O‘zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirl


AMALIYOT ISHINING TOPSHIRIG’I



Yüklə 80 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə79/110
tarix05.12.2023
ölçüsü80 Kb.
#173130
1   ...   75   76   77   78   79   80   81   82   ...   110
O‘zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi n

 
AMALIYOT ISHINING TOPSHIRIG’I: 
Quyidagi topshiriqlarni bajaring va hisobot yozing. 
1)
 
LMS maqsad va tuzilmasi haqidagi ma’lumotlarni keltiring. 
2)
 
LMS tizimlari va masofaviy ta’lim kurslari saytlarida ishlash tasnifini keltiring. 
3) 
Ulardan samarali foydalanish va ularning imkoniyatlari haqida ma'lumotlar bering. 
4) 
Bajarilgan ishlar bo’yicha
 
hisobot yozing.
 
 
NАZОRАT SАVОLLАRI: 
1.
Masofaviy ta’lim va uni tashkil etish asoslarini izohlang.
2.
Masofali o‘qitishning nazariy asoslariga nimalar kiradi?
3.
Masofali o‘qitishning didaktik asoslari nimalar kiradi?
4.
Masofaviy ta’lim modellari haqida ma’lumot bering.
 
 
 
 


120 
AMALIY MASHG’ULOT № 17 
Smart-elektron o‘quv qo‘llanmalardan o‘qitishga qo‘llash.
O‘qitishda onlayn Smart-texnologiyalardan foydalanish 
Ishdan maqsad:
Talabalarga Smart - elektron o‘quv qo‘llanmalardan o‘qitishga 
qo‘llashni, Smart - o‘qitish muhiti elementlari bilan ishlashni va ularning imkoniyatlari haqida 
ma'lumotlar berish. Smart - o‘qitish muhiti elementlari bilan ishlashni o’rgatish. Talabalar olgan 
nazariy bilimlarini amaliyotda qo’llashi uchun bilim, ko’nikma va malaka hosil qilishdan iborat
.
USLUBIY KO’RSATMALAR 
Hozirgi zamonda biror-bir sohada ishni boshlash va uni boshqarishni axborot 
texnologiyalarisiz tasavvur qilish qiyin. Har bir mutaxassis, u qaysi sohada ishlashidan qat’iy 
nazar, o’z vazifasini zamon talabi darajasida bajarishi uchun axborotga ishlov beruvchi 
vositalarni, ularni ishlatish uslubiyotini bilishi va ularda ishlash ko’nikmasiga ega bo’lishi zarur. 
Shu sababli bugungi kunda mustaqil Respublikamizda ta’lim sohasida amalga oshirilayotgan tub 
islohatlarning mazmun-mohiyati, maqsadi va vazifalari aniq belgilab olingan. Ayniqsa ta’limda 
electron darslikdan foydalanish, uning samaradorligini oshirish yordam beradi. Masalan ta’limda 
elektron darslikdan foydalanishning muammo va yechimlarini tillarni o’rganish misolida 
qarasak. 
Smart-qo‘lqopi ishoralar tilini o‘rganishga yordam beradi 
 
London universiteti talabasi Xadil Ayob (Hadeel Ayoub) ishoralarni oddiy nutqqa 
aylantiruvchi ajoyib smart-qo‘lqopini ishlab chiqdi. Ko‘pchilik qo‘l va barmoq harakatlari bilan 
muloqot qilayotgan eshitish va nutqida muammosi bo‘lgan insonlarni uchratgan bo‘lsa kerak. 
Biroq hamma ham (ayniqsa, sog‘lom odamlar) bu ishoralar mazmunini tushunmaydi. 
Taqdim etilayotgan qurilma oddiy qo‘lqop ko‘rinishiga ega bo‘lib, ishoralarni displeyda 
tushunarli matnga aylantiradi yoki ovozli tarzda ifodalaydi. SignLanguageGlove qo‘lqopi 
prototip rivojining uch bosqichini bosib o‘tishga ulgurdi. Tizimning birinchi versiyasiga 
datchiklar, mikrokontrollerli platasi va to‘rt belgili raqamli displey kiritilgandi. Beshta 
egiluvchan sensori qo‘lqopga ulanib, besh barmoq traektoriyasini kuzatish imkonini beradi. 
Ikkinchi prototipga kichik dasturiy ta’minot, uchinchi versiyasiga esa matnni ovozli nutqqa 
aylantiradigan chip kiritilgan. 
 
Hozirgi vaqtda ixtirochi Wi-Fi bo‘yicha qo‘lqop va mobil qurilmasi o‘rtasida aloqa 
o‘rnatish imkoniga ega smartfonlar uchun ilovali qurilma versiyasi ustida ishlamoqda. Rejalarda 
— haqiqiy vaqt rejimida bir necha tilga tarjima qilish funksiyasiga ega, shuningdek, bolalar 
uchun kichraytirilgan versiyasi ishlab chiqilmoqda. 


121 
Aloqa operatorlarining kod va prefikslarini aniqlashga xizmat qiluvchi yangi interaktiv 
xizmati ishga tushirildi 
«O‘zbekiston Respublikasi telekommunikatsiya tarmoqlarining kod va prefikslari» 
xizmati yordamida mobil aloqa foydalanuvchilari O‘zbekistonda simli va simsiz aloqa 
xizmatlarini ko‘rsatuvchi operatorlarning kodlari hamda prefikslarini aniqlashlari mumkin 
bo‘ladi. 
Biror mobil operatori yoki hududga mansub telefon raqamining prefiksi, ya’ni birinchi 
uch raqamini tegishli katakchalarda ko‘rsatish orqali telefon raqamining muayyan kodlar orqali 
qaysi hududlarda foydalanilayotgani to‘g‘risida batafsil ma’lumot olish mumkin. 
Misol uchun, siz qo‘ng‘iroq qilmoqchi bo‘lgan, «157» raqami bilan boshlangan telefon 
raqamining kodini yoki uning qaysi hududga tegishli ekanligini bilmaysiz. Telefon raqamining 
ilk uchta old raqamlarini, ya’ni «157»ni tegishli katakka kiritib, «Tekshirish» tugmasini bosing. 
Shunda sizga ushbu old raqamli telefon raqamlari orqali 4 nafar mobil aloqa operatorlari 
tomonidan Toshkent, Namangan va Farg‘ona viloyatlarida aloqa xizmati ko‘rsatilishi to‘g‘risida 
ma’lumot taqdim qilinadi. 
Smart-soatlar bozorining ko‘p qismini Apple egallamoqda 
Keyingi vaqtlarda Internet manbalari axborotlari bo‘yicha fikr yuritilsa, smart-soatlar 
yangi trendga aylanganligini ko‘rish mumkin. Pebble bir necha bor Kickstarterda rekord 
o‘rnatgandi va o‘z yechimlarini turli yirik kompaniyalarga taqdim etgandi. Biroq iste’molchilar 
gadjetni sotib olishga ko‘p ham intilayotganlari yo‘q. 
Jahon bo‘ylab Android Wear boshqaruvi ostida ishlaydigan 100 ming dona soat sotib 
olinishi uchun yarim yil vaqt talab etildi. Samsung, LG va Motorola kabi yirik kompaniyalar 
mazkur OT bilan o‘z yechimlarini taqdim etmoqda, faqat Samsungning o‘zi ko‘p sonli Android 
Wear «aqlli» soatidan sotishga muvaffaq bo‘ldi. O‘tgan yil ikkinchi choragida turli operatsion 
tizimlar ostida ishlaydigan million dona qurilma sotilgandi. Barcha sotilgan mahsulotning 70 
foizi Samsungga to‘g‘ri keldi. Bu yil ikkinchi chorakda bozorda Apple yetakchilik qildi va uch 
oy mobaynida 4 mln. dona gadjetni sotishga muvaffaq bo‘ldi. Samsung 400 ming qurilma 
sotishga erishdi, qolgan ishlab chiquvchilar esa — jami 900 ming dona sotishga muyassar 
bo‘ldilar. Shu tariqa, kupertinliklar bozorninng 75,5 foizini egalladilar, Samsungning ulushi esa 
bir yil oldingi 74 foiz ko‘rsatkichidan 7,5 foizga tushib ketdi. Bu Apple Watchning keng 
ommaviylashuvi va iste’molchilar mazkur mahsulotni sotib olishga qiziqmayotganliklariga 
bog‘liq. Bozor yil mobaynida 457 foizga o‘sdi. Bu smart-soatlarga qiziqish kuchaygani uchun 
emas, balki Apple hisobiga sodir bo‘ldi. 
Manba: www.onegadget.ru 

Yüklə 80 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   75   76   77   78   79   80   81   82   ...   110




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin