O‘zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirl


AMALIYOT ISHINING TOPSHIRIG’I



Yüklə 80 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə76/110
tarix05.12.2023
ölçüsü80 Kb.
#173130
1   ...   72   73   74   75   76   77   78   79   ...   110
O‘zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi n

AMALIYOT ISHINING TOPSHIRIG’I: 
Quyidagi topshiriqlarni bajaring va hisobot yozing. 
 
1)
Internet tarmog‘i xizmatlari bilan ishlashni bajaring.
 
2) 
Elektron pochta, video muloqot va fazoviy texnologiyalar usullaridan samarali 
foydalanish tasnifi keltiring. 
 
3) 
Ulardan samarali foydalanish va ularning imkoniyatlari haqida ma'lumotlar bering. 
 
4) 
Bajarilgan ishlar bo’yicha
 
hisobot yozing.
 
NАZОRАT SАVОLLАRI: 
1.
Tarmoq tushunchasini izohlang.
2.
Kompyuter tarmoqlari nima, nima uchun qo’llaniladi?
3.
Kompyuter tarmoqlarining turlarini keltiring. 
4.
Internet tarmog‘i qachon yaratilgan? Internet tarmog‘i qanday tarmoq? 
5.
Internetning qanday xizmatlari mavjud? Provaydr tushunchasini izohlang. 
6.
Elektron pochta, chat, video muloqot, domen nomlari, skype, forum, portal, veb-sayt 
tushunchaklariga ta’rif bering. 


114 
AMALIY MASHG’ULOT № 16 
LMS MOODLEda foydalanish uchun o‘quv kontentlarini tayyorlash va nashr etish. 
LMS MOODLEda muloqot va ma’lumot almashinuvi. 
 
Ishdan maqsad: 
Talabalarga LMS maqsad va tuzilmasi, LMS tizimlari va masofaviy 
ta’lim kurslari saytlarida ishlash va ularning imkoniyatlari haqida ma'lumotlar berish, hamda 
talabalar olgan nazariy bilimlarini amaliyotda qo’llashi uchun bilim, ko’nikma va malaka hosil 
qilishdan iborat.
USLUBIY KO’RSATMALAR 
LMS/LCMS
tizimlari elektron ta’limni (masofaviy ta’lim jarayonini) tashkil 
etishning asosiy funksiyalarini o`z ichiga oladi. Bunday funksiyalar qatoriga o`quvchilarning
(o`qituvchilarning, kurs yaratuvchi pedagoglarni va boshqalarni) ro`yxatga olish, 
foydalanuvchilarni o`quv kurslardan Chetlashtirish, o`quvchilarning mustaqil ta’lim olish
muhitini yaratish, o`quvchi va o`qituvchilarning o`zaro individual yoki guruh bo`lib,
hamkorlikda ishlashini (Web2 elementlarini ishlatish orqali) tashkil etish, guruhlar yaratish va 
ularni boshqarish, oraliq, joriy va yakuniy nazoratlarni tashkillashtirish va elektron nazorat 
turlarini yaratish (elektron nazorat turlariga yopiq turdagi test, ochiq turdagi nazorat, moslikni
topishga oid, ketma-ketlikni to`g`ri joylashtirish, bo`sh qoldirilgan joyni to`ldirish va boshqa
turlari kiradi), har xil turdagi ijtimoiy so`rovlarni tashkillashtirish, o`quvchilarning bilim 
darajasini monitoring qilish, sertifikatlar (diplomlar) berish imkoniyati, elektron axborot 
resurslarini (elektron kutubxonalar) tashkillashtirish, elektron o`quv resurslarini eksport/import 
qilish imkoniyatlari, tizim foydalanuvchilarining (o`quvchilar, o`qituvchilar (tyutorlar), kurs
yaratuvchi pedagoglarning) tizimga qachon, qancha vaqt davomida o`quv kontentlar bilan 
tanishganligi, qaysi IP-manzil orqali kirganligini (bu esa qaysi davlatdan tizimga
kirganligini aniqlashga yordam beradi), brauzer va qaysi operatsion tizim orqali kirganligi,
tizimda mavjud foydalanuvchilarning faolligini maxsus grafiklar orqali monitoring qilish 
imkoniyati, o`qituvchi (tyutor yoki elektron kurs yaratuvchi pedagoglar) tomonidan
elektron o`quv-resurslarini yaratishi, Authoring toolslarda SCORM, TinCan yoki boshqa 
standartlar asosida yaratilgan elektron o`quv resurslarini yuklashi, o`quvchilarning boshqa
o`quvchilar/o`qituvchilar bilan (Chat, Forum, videokonferensiya, umumiy elektron doskalar 
yoki tizimning ichki/tashqi xabarlar almashish moduli orqali) muloqotini tashkillashtirish,
o`quv jarayonida bo`ladigan yangiliklarni barcha foydalanuvchilarga ommaviy xabar
yuborib turuvchi modullarning mavjudligi, iqtisodiy va marketingga oid operatsiyalarni
boshqarish va boshqa imkoniyatlarni sanab o`tish mumkin.
Quyida masofaviy ta’lim jarayonini tashkillashtirish imkoniyatini beruvchi erkin va
ochiq kodli LMS dasturiy majmualarning nomlari va ularning asosiy imkoniyatlari bo`yicha 
ma’lumotlarni bayon qilamiz. Atutor — Ochiq kodli ta’lim jarayonini boshqaruvchi LMS tizimi 
hisoblanadi. Tizimda mavjud o`qitish modullari: 
Forums, Materials, Messenger, Chat, Exercises, Group work, Student tracking
va boshqa
modullari mavjud. Tizim bir necha standartlarni qo`llab-quvvatlaganligi sababli, internet 
orqali jismoniy nuqsonga ega bo`lgan o`quvchi-talabalar tizim orqali o`quv resurslardan
foydalanishlari mumkin. Xususan, ko`zi ojiz talabalar maxsus web-ilovalar orqali tizimga
bog`langan holda o`quv kontentdagi so`zlarni audio formatga o`tkazgan holda tinglashi 
mumkin.
Chamilo
– tizimi ham boshqa LMS tizimlari singari IMS(IMS Content Packaging, 
IMS QTI) va SCORM standartlarini qo`llab-quvvatlaydi. Tizim kross-platformali hisoblanib,
barcha operatsion tizimlarda ishlaydi. GPLv3 litsenziyasi asosida ish yuritadi. Bu tizimda
kurslarni tashkillashtirishda sessiya nomli qo`shimcha moduli mavjud bo`lib, ma’lum
kurslar yakuni bo`yicha lokal imtihon aratish imkonini beradi. Shuningdek, hisobot bo`limi 
orqali esa kurslar, imtihonlar va foydalanuvchilarning holati bo`yicha hisobot yaratiladi. 
Chamilo tizimida modullarning imkoniyatlari yildan-yilga takomillashib bormoqda. Xususan, 


115 
hozirgi kunga kelib qolgan LMS tizimlarida mavjud modullarga qo`shimcha bo`lgan ochiq 
muloqot va videokonferensiya tashkil etish hamda taqdimot yaratish imkoniyatlari 
modullari ishlab chiqildi.

Yüklə 80 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   72   73   74   75   76   77   78   79   ...   110




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin