149
6.2-rasm. Zararlangan mis xom ashyolari
Ikkilamchi xomaki mis olovli va elektr toki yordamida tozalanadi.
Bundan
tashqari qimmatbaho metallarning past navli temir-tersaklar ham shunday
tozalanadi. Bularga quyidagilar kiradi:
1) tarkibida 5 foizdan kam kumush va 1 foizdan kam oltin bo‗lgan temir-
tersak va ularni chiqindilari;
2) tilla va kumush suvi
yuritilgan metalli detallar, ko‗p hollarda polimer
materiallar bilan mustahkam bog‗langan detallar;
3) shisha - forfor idish siniqlari;
4) har xil tilla va kumush iplar bilan tikilgan kiyim qopiqlari;
5) qimmatbaho metallardan foydalanishga asoslangan texnologik jarayonlari mavjud
korxona va birlashmalarning ishlab chiqarish xonalarini tozalash
mahsulotlari va artish
materiallari.
Davlat standartiga muvofiq hamma mis tarkibli xom ashyolar kimyoviy tarkibidan
qattiy nazar uch guruhga bo‗linadi.
Misli xom ashyolarga I va II guruhlar kiradi:
I guruhga - tarkibida misni miqdori 99,5 foizdan ko‗p qalay bilan qoplanmagan va
kavsharlanmagan mis, II guruhiga - M0 - M4 markalariga to‗g‗ri keladigan qalaylangan va
kovsharlangan mis kiradi..
Mis - ruxli qotishmalar 6 guruhga bo‗linadi (III-VIII).
150
III guruhga - misni miqdori 60 foizdan kam bo‗lmagan qalay bilan qoplanmagan va
kavsharlanmagan qo‗sh latun kiradi.
IV
guruhga - qalayli, qalayli-qo‗rg‗oshinli, qo‗sh kavsharlanganlar va qalaylangan
latunlar kiradi. Bularda qalayni miqdori 2,5 foizdan, qo‗rg‗oshinni miqdori 3 foizdan
oshmaydi.
V guruhga - qo‗rg‗oshinni miqdori 3 foizdan ko‗p bo‗lmagan qo‗rg‗oshinli
latunlar
kiradi.
Maxsus latunlar VI, VII, VIII guruhlarga kiradi.
VI guruhga - kremniyni miqdori 4,5 foizdan ko‗p bo‗lmagan kremniyli latunlar kiradi.
VII guruhga - marganetsni miqdori 4 foizdan ko‗p bo‗lmagan, marganetsli latunlar kiradi.
VIII guruhga - alyuminiyni miqdori 7 foizdan ko‗p bo‗lmagan, alyuminiyli latunlar
kiradi..
IX guruhga - qalayli bronza kiradi.
X guruhga - qalaysiz bronza (qotishmalarda 0,25 foizdan ko‗p bo‗lmagan qalay va 1,5
foizdan ko‗p bo‗lmagan ruh) kiradi.
XI guruhga - berilliyli bronza kiradi.
XII guruhga - qo‗rg‗oshinli bronza kiradi.
XIII guruhga - guruhlar va navlar bo‗yicha aralashgan, yuqori darajada zararlangan past
sifatli ikkilamchi mis xom ashyolari kiradi.
Topshiruvchilar tomonidan topshirilayotgan past navli latun
qotishmalarining temir-
tersaklari va ularning chiqindilari, umumiy yig‗iladigan latunli temir-tersaklar va ularning
chiqindilarini 75 foizini va misni 44 foizini tashkil qiladi.
XIII guruh xom ashyosi murakkab va qimmat ishlov berish jarayonlarini (navlarga
ajratish qismlarga bo‗lish, magnitli separatsiyalash va boshqalar) talab qiladi. Bu jarayonlar
natijasida past navli xom ashyoni latundagi solishtirma ulushi 37 foizgacha, misdagi
solishtirma ulushi 17 foizgacha kamayadi.
Dostları ilə paylaş: