172
ishlatilganda shlakni chiqarish kamayadi.
Misni tiklash tabiiy gaz bilan amalga oshiriladi. Jarayonni umumiy davom
etishi 18-20 soatni tashkil qiladi.
Rafinirlangan misni tarkibi quyidagicha, % : 99,4-Cu; 0,4-Ni; 0,001-S; 0,01-
Pb; 0,0002-Bi; 0,02-As; 0,001-Fe; 0,1-O
2
; 0,001-Zn; 0,05-Sn.
Shlakni miqdori, %: 2-10 Fe; 36-50 Cu
2
O; 0,1-0,4 NiO; 0,2 gacha SnO
2
; 1-2
CaO; 0,7 gacha PbO; 0,3 gacha Sb
2
O
5
; 5-15 Cu; 40 SiO
2
.
Anod misdan oltin va kumushni ajrab olish, aralashmalarni qo‗shimcha
yo‗qotish uchun - elektrolitik tozalash olib boriladi. Jarayon yashik tipidagi
elektroliz vannalarda bajariladi. Elektrolitik tozalash mahsuloti - katod misdir.
Zamonaviy ikkilamchi rangli metallurgiya korxonalarida hosil bo‗lgan xomaki
mis, birlamchi metallurgiya zavodlarida ruda va konsentratlarni qayta ishlashdan
hosil bo‗lgan xomaki mis birga qayta ishlanadi.
Qoida bo‗yicha ikkilamchi mis, nisbatan past sifatli bo‗ladi. Birlamchi va
ikkilamchi mislarni kimyoviy tarkibi 6.8-jadvalda keltirilgan.
Dostları ilə paylaş: