Kabellarni izolyasiyasini tozalashning kimyoviy usullari Kabel izolyasiyalarini tozalashning kimyoviy usulida tok o‗tkazuvchi metallar bilan
ta‘sirlashmaydigan tuzli erituvchilar, eritmalar va organik erituvchilar qo‗llaniladi. Ishqoriy
metallarning gidroksidlari-engil erituvchi massa ko‗rinishida bo‗ladi. Ularni erish nuqtalari
quyidagichadir,
C: 445-LiOH; 318,5-NaOH; 360,5-KOH; 301-PbOH; 273,3-CdOH.
Kabel temir-tersak va chiqindilari po‗lat savatlarga joylashtiriladi va ishqoriy metallar
gidroksidlarining eritmalari (320
C li haroratda) quyiladi. Izolyasiyalar erigandan so‗ng,
savatda faqat toza metall qoladi. Bunday usulda - metalni ajratib olish 100 foizga yaqin
bo‗ladi.
Izolyasiyani yo‗qotishni 150
С haroratgacha qizdirilgan ishqoriy metallar
gidroksidlarining suvli eritmalarida ham qilish mumkin. Bu harorat plastmassaning erish
nuqtasidan taxminan 30
C yuqoridir.
Kimyoviy usulga shuningdek, kabel temir-tersak va chiqindilarini avtoklavlarda qayta
ishlash ham misol bo‗ladi. Qayta ishlashdan oldin izolyasiyali tok o‗tkazuvchilar 6-12 mm
uzunlikda qirqiladi, havo separatoriga solinadi. Og‗ir fraksiyalar savatga solinib avtoklavga
yuklanadi, so‗ngra avtoklav yog‗ bilan to‗ldiriladi. 230-260
С haroratga qizdirilgan yog‗
sirkulyasiyalanadi (aylanadi) va tok o‗tkazuvchilarni izolyasiyasini, hamda qalay va
kovsharlarni olib tashlaydi. Izolyasiya, qalay va kavsharlar shlam shaklida apparat tubiga
cho‗kadi. Avtoklavda material 1,5-3 soat bo‗ladi, so‗ngra 135
С haroratgacha sovutiladi.
Ko‗p hollarda sovutilgan material bolg‗asimon tegirmonlarga jo‗natiladi. Material
tegirmonlardan chiqqandan so‗ng, tebranuvchan konveyerlarda yuvish yo‗li bilan yog‗dan
tozalanadi, quritiladi, o‗ngra magnit va havo separatsiyalariga yuboriladi.
Tok o‗tkazuvchilar va kabellardan izolyasiyalarini kimyoviy usulda tozalash murakkab
asbob-uskunalarni, kimyoviy reagentlarni (bularning ko‗pchiligi agressiv va zaharli)
105
sezilarli sarfini, oqova suvlarni o‗ta tozalashni, ajralayotgan gazlarni zararsizlantirishni talab
qiladi.