5.1-rasm. Po’lat maxsulotlari
118
5.2. Temir chiqindlariga qo‘yiladigan talablar, cho‘yan temir-tersak va
chiqindilarini hosil bo‘lishi, ishlatilishi va qayta ishlovchi agregatlarni
tasniflanishi
Marten po‗latini olish uchun maksimal gabariti 1000x1050x750 mm bo‗lgan
temir-tersak va chiqindilar ishlatiladi. Bunday temir-tersaklarni sig‗imi 100 tonna
bo‗lgan elektropechlarda ham ishlatilishi mumkin. Ikkilamchi qora metallardan
ratsional foydalanish uchun temir-tersak va chiqindilar navlarga ajratilishi va
ma‘lum o‗lchamlarga keltirilishi kerak. Buning uchun oldingi bo‗limlarda
keltirilgan temir-tersak va chiqindilarga birlamchi ishlov berish jarayonlarining
ayrimlari bajariladi:
1) aralashgan metall temir-tersak va chiqindilarini navlarga ajratish;
2) metallarni olovli va qaychili kesish;
3) engil massali chiqindilarni sovuq va issiq sharoitda paketlash va briketlash;
4) metallik qirindilarni maydalash;
5) koperda bo‗laklash, maydalash, po‗lat va cho‗yan temir-tersaklarni
portlatish yo‗li bilan maydalash;
6) shlak chiqindilaridan metallni ajratib olish.
Ikkilamchi temir asosli temir-tersaklarni navlarga ajratishda quyidagi usullar
qo‗llaniladi:
a) tashqi ko‗rinishiga qarab aniqlash;
b) magnitlashga og‗ish usuli;
v) uchqunli usul;
g) spektral tahlil;
d) kimyoviy tahlil (tomchilab tahlil qilish).
Magnitlashga og‗ish usuli navlarga ajratishda keng tarqalgan usullardan
hisoblanadi. Lekin magnitga hamma qora metallarning temir-tersaklar ham
tortilavermaydi. Xrom va marganets miqdori yuqori bo‗lgan po‗lat temir-tersaklari
va chiqindilari magnitga tortilmaydi: EI69, EI417, EI435, X14G14H, X18H9,
X18H10T, OX10H20T2, OX23H18. Bundan tashqari rangli metallarni ayrim
qotishmalari magnitga tortilishi mumkin. Masalan: nikel va uning qotishmalari.
119
Uchqunli usulda qora metall temir-tersaklari guruhlarga, markalarga ajratiladi.
Bunda metall bo‗lagi qayroq tosh o‗rnatilgan stanokka tekkiziladi va uchib
chiqayotgan uchqunning rangiga, yorug‗ligiga sochilishni formasiga qarab
ajratiladi. Uchqun qizil bo‗lsa temir-tersakda volfram borligini, to‗q-sariq bo‗lsa
xrom borligini, qizg‗ish-sariq bo‗lsa nikel borligini bildiradi. Uchqun oqimiga
metaldagi uglerod miqdoriga bog‗liq bo‗ladi, chunki uglerod havoday engil
oksidlanadi. Uglerod miqdori qanchalik yuqori bo‗lsa, uchqundagi yulduzlar
shunchalik ko‗p va uchqun shunchalik yorqin bo‗ladi.
Aralashgan temir-tersaklar va chiqindilar ichida nostandart buyumlarni bo‗lishi
ularni maxsus uskunalar yordamida navlarga ajratish vazifasini qo‗ydi. Bu vazifa
asosan spektral usullar asosida bajariladi. Spektral tahlil usuli bilan navlarga
ajratishda statsionar stiloskoplar SL-3, SL-10, SL-11A va ko‗chirib yurish mumkin
bo‗lgan stilaskoplar SLP-1, SLP-2 qo‗llaniladi.
Kimyoviy usul bilan navlarga ajratishda, kimyoviy moddalarni metalga
tomchilanadi yoki kimyoviy moddaga temir-tersak bo‗lagi tekkiziladi va kimyoviy
moddani ta‘siriga qarab aniqlanadi. Navlarga ajratilgandan so‗ng temir-tersaklarga
birlamchi ishlov beriladi. Birlamchi ishlov berish yakunida, temir-tersaklar ruhsat
etilgan yiriklikka kerakli kimyoviy tarkibga alohida jamlangan holga keltiriladi.
Hozirda sanoatni ilmiy texnikaviy rivojlanishi jarayonida yangi konstruksion
materiallarni yaratishga bo‗lgan ehtiyoj ortdi. Bu materiallarni ishlatishdan asosiy
maqsad-ishlab chiqarilgan mahsulotlarni ishlash davomiyligini va ishonchliligini
oshirishdir. Lekin shu bilan birga cho‗yanga bo‗lgan talab kamaymayapti. Hali
ham cho‗yan bir qator ishlab chiqarish tarmoqlarida eng kerakli material sifatida
ishlatilmoqda. Shuning uchun cho‗yanni ikkilamchi hom-ashyolardan ishlab
chiqarish bugungi kunda ham o‗z qadrini yo‗qotmagan. Cho‗yan va cho‗yandan
yasalgan buyumlarning asosiy iste‘molchisi - kimyo, traktorsozlik, mashinasozlik,
stanoksozlik, asbobsozlik va avtomobilsozlik sohalaridir. Lekin eng keng
ishlatiladigan umumiy soha - mashinasozlik sohalarida cho‗yan va cho‗yandan
yasalgan buyumlarga bo‗lgan talab turlicha:
|