O’zbekiston Respublikasi oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi a ngren universiteti Mavzu: Bolalarni ijtimoiy moslashuvi Mustaqil ish Bajardi : Ernazarova R. Guruh: Tekshirdi: Gaziyeva N


« Bolalarni ijtimoiy moslashuvi » fanidan mustaqil ishning maqsadi va vazifalari



Yüklə 58,21 Kb.
səhifə4/7
tarix07.04.2023
ölçüsü58,21 Kb.
#94575
1   2   3   4   5   6   7
Bolalarni ijtimoiy moslashuvi

1.1. « Bolalarni ijtimoiy moslashuvi » fanidan mustaqil ishning maqsadi va vazifalari
“Bolalarni ijtimoiy moslashuvi” fani bo’lajak tarbiyachi va o’qituvchilarni nazariy pedagogik bilimlar bilan qurollantirishda muhim ahamiyatga ega. Unda milliy istiqlol g’oyasi va bugungi kun mafkurasi talablari asosida bo’lg’usi pedagog kadrlarga jahon pedagogikasining aktual masalalari, ayniqsa, rivojlangan davlatlar ta’lim tizimi, ta’limning turlari, ta’lim-tarbiya jarayonlarining o’ziga xos xususiyatlari va tashkil etish shakllari, amalga oshirish yo’llari haqida ma’lumot beradi. Shuningdek, ishchi dasturda “Bolalarni ijtimoiy moslashuvi “ o’quv fanining maqsad, vazifa va o’ziga xosliklaridan kelib chiqib, o’quv jarayonida interfaol metodlar va zamonaviy axborot texnologiyalaridan foydalanish nazarda tutilgan.
Fanni o’qitishdan maqsad - talabalarga jahon mamlakatlari ta’lim tizimi, ularning o’ziga xos jihatlari haqida ma’lumot berish, ularda xorijiy mamlakatlarning ta’lim-tarbiyaga oid tajribasi asosida ilmiy-nazariy, ilmiy-uslubiy, ilmiy-amaliy tasavvur va tushunchalar hamda ko’nikma va malakalar hosil qilish, ularga fanning umumiy nazariy asoslari, tadqiqot metodlari, taraqqiyot bosqichlari va bir qator ilmiy-amaliy vazifalari kabi ma’lumotlarni berishdan iborat.
Fanning vazifasi – qiyosiy pedagogikaning ta’lim-tarbiyaga oid tajribasi asosida ilmiy-nazariy, ilmiy-uslubiy, ilmiy-amaliy tasavvur va tushunchalar hamda ko’nikma va malakalar hosil qilish, ularga fanning umumiy nazariy asoslari, tadqiqot metodlari, taraqqiyot bosqichlari va bir qator ilmiy-amaliy vazifalari kabi ma’lumotlarni berishdan iborat.
Talabalar tomonidan “Bolalarni ijtimoiy moslashuvi” fanidan bajariladigan mustaqil ishning vazifalari quyidagilardan iborat:

  • yangi bilimlarni mustaqil tarzda puxta o‘zlashtirish ko‘nikmalariga ega bo‘lish;

  • kerakli ma’lumotlarni izlab topishni qulay usullari va vositalarini aniqlash, elektron kutubxona yordamida tegishli elektron uquv manbalarini, materiallarni aniqlash, axborot resurs markazida, fakultet kompyuter xonasida va kafedraga briktirilgan kompyuter xotirasidagi elektron uquv materiallarini o‘rganish va ulardan foydalanish vaqtlarini belgilash;

  • axborot manbalaridan samarali foydalanish, axborot resurs markazidan o‘quv adabiyotlarini, ilmiy jurnallarni kerakli davr uchun olib, ulardan samarali foydalanish va belgilangan vaqtda topshirish, kafedra kutubxonasidan foydalanish qoidalariga amal qilish, elektron kutubxonadan foydalanish va u erdagi tegishli qoidalarga amal qilish;

  • an’anaviy o‘quv va ilmiy adabiyotlar, me’yoriy xujjatlar bilan ishlash, ilmiy adabiyotlardan, me’yoriy xujjatlardan kerakli materiallarni topish va ular bilan ishlash ko‘nikmalarini xosil qilish;

  • elektron o‘quv adabiyotlar va ma’lumotlar banki bilan ishlash ko‘nikmalarini egallash;

  • internet tarmog‘idan maqsadli foydalanish, internetda ishlash jadvalini o‘rganish va ajratilgan vaqtdan unumli foydalanish, internetdan topilgan ma’lumotlarni taxlil qilish ko‘nikmalarini egallash;

  • mustaqil ish uchun berilgan topshiriqni ratsional echimini aniqlash;

  • mustaqil ish topshiriqlarini bajarishda tizimli va ijodiy yondashish;

  • ishlab chiqilgan echim, loyixa yoki g‘oyani asoslash va mutaxassislar orasida uni himoya qilish ko‘nikmalarini shakllantirish;

  • ta’lim texnologiyasini puxta o‘zlashtirish ko‘nikmalariga ega bo‘lish;

  • o‘qitishning interfaol usullaridan foydalanish ko‘nikmalarini egallash;

  • mustaqil ijodiy fikrlash asoslarini to‘la o‘zlashtirish;

  • milliy iqtisodiyotda ishlab chiqarishning iqtisodiy va ijtimoiy samaradorligini oshirish omillarini o‘zlashtirish.


Yüklə 58,21 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin