G‘arb axloqiy o‘gitlari G‘arb axloqiy hikmatlari • Qonun taqiqlamagan narsani uyat taqiqlaydi (Seneka).
• Yaxshilik adolatsizlikni qilmaslikda emas, hatto buni hohlamaslikda
hamdir (Demokrit). • Farzandlarga oltin emas, balki, benihoya vijdonlikni vasiyat qilish kerak
(Platon).
• Dushmandan o‘ch olishning haqiqiy usuli – unga o‘xshamaslik (Mark Avriliy).
• Farzandlarga vatanga muhabbatni singdirishning eng yaxshi vositasi
shundaki, ushbu muhabbat otalarning o‘zida bo‘lmog‘i lozim (Monteske). • Insoniy bo‘lmasdan, adolatli bo‘lish mumkin emas ( Vovenarg). • Bolalarga doimo mukofot berish yaramaydi. Buning oqibatida, ular
xudbin bo‘la boradilar va bundan sotqincha fikrlash tarzi rivojlanadi
(I.Kant).
• Kim dunyoga aql bilan qarasa, dunyo ham unga aql bilan qaraydi
(Gegel)
• Faqat bitta haqiqiy pul bor, u – aql. Hamma narsani faqat unga ayirboshlash
lozim: shu holatdagina, mardlik ham, fahm-farosatlilik ham, adolat ham,
saxovatpeshalik ham qalbaki bo‘lmaydi (Platon).