bilan ishlash. 
 
Ishdan maqsad: 
Talabalarga
Hot Potatoes
dasturida ishlash, ulardan samarali foydalanish va 
ularning imkoniyatlari haqida ma'lumotlar berish, hamda talabalar olgan nazariy bilimlarini 
amaliyotda qo’llashi uchun bilim, ko’nikma va malaka hosil qilishdan iborat.
Zamonaviy texnik imkoniyatlarning rivojlanishi o‘qitish texnologiyalarini, kursantlarning 
bilimini baholashning tezkor usullarini, jumladan elektron test va topshiriqlarni zamonaviy 
ko‘rinishlarnini o‘rganish va tatbiq qilishga olib kelmoqda. Hozirgi kunda elektron o‘quv 
resurslarini yaratishga, o‘quvchilarning bilimini tezkor va aniq baxolashga yo‘naltirilgan xalqaro 
standartlarga javob beruvchi dasturiy vositalar mavjud. Hozirgi kunda shaxsiy kompyuterning 
dasturiy vositalari vamul’timediya imkoniyatlari, zamonaviy axborot-kommunikatsiya 
vositalaridaninsonlar kasbiy faoliyatlarida samarali foydalanmokdalar.SHunday amaliy 
dasturlardan biri 
Hot Potatoes 
dasturidir.
Hot Potatoes
 
(o‘zbekcha. Issiq kartoshka) instrumentalqobiq dastur bo‘lib, matn, grafik, 
ovoz va video yordamida o‘ndan ortiq turli xil interaktiv topshiriqlarni yaratish imkonini 
beradi.Hot Potatoesning instrumentlar bazasi yordamida elektron testlar va nazorat ishlarini 
yaratish professor-o‘qituvchilar uchun amaliy ko‘rsatma hisoblanadi. Hot Potatoes dasturi 
yordamida o‘qituvchi kompyuterda ishlash uchun minimum bilimga ega bo‘lib ham turli qiyinlik 
darajasidagi elektron topshiriqlarni tezkorlik bilan tayyorlash imkoniga ega bo‘ladi.SHuningdek, 
dasturyordamidaistalgan tilda zarur predmet bo‘yicha 10 turdagi topshiriqlarnimatn,rasm, audio 
va video ma’lumotlar bilan birga ishlatish va arxivlarni yaratish kabi qo‘shimcha imkoniyatlari 
ham mavjuddir.YAratilgan topshiriqlarni bajarish uchun ta’lim oluvchilarga faqat Web brauzer 
kerak xolos.
Mazkur dastur o‘qituvchilarga dasturlash tillarini bilmagan holda elektron topshiriqlar va 
testlarni tuzish imkonini beradi. 
Hot Potatoes dasturi Kanadadagi Viktoriya universiteti axborot texnologiyalar markazida 
ishlab chiqilganbo‘lib, hozirgi kunda ixtiyoriy fanlarni o‘rgatish va o‘qitishda butun dunyoda 
keng qo‘llaniladi. 
Hot Potatoes dasturi davlat tashkilotlari va pullik bo‘lmagan barcha ta’lim muassasalari 
uchun tekin hamda ushbu dastur yordamida ishlab chiqilgan o‘quv qo‘llanmalar internet 
tarmog‘ida ochiq foydalanish imkoniyati bo‘lishi sharti bilan tekin taqdim etiladi. 

Yüklə 80 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   37   38   39   40   41   42   43   44   ...   110




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin