Kabellarni elektrostatik separatsiyalash
Diametri 0,4 mm dan kam bo‗lgan ingichka tolali misli yoki alyuminiyli
simlarni izolyasiyasidan tozlashda elektrostatik barabanli separatorlar qo‗llaniladi.
Bunday separatorlarni harakatlanishi tojli maydonni qo‗llashga asoslangan. Tojli
maydonda joylashgan zarrachalar tarkibidan qat‘iy nazar, tojli elektrod
qutblanishiga bog‗liq bo‗lgan kattalik elektr zaryadini oladi. Zarracha olishi
mumkin bo‗lgan maksimal zaryad quyidagi formuladan topiladi:
Q
max
=4
E
0
a
2
k E
bu erda, E
0
- elektr doimiylik, E
0
= 8,8542
.
10
-12
Kll/Vm;
a - aylanishni elektrik ekvivalent ellipsoidasining radiusi, m;
E
0
- maydonning kuchlanishi, V/m;
k - doimiy;
Kabel
temir-tersak
va
chiqindilarini
elektrostatik
seperatsiyalashda
elektrostatik barabanli seperatorlar keng qo‗llanadi. Elektrostatik barabanli
seperatorda kabel temir-tersak va chiqindilarini boyitish sxemasi 4.6-rasmda
ko‗rsatilgan.
106
4.6-rasm. Elektrostatik barabanli seperatorda kabel temir-tersak va
chiqindilarini boyitish sxemasi:
1-kabellarni maydalash uchun bunker; 2-erga ulangan baraban; 3-tojlantiruvchi
elektrod; 4-qo‗shimcha elektrod; 5-cho‗tka; 6-izolyasiyalarni yig‗uvchi moslama;
7-yarim mahsulotlarni yig‗uvchi; 8-toza metallarni yig‗uvchi moslama.
Turli xil chiqindilarni qaynoq namlab bo‘laklash
Qaynoq namlab bo‗laklash xas-cho‗plarini bo‗laklash, qoliplangan er va
quyish sexi shlaklarini, aylanma chang va boshqa mayda materiallarni biriktirish
uchun bajariladi (4.7-rasm).
Ushbu jarayonni texnologik sxemasi 5 mm teshikli g‗alvirda elashdan
boshlanadi. +5 mm dagi fraksiyalar minorali pechga jo‗natiladi. -5 mm dagi
fraksiyalar chang va vozgon bilan aralashtirilib qumoqlanadi (granulyasiya).
107
Vozgon-bu oson uchuvchi metallarning oksidlaridir. Namlab bo‗laklash shixta-
siga 10-12 % koksik va 15 foizgacha ohak qo‗shiladi.
Tayyorlangan shixta yoqilg‗ini yonishi natijasida kerakli harorat ushlab
turiladigan aylanuvchi pechga solinadi. Yonish gazlari va materiallarini qarshi aniq
harakatlari qo‗shimcha isitish ehtimolini beradi. 750-900
0
C
haroratda
mahsulotlarni birikkan kuyindi holga keltirish zonasida, rangli metallar oksidlarini,
qisman tiklanishi, qo‗rg‗oshin oksidi silikatlari rux, mis oksidlarini ferritlari
ta‘sirida suyuq fazani vujudga kelishi yuz beradi.
Tez eruvchan birikmalar va eftektika qotishmalari aylanuvchan pechga solinish
paytida shixtani mayda zarrachalarini biriktiruvchi hisoblanadi.
Bo‗laklangan material pechni to‗kiladigan qismidan (550-650
0
С) barabanli
sovutgichga, so‗ng nazorat qiluvchi g‗alvirlashga jo‗natiladi. Qaynoq namlab
bo‗laklashda shixtani massasidan 70 % sifatli mahsulot shaklida chiqadi. -5 mm
kattalikdagi bo‗laklar (ularning chiqishi 30 % tashkil qiladi) qaytadan qaynoq
namlab bo‗laklashga yuboriladi. Bo‗laklangan bo‗laklarning tarkibi quyidagicha,
%: 10-15 Cu, 15-25 Zn, 1-2 Pb, 0,5 Sn, 5-8 Fe, 15-20 SiO
2
, 3-5 CaO, 3-5 S.
Ushbu tarkibli bo‗laklar minorali pechlarda qayta ishlanadi. Minorali
pechlarning gazlari changlardan siklonlarda va qo‗lsimon filtrlarda tozalanadi.
Chang bilan chiqib ketadigan materiallar qaynoq namlab bo‗laklashdagi umumiy
shixtaning 5-7 foizini tashkil qiladi. Xas cho‗plarni, shlaklarni, changlarni va
shunga o‗xshash materiallarni qaynoq namlab bo‗laklashni texnologiyasi oddiy va
yuqori unumdorligi bilan jarayonni avtomatik boshqarish imkonlarini beradi.
|