112
ishlab chiqarish chiqindilari kiradi.
Bundan
kelib chiqib, temir metallurgiyasini ikkiga: birlamchi va ikkilamchi
metallurgiyaga bo‗lish mumkin. Temir olishni bu ikki usuli bir-biri bilan uzviy
bog‗langan: ruda va konsentratlardan xomaki metall (cho‗yan) olish, olingan
metallar va qotishmalardan tayyorlangan buyumlarning temir-tersak va
chiqindilardan metallni ajratib olish.
Ikkilamchi qora metallar va ularni qotishmalari metallurgik pechlarni shixtasi
tarkibida po‗lat, cho‗yan, ferroqotishma (po‗latni
legirlash va kisloroddan
tozalashda qo‗llaniladigan qo‗shilmalar) olishda ishlatiladi. Turli xil temir-
tersaklar va chiqindilar qayta ishlanib asosan po‗lat va cho‗yan olinadi.
Marten, domna, vagranka, konvertor va elektropo‗lat eritish pechlarida hozirgi
kunda ikkilamchi qora metallarni asosiy qismi qayta ishlanmoqda. Har qaysi
turdagi metallurgik agregat uchun davlat standarti bilan belgilangan, alohida
xususiyatga ega bo‗lgan temir-tersak va chiqindilar talab qilinadi.
Qoida bo‗yicha po‗lat
tarkibiga uglerod, marganets, kremniy, oltingugurt,
fosfor kiradi. Maxsus xususiyatli po‗latlarni olishda metall tarkibiga legirlovchi
qo‗shimchalar: xrom, molibden, nikel, volfram, mis, niobiy, vannadiy va
boshqalar, shuningdek marganets va kremniy orttirilgan miqdorda qo‗shiladi.
Toza holdagi temir olish qiyin bajariluvchi
va qimmat turuvchi jarayon
hisoblanadi. Po‗latni mexanik xususiyatlari, ayniqsa mustahkamligi toza holdagi
temirga nisbatan sezilarli yuqori bo‗ladi. Toza holdagi temir qimmatbaho material
hisoblanib, uni faqat maxsus maqsadlar uchun ishlatiladi. Odatda texnikada va
maishiy ishlab chiqarishda ko‗proq po‗lat qo‗llaniladi. Cho‗yan va cho‗yandan
yasalgan buyumlarning asosiy iste‘molchisi kimyo, traktorsozlik,
mashinasozlik,
stanoksozlik, asbobsozlik va avtomobilsozlik sohalaridir. Po‗lat tarkibiga kiruvchi
asosiy qo‗shimcha uglerod hisoblanadi. Uglerod po‗latni xususiyatini belgilaydi va
uni miqdori bo‗yicha temir uglerodli qotishmalar po‗lat va cho‗yanga bo‗linadi.
Po‗lat-bu temir, uglerod va boshqa bir qancha elementlarning qotishmasi
bo‗lib, unda uglerodning miqdori odatda 2 foizgacha bo‗ladi.
Cho‗yan temir bilan uglerod qotishmasidir. Uglerodni miqdori odatda 2
113
foizdan 4 foizgacha bo‗ladi. Bundan tashqari cho‗yan tarkibida doimiy
aralashmalar (kremniy, marganets, oltingugurt, fosfor), ba‘zi legirlovchi elementlar
(xrom, nikel, alyuminiy, vannadiy) bo‗ladi. Cho‗yan - mo‗rt qotishmadir.
Cho‗yanni asosiy qismi (85 foizi) qayta eritilib, po‗lat olinadi, qolgan qismi quyma
cho‗yan shaklda quyma olishda qo‗llaniladi.
Dostları ilə paylaş: