165
Mis tarkibli temir-tersak va chiqindilaridan ratsional foydalanish maqsadida,
ular qayta ishlanib mis qotishmalari - bronza va latun holiga keltiriladi (6.9.(a,b)-
rasm). Qotishmalarni eritib, ajratish uchun qoplovchi va tozalovchi flyuslar
ishlatiladi. Qoplovchi flyuslar metall vannasini yuzasida himoyalovchi qatlamni
yuzaga keltiriladi. Bu qatlam erigan metallni pech gazlari bilan ta‘sirlashidan
saqlaydi, uchuvchi komponentlarni kamaytiradi, qotishmadagi gaz miqdorini
kamaytiradi. Qoplovchi flyuslar suyuq holda oksidlarni eritish xususiyatiga ega.
Ularni pechga qirindilar va mayda chiqindilar bilan birga yuklanadi.
Tozalovchi flyuslar suyuq qotishmada zararli aralashmalardan tozalash uchun
qo‗llanadi. Qayta ishlanadigan xom ashyoni turiga karab flyus sifatida
kalsinirlangan soda, plavik shpati, natriy sulfat, bura, natriy ftor, oyna siniqlari,
yog‗och ko‗mir ishlatiladi. Flyuslarni sarfi - shixta massasini 0,5-1 foizidan 3-5
foizigacha etadi.
Bronza va latun olish uchun turli xil yallig‗ qaytaruvchi pechlar, yoyli
elektropechlar, induksion pechlar va minorali pechlar ishlatiladi. Bronza
ikkilamchi xom ashyolardan asosan yallig‗ qaytaruvchi pechlarda olinadi. Buning
uchun pech 1350-1450
0
C haroratgacha qizdiriladi. So‗ngra engil vaznli xom
ashyolar, qirindilar, shtampovkalar, setkalar va aylanma materiallar yuklanadi.
O‗lchami katta temir-tersak va xomaki bronza pechga oxirida solinadi. Qoplovchi
flyus sifatida 60 foiz kalsinirlangan soda, 40 foiz eruvchan plavik shpati (rangsiz
shuningdek binafsha rang, pushti rang kristall hosil qiladigan mineral) ishlatiladi.
Qoplovchi flyus shixta massasini 1,2-2,4 foizini tashkil qiladi. Rafinirlangan
flyuslarni tarkibi quyidagicha, %: mis kuyindisi - 96, qum - 4 yoki natriy selitrasi -
30, mis kuyindisi -45, qum - 15.
Metall pechdan chiqarilishda harorati 1100-1150
0
C keltiriladi.
Dostları ilə paylaş: