ISBN 978 9943-5591-6-5
© «IJOD-PRINT-2019-y»
©
OCHILOVA B.M-2019-
y
3
KIRISH
Bugungi kunda jamiyatda yaxshilikka intilib, yomonlikdan
tiyilish, o‘z faoliyatiga tanqidiy yondashish, zo‘ravonlikdan
voz kechish va hayotni hurmat qilish, hamjihatlik va ijti-
moiy adolatga asoslangan tartib o‘rnatish, sabr-toqat va
bag‘rikenglik, burch va ma’suliyat bilan inson omilini to‘liq
ro‘yobga chiqarish qadriyat darajasiga ko‘tarildi va bun-
day ma’naviy muhitni qaror toptirish ahamiyati kun sayin
o‘sib bormoqda. Chunki, axloqiy ong va munosabat, ijtimoiy
faoliyat, ijtimoiy siyosiy muloqot va o‘zini o‘zi anglash, o‘z-
o‘zini tanqid orqali o‘z-o‘zini baholash va o‘z-o‘zini takomil-
lashtirish zarurati jamiyatning ma’naviy-axloqiy muhitini,
uning qiyofasini va ijtimoiy taraqqiyotining yo‘nalishlarini
belgilab beradi. O‘zbekistonda Prezident Sh.M.Mirziyoyev
tomonidan, yangicha tizimni shakllantirish borasidagi siyo-
sat zamirida ham, eskirgan, qotib qolgan tizim elementlarini
xaotik holatda beqarorlashtirish asosida yangicha sistemani
barpo etish usuli ham sinergetik tafakkur asosida amalga
oshirilmoqda
1
.
Bugungi kunning asosiy talabi bo‘lgan shaxsning avvalo
o‘ziga nisbatan tanqidiy tahlilning shakllanishi, o‘z man-
faatini jamiyat manfaati bilan uyg‘unlashtirishining asosida
insonning o‘zini-o‘zi nazorat qilishi, o‘zini-o‘zi boshqarishi
va anglashi singari ma’naviy va sinergetik jihatlar birligi
yotadi. Bu shaxs ma’naviy borlig‘ining ajralmas xossalari
bo‘lgan tafakkur, erkinlik va ijodkorlik hodisalarida na-
moyon bo‘ladi. Bu hodisalarning shaxs hayoti va faoliyati-
ga turlicha ta’sir ko‘rsatishi masalasi hozirgi zamon axloq
1
Qarang: Mirziyoev SH.M. Tanqidiy tahlil, qat’iy tartib-intizom va
shaxsiy javobgarlik – har bir rahbar faoliyatining kundalik qoidasi bo‘lishi
kerak. – T:.O‘zbekiston, 2017. -B.6.
4
falsafasining ba’zi muammolarini ko‘rib chiqishni taqozo
etadi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-2021-yillar-
da O‘zbekiston Respublikasini yanada rivojlantirish bo‘yicha
harakatlar strategiyasining yoshlarga doir davlat siyosatini
takomillashtirish bandida, 2017-yil 18-iyuldagi “Yoshlarga
oid davlat siyosati samaradorligini oshirish va O‘zbekiston
yoshlar ittifoqi faoliyatini qo‘llab-quvvatlash to‘g‘risida”gi
PQ-3138-son, 2017-yil 28-iyuldagi “Ma’naviy-ma’rifiy ishlar
samaradorligini oshirish va sohani rivojlantirishni yangi bos-
qichga ko‘tarish to‘g‘risida”gi PQ-3160-son qarorlarida, 2018- yil
5 iyunda qabul qilingan 3775- sonli “Oliy ta’lim muassasala-
rida ta’lim sifatini oshirish va ularning mamlakatda amalga
oshirilayotgan keng qamrovli islohotlarda faol ishtirokini
ta’minlash bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida” gi
qarorlari mazmunida ham shu kabi masalalar, xususan, gar-
monik rivojlangan, kreativ fikrlaydigan, moddiy va ma’naviy
qadriyatlarni yaratadigan shaxslarni tarbiyalash vazifasi bel-
gilandi.
Hozirgi vaqtda axloqsizlikni madaniyat deb bilish va ak-
sincha, asl ma’naviy qadriyatlarni mensimasdan, eskilik sar-
qiti deb qarash bilan bog‘liq holatlar bugungi taraqqiyotga,
inson hayoti, oila muqaddasligi va yoshlar tarbiyasiga katta
xavf solmoqda va ko‘pchilik butun jahonda bamisoli balo-qa-
zodek tarqalib borayotgan bunday xurujlarga qarshi kura shish
naqadar muhim ekanini anglab olmoqda. Bugungi zamon vo-
qelikka ochiq ko‘z bilan, real va hushyor qarashni, jahonda va
yon-atrofimizda mavjud bo‘lgan, tobora kuchayib bora yotgan
ma’naviy tahdid va xatarlarni to‘g‘ri baholab, ulardan tegishli
xulosa va saboqlar chiqarib yashashni talab etadi. “Inson bi-
ror bir ishga azmu qaror etar ekan, yaxshilik va yomonlik, ax-
loqiylik va axloqsizlik o‘rtasidan o‘ziga yo‘l tanlaydi. Bu tan-
lov insonning o‘ziga bog‘liq bo‘lganligi uchun inson axloqiy
mas’uliyatga egadir”
1
.
1
Manaviyat asosiy tushunchalar izohli lug‘ati. – T;. Manaviyat, 2013.B.110.
5
Belgilangan vazifalar va ko‘rsatmalardan kelib chiqib,
hozirgi vaqtda ko‘z o‘ngimizda dunyoning geopolitik, iqti-
sodiy va ijtimoiy, axborot-kommunikatsiya manzarasida
chuqur o‘zgarishlar ro‘y berayotgan, turli mafkuralar tortishu-
vi va sivilizatsiyalar to‘qnashuvi keskin tus olayotgan, butun
jahonda ijtimoiy hayotning chuqur transformatsiyalashuvi
yuz berayotgan bir vaziyatda yoshlar milliy xarakter sifatini
ko‘rsatuvchi o‘zigi xos barometr vazifasini o‘taydigan mil-
liy ma’naviy-axloqiy qiyofani shakllantirish, shu bilan birga,
dun yoni chuqur anglaydigan, zamon bilan barobar qadam
tashlaydigan shaxs omilini barqaror yuzaga chiqarish asosla-
rini tasniflash, dinamikasini prognozlash zaruriyati dolzarb
ahamiyat kasb etadi.
Inson o‘z o‘zini tashkillashtiruvchi, bir holatdan ikkinchi
holatga o‘tib turuvchi murakkab sistemadir. U bir-biri bilan
uzviy bog‘liq bo‘lgan tabiiy - organik, ijtimoiy - shaxsiy va
ruhiy - axloqiy tuzilmalarning bir butunligidan tashkil topgan.
Ushbu tuzulmalar uyg‘unligi o‘z-o‘zini tashkillashtirish va
takomillashtirish imkonini oshiradi. Axloqiy tuzilma boshqa
tuzilmalar singari o‘z-o‘zini tashkillashtirishi turli usullar bi-
lan yuzaga keladi. Ma’naviy qadriyatlar shunday usullardan
biri hisoblanadi.
Ajdodlar ma’naviy axloqiy g‘oyalari bir necha o‘n asrlik
tarixga ega bo‘lishiga qaramay, shaxs va jamiyat uchun qad-
riyaviy ahamiyatini yo‘qotmagan. Ularda insonni yetuklikka
chorlovchi diniy, ahloqiy, huquqiy, ijtimoiy, umuminsoniy
hikmatlar mavjud va bu hikmatlar insonda barqaror sifatlarni
ta’minlaydi.
Chunonchi, Zardo‘shtiylik necha asrlar davomida insoni-
yatning hissiy va aqliy olamiga ijobiy ta’sir o‘tkazib, kishilarni
ezgulikka da’vat etib keldi. Qomusiy allomalar Beruniy, Ibn
Sino, Forobiy, Ibn Rushd, Burhon-ud-din al-Marg‘inoniy, Yu-
suf Xos Xojib, Alisher Navoiy manaviy merosi hanuz jahon
tafakkur ahlini o‘ziga tortib keladi.
Haqiqatdan, “bizning havas qilsa arziydigan buyuk tarixi-
miz bor.
6
Havas qilsa arziydigan ulug‘ ajdodlarimiz bor. Havas qilsa
arziydigan beqiyos boyliklarimiz bor”
1
.
Bu borada, “biz bugungi kunimizni tushuntirib berish va
kelajagimiz haqida xabar qilish uchun tarixni so‘roqqa tu-
tamiz”, - deganda V.G. Belinskiy haq edi.
Ma’naviy qadriyatlar mazmun mohiyatiga ko‘ra inson tar-
biyasida funksionalligi va ijtimoiy xarakteri bilan aksiologik
xususiyatga ega. Insonda axloq, odob, iymon, vijdon, halollik,
mehnatsevarlik, baynalminalchilik, insonparvarlik, e’tiqod,
vatanparvarlik, milliy va umuminsoniy tuyg‘u, burch va
ma’suliyatni his qilish kabi axloqiy sifat va qoidalar qanchalik
kuchli bo‘lsa, jamiyat taraqqiyotining zaminlari ham kenga-
yadi, tinchlik, osoyishtalik, hamjihatlik barqaror bo‘ladi. Bun-
day insonlar qancha ko‘p bo‘lsa, jamiyat shuncha barkamol
bo‘ladi, ilm-fan, madaniyat rivoj topadi. Shuning uchun ham
ma’rifatparvar mutafakkir Abdulla Avloniy qayd etganidek,
“tarbiya biz uchun yo hayot – yo mamot, yo najot – yo halo-
kat, yo saodat – yo falokat masalasidir”.
Mazkur o‘quv qo‘llanma shu maqsadga xizmat qilish ni-
yatida yozildi.
1
Mirziyoyev Sh.M. Buyuk kelajagimizni mard va olijanob xalqimiz bilan
birga quramiz. –T.: O‘zbekiston, 2017. – B. 482.
|