6. 3–jadval.
Sexdagi elektr energiya, yoqilg‘i, gaz, flyus va olov bardosh g‘ishtlarni
sarfi
Sarflanadigan
mahsulotlar
Reja bo‗yicha
sarfi
Haqiqiy
sarfi
Flyus:
NaCl
KCl
NaF
Plavik shpati
4 kg/t
5 kg/t
1 kg/t
0,3 kg/t
0.8
-
-
-
Elektr energiya
776,8 kVt
s
858 kVt
s
Gaz
380 kg/t
380 kg/t
Inert gazlar
1,5 m
3
/t
1,5 m
3
/t
Olovbardosh g‗ishtlar,
yiliga:
M-91
SHA
15,2 t
44,0 t
15,2 t
44,0 t
6.2. Mis parchalari va chiqindilarni qayta ishlash asosiy bosqichlari
Mis tarkibli temir-tersak va chiqindilaridan sifatli mis olish bir qancha mustaqil
161
jarayonlarni o‗z ichiga oladi. Ikkilamchi mis ishlab chiqarish ikkita asosiy
bosqichga bo‗linadi:
1) mis eritish zavodlarida, mis tarkibli temir-tersak va chiqindilardan xomaki
mis olish uchun ularni eritish;
2) xomaki misni qayta ishlab mis katodlari va vayerbarslar olish. Vayerbars -
bu asosan sim olish uchun, toza misdan quyulgan tayyor, g‗o‗la shaklidagi
mahsulotdir.
Mis tarkibli temir-tersak va chiqindilarini qayta ishlash quyidagi jarayonlarni
o‗z ichiga oladi:
1) temir-tersaklarni qabul qilish va pirotexnik ko‗rigidan o‗tkazish;
2) xom ashyoni eritishga tayyorlash:
a) navlarga ajratish;
b) o‗ram-o‗ram materiallarni maydalash va mayda fraksiyalarni qizdirib
biriktirish;
v) o‗lchamlari (gabariti) katta va murakkab temir-tersaklarni ajratish;
g) metall chiqindilarini ixcham, zich kompakt holga keltirish;
d) portlash xavfi bo‗lgan temir-tersak va chiqindilarni zararsizlantirish;
3) shixta tayyorlash;
4) tayyorlangan shixtani pechda eritish va xomaki mis olish;
5) olingan xomaki misni konvertirlash;
6) konverter misini olovli tozalash va anodlar hosil qilish;
7) mis anodlarini elektrolitik tozalash;
8) katod mislarini eritib, vayerbars shakliga keltirish;
9) pechlardan, konvertirdan chiqayotgan gazlarni tozalash;
10) ishlab chiqarish chiqindilarini qayta ishlash.
Sanab o‗tilgan jarayonlar turli xil sxema shaklida birlashtiriladi (6.7-rasm).
|